4-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Rossiya tilshunoslik maktablari amaliy mashg‘ulotda ta’lim texnologiyasi



Yüklə 19,55 Kb.
səhifə3/4
tarix14.12.2023
ölçüsü19,55 Kb.
#178792
1   2   3   4
TN.Amal 4

Peterburg lingvistika maktabi. Bu maktabning shakllanishida A. X. Vostokov, I.I.Sreznevskiy, A. I. Sobolevskiy, I. V. Yagich, A. A. Shaxmatov, L. V. Shcherba, B. A. Larin, V. V. Radlov kabilarning xizmati kattadir. A. Boduen de Kurtene Peterburgdagi faoliyati davrida L.V.Shcherba kabi shogirdlar etishtirdi. Akademik L. V. Shcherbaning ilmiy merosi tilshunoslikning turli sohalariga doir ko‘p sonli asarlardan iborat. U yirik fonetist sifatida mashhur bo‘ldi. U Boduen de Kurtene nazariyasidan farqli ravishda o‘zining fonema nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga ko‘ra, fonema so‘z va uning shakllarini differentsiatsiya qilish qobilyatiga ega bo‘lgan tovush tilidir. Bu tovush, ya’ni fonema umumiylikni hosil qilish bilan birga nutqda juz’iylik, xususiylik hosil qilib reallashadi. E.D.Polivanov umumiy tilshunoslik masalalari bilan ham shug‘ullanib, matematik lingvistika haqida ham o‘z nazariy xulosalarini aytgan. Xullas, V.V.Vinogradovning badiiy adabiyot tili, stilistika, frazeologiya haqidadagi tadqiqotlari shu sohalarning rivoji uchun nazariy yo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. XX asrning dastlabki yillarida sotsiologik oqim namoyondalari ham mavjud edi. Bular jumlasiga N.Ya.Marr, R.O.Shorni kiritish mumkin. "Til haqidagi "yangi nazariya" N.Ya.Marr nomi bilan bog‘lanadi.
1-ilova

Tezkor savollar va topshiriqlar
1.Tilshunoslikda kim tilning ijtimoiy xarakterini va til tarixining jamiyat tarixi bilan bog‘liqligini ko‘rsatgan edi?
2.Kim yirik fonetist sifatida mashhur bo‘ldi. U Boduen de Kurtene nazariyasidan farqli ravishda o‘zining fonema nazariyasini yaratdi?
3.Tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohasida samarali ish olib borib til bilan adabiyotni birlashtirishga harakat qilgan olim kim?
4.Kim birinchi bo‘lib tovushlarni eksperiment tarzida o‘rganadi va Peterburgda eksperimental fonetika kabineti ochadi?
5.O‘zining tilshunoslikka doir qarashlarini yoritar ekan o‘z nazariyasining ba’zi elementlarini G‘arbiy Yevropa tilshunosligidan olgan. U tilshunosgina emas, balki zo‘r arxeolog hamdir…
6.U til nazariyotchisigina bo‘lib qolmay, xitoy, dungan va turkiy tillarni ham o‘rgangan. Uning ko‘pchilik lingvistik qarashlari Boduen de Kurtenening nazariy qarashlariga mos tushadi, lekin bunda ba’zi bir sotsiologik qarashlar ham mavjuddir…
7. Kim 30-yillarda Marr ta’limotining targ‘ibotchisi sifatida, 40-yillar va undan keyin Marr kontseptsiyasidagi xato va kamchiliklarini sezib xozirgi davr tilshunosligi bilan moslashtirishga harakat qildi. Keyinchalik o‘z xatolarini tushunib Marr kabi tilning asosida semantika emas, balki grammatik kategoriyalar mavjudligini ko‘rsatib berdi?





Yüklə 19,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin