4 amaliy mashg’ulot scopus va web of science bazasi bilan solishtirish



Yüklə 62,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü62,39 Kb.
#191078
  1   2
8-Amaliy-mashgulot (1)



4
-
AMALIY MASHG’ULOT
 
4. 
SCOPUS VA WEB OF SCIENCE BAZASI BILAN SOLISHTIRISH
(“Ikki 
tomonlama kundalik” usuli 
asosida)
 
Ishning maqsadi: 
Ushbu 
amaliy mashg’ulotda Tezis, ilmiy maqola, scopus va Web of 
science bazasi bilan tanishish, foydalanish asosida tezis maqolalarni yozishni 
shakllantirish. 

Metodik ko’rrsatmalar: 
Tezis yozish qoidalarini va chop etish uchun axbarot 
xatlarida berilgan talablar asosida tayyorlashni o’rganish va 
scopus va web of science 
bazasi bilan 
solishtirish hamda scopusda ma’lumotlarni qidirishni o’rganish

 
Nazariy qism 
Umumiy tushunchalar 
Scopusda indeksatsiya qilish butun dunyo bo’ylab jurnallar uchun katta yutuq 
hisoblanadi va bu jihat ilmiy jamiyatning boshqa a’zolari uchun 
jurnalning sifatini 
tasdiqlab beradi. 
Scopus uchun minimal mezon: 

jurnal taqriz asosidagi kontentga ega bo’lishi kerak;

jurnal muntazam ravishda nashr etilishi kerak (ISSN xalqaro markazida ro’yxatdan 
o’tgan ISSN bo’lishi kerak);

kontent xalqaro auditoriya 
uchun dolzarb va tushunarli bo’lishi kerak (lotin 
transkripsiyasida bo’lishi, maqola nomi va annotatsiyasi ingliz tilida ham berilishi 
kerak); 

jurnalning etika qoidalari mavjud bo’lishi;

bundan 
tashqari, umumiy amaliyotga ko’ra, jurnal Scopus (ikkinchi bosqich) ga 
qo’shilish uchun arizani ko’rib chiqishdan kamida ikki yil oldin chop etila boshlangan 
bo’lishi lozim.
Scopusga kirgan jurnalning qanday afzalliklari bor? 
Scopusga qabul qilingan jurnal: 

Xalqaro jihatdan tan olinadi; 

Butun dunyodagi boshqa tadqiqotchilar bilan hamkorlik qilish uchun keng 
imkoniyatlar mavjud; 

Jurnal kontentida iqtiboslilik darajasi ortishi mumkin; 

Global ilmiy hamjamiyatni rag’batlantirish va ixtisoslashtirilgan fan
sohalariga hissa 
qo’shish imkoniyatiga ega bo’ladi.


Jurnalning Scopusda keltirilganligini bilish - Jurnalning Scopusga kiritilganligi uni 
ilmiy jamoatchilik uchun potensial ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Scopusga 
kiritilgan jurnallar boshqa shu soha
dagi jurnallardan o’zining ahamiyati bilan farqlanadi, 
ya’ni Scopus bazasiga kiritilgan nashrlar jurnallarni baholash jarayonida yuqori o’rinda 
turadi. Bundan tashqari, Scopusga kiritilgan jurnallar shu sohada ilmiy tadqiqot qilish 
uchun eng yaxshi indikatorlardan hisoblanadi. 
Nima uchun maqolaning annotatsiyasi ingliz tilida 
bo’lishi
kerak? 
Ingliz tili xalqaro ilmiy hamjamiyatning asosiy tili. Shuning uchun, Scopus (sarlavha, 
annotatsiya, kalit so’zlar)da taqdim etilgan barcha kontent ingliz tilida bo’lish
i kerak. 
Bundan tashqari, Scopusda kontentni indeksatsiya qilish, profillash va qayta ishlash 
ingliz tilida amalga oshiriladi. 
Scopusga kiritilgan nashrlarning to’liq matni istalgan tilda yozilishi mumkin 
(sarlavha, annotatsiya va kalit so’zlar ingliz tilida yozilgan bo’lsa). Hozirgi vaqtda 
Scopus 40 tilda ilmiy maqolalarni nashr etadi. 
Scopusda konferensiya materiallari ham chop etilishi mumkinmi? 
Konferensiya materiallari Scopusga kiritilishi mumkin, faqat talab 

konferensiya 
materiallari ham davriylik x
ususiyatiga ega bo’lishi lozim, shuningdek, materiallar 
Scopusning barcha minimal mezonlariga javob berishi kerak. Konferensiya materiallari 
jurnallar bilan bir xil talabda ko’rib chiqiladi.
Scopus Tarkibi: 

22,000 dan ortiq jurnallar; 

280 nomdagi savdo nashrlari; 

562 kitoblar seriyasi (chop etish davom etayotgan nashrlar); 

8 milliondan ortiq konferensiya materiallari; 

60 milliondan ortiq qaydlar. 
Funksional imkoniyatlari: 

ilmiy soha va ko’rib chiqilayotgan adabiyotlarni izlash va tahlil qilish (alohida
maqola tahliliga qadar); 

barcha mumkin bo’lgan qidiruv manbalari (ilmiy jurnallarda, patentlarda, ilmiy 
saytlarda) va jurnallar, mualliflar va hamkorlar, tashkilotlar, yillar, nashrlarning 
turlari va boshqalar; 

alohida muallif, tashkilot faoliyatini tahlil qilish (samaradorlik, taklif va h. k.).); 

jurnallarni bir nechta ko’rsatkichlar bo’yicha qidirish, tahlil qilish va taqqoslash;



istalgan mualliflar haqida to’liq ma’lumotlarni olish (muallifning ismi, ish joyi, 
nashrlar mavzusi, takliflar va boshqalar). 
Web of science ma’lumotlar bazasida ishlash
- Web of Science resurslari va 
vositalari haqida umumiy ma’lumot WEB OF Core Collection –
bu ilmiy jurnallar, jurnal 
maqolalari va monografiyalarni iqtibosligini aks ettiruvchi eng obro‘li referativ bazaga 
ega an
alitik axborot tizim. Baza o‘zida turli ilmiy sohalarga oid 12000 ilmiy jurnal va 
120000 ilmiy konferensiya to‘plamlarini o‘z ichiga olgan qidiruv va tahlil vositalarini 
jamlagan. Unda 20 yillik arxiv to‘plangan. 
Web of Science quyidag
i vositalarni o‘z ichiga oladi: 
InCites 

institutlarning 
samaradorligini tahlil qilish, tashkilotlar faoliyati, ulardagi xodimlar faoliyatini, 
respublikadagi, dunyodagi hamkasblari bilan tahlil qilish, solishtirishga mo‘ljallangan 
analitik vosita. Bu vosita qanday savollarga javob berishi mumkin:

Sizning mamlakatingizda qancha miqdorda ilmiy ishlar (maqolalar) chop etiladi?

Qanday ilmiy ishlar ushbu sohada eng kuchli?

Qaysi mualliflar bu sohaga katta hissa qo‘shyaptilar? 

Mazkur mavzuda qaysi ma
qolalar eng «yangi» va «qaynoq»? 

Siz faoliyat yuritayotgan institutning eng istiqbolli ilmiy sohalari qaysi?

Institutning dunyoning boshqa ilmiy tashkilotlari bilan xalqaro aloqalari darajasi 
qanday?

Qaysi jurnallar eng mashhur va samarador hisoblanadi? InCites yordamida:

Institut va ilmiy muassasalarning ilmiy faoliyati monitoringini olib borish;

Institutlarning (shu jumladan dunyodagi) ilmiy faolligini solishtirish;

Eng nufuzli ilmiy tendensiyalarni kuzatish;

Tashkilo
tlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarni kuzatish hamda xalqaro hamkorlikni 
tashkil etish imkoniyatlari monitoringini olib borish (kollaboratsiya).
EndNote - 
bu bibliografik ro‘yxatlarni yaratish va havolalarni boshqarish uchun 
dasturning onlayn shakli hisoblanadi. Bu dastur yaratilgan ilmiy hujjatlarni tekshirishga, 
formatlashga, to‘g‘rilashga va axborot qidiruviga sarflanadigan vaqtni tejashga yordam 
beradi. Mazkur resursdan Web of Science xizmati bilan birga onlayn rejimda, EndNote 
dasturining sha
xsiy kompyuter uchun mo‘ljallangan shakli yoki mustaqil mahsulot 
sifatida ham foydalanish mumkin.
Journal Citation Reports - 
iqtibos keltirish bo‘yicha ma’lumotlarga asoslangan, 
yuqori sifatli statistik axborotlarga ega bo‘lgan yetakchi jahon ilmiy jurnal
lani tanqidiy 
baholashning tizimli va obyektiv vositalarini taqdim etadi. Journal Citation Reports Web 
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatlari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘playdi, tadqiqot toifasi 


va jurnal darajasida tadqiqot ta’sirini baholashga yordam beradi
, shuningdek iqtibos 
keltirilgan jurnal va iqtibos keltirish o‘rtasidagi aloqani ochib beradi. Bu vositadan 
Science va Social Sciences nashr sonlarida erkin foydalanish mumkin.
Essential Science Indicators - tadqiqotingiz sohasi doirasidagi nufuzli olimlar, 
ilmiy tashkilotlar, ilmiy ishlar, jurnallar va mamlakatlarni, shuningdek ilmiy ish uchun 
muhim bo‘lgan tadqiqot jihatlarini aniqlash uchun hamma kerakli resurslarga ega
. Bu 
Thomson Scientific ma’lumotlar bazalarining iqtibos keltirishdagi ma’lumotlariga
va 
jurnallardagi nashrlar hisob-
kitobiga asoslangan ilmiy ko‘rsatkichlar va ilmiy 
yo‘nalishlar bo‘yicha noyob va mukammal statistik to‘plam hisoblanadi. Bu mukammal 
tahliliy resurs davlat tashkilotlari, universitetlar, korporatsiyalar, xususiy laboratoriyalar, 
nashriyotlar va fondlarning rahbarlari, tahlilchi va axborot mutaxassislari, shuningdek, 
ilmiy OAV a’zolari va ishga qabul qilish bo‘yicha mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. 
ResearcherID nashrlar tarixini namoyish etish uchun interfaol holatda profil 
yaratishga imkon beradi. Bu resurs foydalanuvchi va uning ilmiy ishini bir-biri bilan 
bog‘lash orqali mualliflik va chiqarilayotgan ma’lumotlarning aniq yozilishini ta’minlash 
uchun ishlab chiqilgan. Shuningdek, foydalanuvchi chop etgan nashrni tez topish va uni 
hammuallif sifatida belgilash uchun yaratilgan. Web of Science ma’lumotlar bazasining 
tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi: 
Web of ScienceTMCore Collection Web of ScienceTMCore Collection (1990-
yildan hozirgi vaqtgacha) Ijtimoiy fanlar, gumanitar 
fanlar, san’at va xalqaro ilmiy 
konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, kollokviumlar, s’ezdlar va amaliy ishlardagi 
tadqiqot materiallari bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi ilmiy adabiyotlardan erkin 
foydalanish. «Поиск
по
пристатейной
библиографии» 

«Foyd
alanilgan adabiyotlar 
ro‘yhati bo‘yicha qidiruv» va «Система
поиска
автора» 

«Muallifni izlash tizimi» 
vositalari yordamida yo‘naltirilgan qidiruvni amalga oshirish. «Отчёт
по
цитированию» 

«Iqtibos keltirish bo‘yicha hisobot» vositasi yordamida iqtibos 
keltirishlar va 
yo`nalishlarning o‘zgarish grafigini tuzish. Yo‘nalishlarni va xususiyatlarni belgilash 
uchun tahliliy vositalaridan foydalanish. 1900-
yilgacha bo‘lgan arxivlardan foydalanish. 
Foydalanish uchun to‘plamlar: 
Science Citation Index Expanded (1990-yildan hozirgi vaqtgacha) 

ilmiy 
jurnallarning ko‘p mavzuli ko‘rsatkichi hisoblanadi. 150 ta ilmiy fanlar bo‘yicha 8 300 
asosiy jurnallarni qamrab olib, ko‘rsatkichlar bilan belgilangan maqollardagi barcha 
iqtibos keltirilgan havolalarni o‘z ichiga 
oladi.
Social Sciences Citation Index (1990-yildan hozirgi vaqtgacha) 

jurnallarning 
ijtimoiy fanlar bo‘yicha ko‘p mavzuli ko‘rsatkichi bo‘lib, 50ta ijtimoiy fanlarga doir 2 
900 ta jurnallarni butunlay qamrab oladi. Shuningdek unda butun dunyo bo‘yicha 3
500 
dan ziyod eng yaxshi ilmiy va texnik jurnallardan mavzuga oid alohida tanlab olingan 
hujjatlar ham ko‘rsatkichlar bilan belgilangan. 
Arts & Humanities Citation Index (1990-yildan hozirgi vaqtgacha) 

gumanitar 
fanlar va 
san’atga oid jurnallarning ko‘p mazmunli ko‘rsatkichi hisoblanib, butun dunyo 
bo‘ylab 1 600 dan ortiq ijtimoyiy fanlar va san’atga doir eng yaxshi jurnallarni to‘liq 
qamrab oladi. Shu bilan birga 6 000 dan ziyod asosiy ilmiy jurnallar va sotsiologiya 
bo‘yicha jurnallardan mavzuga oid alohida tanlab olingan hujjatlarni ham o‘z ichiga 
oladi.
Emerging Sources Citation Index (2015-hozirgi kungacha) - Science Citation 
Index Expanded (SCI-EXPANDED), Social Sciences Citation Index (SSCI) yoki Arts & 


Humanities C
itation Index (A&HCI) kabi to‘plamlarga kirmagan jurnallardagi 
maqolallarning yozuvlarini o‘z ichiga oladi. Bu jurnallar nashr etilayotgan 
materiallarning sifatiga, ta’siriga va muddatlariga nisbatan qo‘yilgan eng kam talablarga 
javo

bera
di, 
leki

ular 
nisb
atan 
yan
gi 
bo‘lganligi bois, bu jurnallar SCIEXPANDED, SSCI yoki A&HCI tomonidan 
ko‘rsatkichlar bilan belgilanishidan oldin muayyan bir muddat davomida baholanishi 
kerak. KCI-Korean Journal Database (1980-yildan hozirgi vaqtgacha) 

ma’lumotlar 
bazasidag
i ko‘p mavzuli jurnallarning maqolalaridan erkin foydalanish imkonini beradi. 
National Research Foundation of Korea tashkilotining nazorati ostida ishlayotgan KCI 
bazasi Koreyada nashr qilingan ilmiy adabiyotlar bo‘yicha bibliografik ma’lumotlarni o‘z 
ichiga oladi. SciELO Citation Index (1997-yildan hozirgi vaqtgacha). Lotin Amerika, 
Portugaliya, Ispaniya va Janubiy Afrikadagi eng yaxshi ochiq jurnallarda nashr etilgan 
ijtimoiy, gumanitar fanlar va san’atga oid ilmiy adabiyotlardan erkin foydalanish 
imkonini beradi.
WOS MEDLINE 1990-yildan hozirgi vaqtga qadar AQSHning National Library of 
Medicine ning asosiy ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. U biologiya fanlari, shu jumladan, 
ayniqsa, biomeditsina sohasiga oid jurnal maqolalarining 12 milliondan ortiq yozuvlarini 
taqdim etadi. MEDLINE yozuvlari NLM va hamkorlar tomonidan shakllantirilgan bo‘lib, 
to‘liq matnli manbalarga havolalari mavjud. MEDLINE dagi asosiy manba nashrlari 
biomeditsina va klinik meditsina tadqiqotlariga oid. Asosiy sohalari: stomatologiya, 
veterinariya, farmasevtika, davolash ishi va klinikagacha bo‘lgan fanlar. 1950
-yildan to 
hozirgi vaqtga qadar. Shuningdek, MEDLINE biomeditsina sohasiga oid amaliyotchi 
mutaxassislar, tadqiqotchilar uchun zarur bo‘lgan biologiya, ekologiya, dengiz 
biologiy
asi, o‘simlikshunoslik va zootexnika, shuningdek, biofizika va ximiyaga oid 
fanl
arni 
ham 
qam
rab 
olad
i.
Sco
pus 
beri
lgan
lar 


bazasi yordamida ma’lum bir muallifning ishlari roʻyxati va iqtiboslik indeksi bilan 
tanishish mumkin. Buning uchun muallif boʻyicha
qidirish funksiyasidan foydalanish 
qulay. 
Bu yerda familiyasini, ishlayotgan tashkilotni berish mumkin. Chiqarilgan roʻyxatdan 
zarurini tanlash lozim (ba’zi familiyalarni yozishda murakkabliklar yuzaga keladi.
Amaliy 
mashg’ulot
topshiriqlari 



Yüklə 62,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin