Mavzuni aniqlaydi, ta`limiy maqsadini belgilaydi va kutilayatgan natijalarni shakllantiradi.
Mavzu bo`yicha tayanch konspekt ishlab chiqadi.
Belgilangan ta`limiy maqsadlarga erishishni ta`minlovchi o`quv topshiriqlarni ishlab chiqadi.
Kichik guruhlarda samarali faoliyatni ta`minlash uchun yozma yo`riqnomalarni tayyorlaydi.
Natijalarni baholash mezonlarini ishlab chiqadi.
1. O‘quv mashg‘ulotlariga kirish bosqichi (15 daqiqa)
1.1. Mashg`ulot mavzusi, uning maqsadi va kutilayotgan natijalarni e`lon qiladi, ularning ahamiyatliligi va dolzarbligini asoslaydi.
1.2. Mavzu bo`yicha asosiy tushunchalarga ta`rif berishni taklif qiladi va shu asosda tezkor-so`rov o`tkazib (1- ilova) talabalar bilimlarini faollashtiradi.
1.3. Faoliyat individual tarzda va kichik guruhlarda o`quv topshiriqlarini bajarish orqali amalga oshirilishini e`lon qiladi. (2- ilova) Qo`shimcha ma`lumotlar aks etgan tayanch konspektni tarqatadi.
Tinglaydilar
Savollarga javob beradi
2.Asosiy bosqich (45 daqiqa)
2.1. Mavzu yuzasidan qisqacha ma’lumot beradi.
2.2. Talabalarning mavzu haqidagi fikrlarni va talabalarning bunga qanchalik tayyor ekanliklarini bilish maqsadida mavzuni gapirib berishini so‘raydi.
2.3. Talabalarni 3 ta guruhga bo‘lib Moskva, Qozon va Peterburg lingvistik maktablari haqida 10 tadan ma’lumot berish topshirig‘ini beradi.
2.4. Har bir guruh vakili bilan muhokamaga kirishadi. O`zaro o`rgatish jarayoni boshlanadi Talabalar faoliyatini kuzatadi, ularni yo`naltiradi, maslahatlar beradi. (15 daqiqa).
Fikrlarini bildiradilar Mavzu yuzasidan chiqish qiladilar Savollarga javob beradi Matnni o`qib tahlil qiladilar. Ma`lumotni muhokama qilib, fikr almashib, sistemalashtiradi.