2.1. Budjet daromadlari hisobi
O‘zbekiston Respublikasining ≪Budjet tizimi to‘g‘risida≫gi qonuniga
muvofiq davlat budjeti daromadlari shakllantiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliq va to'lovlar amal
qiladi:
1) umumdavlat soliqlari;
2) mahalliy soliqlar va yig‘imlar.
28
Umumdavlat soliqlari tegishli budjetlar o‘rtasida har yili budjet
to‘g‘risidagi qonunda belgilanadigan me’yor bo‘yicha taqsimlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahalliy soliqlar va yig‘imlar
0 ‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, 0 ‘zbekiston Respublikasining
boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston
Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Davlat budjetiga kelib tushgan umumdavlat soliqlari, yig‘imlari,
bojlari va boshqa majburiy to‘lovlar 0 ‘zbekiston Respublikasi banklari
tomonidan qabul qilinadi va belgilangan tartibda 23402 ≪Respublika
budjeti mablag‘lari≫ hisobvarag‘iga kirim qilinadi.
Davlat budjetining 23402 ≪Respublika budjeti mablag‘lari≫ hisobvarag‘
iga kelib tushgan soliq va boshqa to‘lovlar hisobidan belgilangan
tartibda va miqdorda Respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
budjetiga va mahalliy budjetlarga ajratma qilinadi.
Davlat budjeti daromadlari hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘laming
kirim qilinganligi to‘g‘risida hisobvaraqdan ko'ehirma va ilovalar banklar
tomonidan o‘matilgan tartibda soliq organlariga beriladi.
Jarima solish huquqiga ega bo‘lgan organlar tomonidan yuridik va
jismoniy shaxslarga solingan jarima summalari banklar tomonidan qabul
qilinadi.
Banklar tomonidan qabul qilingan jarima summalari qonunchilikda
belgilangan tartibda va jarima soluvchi organlar bilan tuzilgan shartnomaga
asosan tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazib beriladi. Bunda Davlat
budjetiga o‘tkaziladigan jarima summalari Davlat budjeti daromadlar
tasnifining ≪Yig‘imlar va boshqa soliq bo‘lmagan daromadlar≫ bo‘limidagi
tegishli shartli hisobvaraqlarga kirim qilinadi.
Davlat budjetiga tushuvchi daromadlar, quyidagi ikkinchi tartibli
schyotlari bo‘lgan, 04 passiv birinchi tartibli schyotda hisobga olinadi:
040 - ≪Budjet daromadlari≫ subschyoti;
041 - ≪Aniqlanmagan tushumlar≫ subschyoti;
042 - ≪Vaqtincha mahalliy budjet daromadlariga o'tkazilgan summalar
≫ subschyoti;
043 - ≪Mahalliy budjetga yuqori budjetning prognoz qilingan ko‘rsatkichlarining
ortig‘i bilan bajarilishidan kelib tushgan
daromadlar≫ subschyoti;
045 - ≪Maqsadli sxemalar bo'yicha mablag‘lar tushumi≫ subschyoti.
040-≪Budjct daromadlari≫ subschyotida Qoraqalpog‘iston Respublikasi
va mahalliy budjetlarning bank muassasalaridagi hisobvaraqlariga
kelib tushgan ulaming barcha daromadlari va vaqtincha mahalliy budjet
daromadlariga o‘tkazilgan summalar hamda budjet daromadlariga
ortiqcha kelib tushgan summalami qaytarishga doir operatsiyalar hisobga
olinadi. Bundan tashqari, daromadlarda maqsadli moliyalashtirish
shakllari bo‘yieha kelib tushgan daromadlar va amaldagi qonunlarga
muvofiq kelib tushgan boshqa tushumlar aks ettiriladi. Mahalliy budjet
daromadlari hisobini moliya organining buxgalteriya xizmati budjet
tasnifining barcha bo‘limlari bo‘yicha olib boradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari
muassasalarining ulaming bajarilganligi haqidagi bclgisi bo‘lgan to‘lov
hujjatlarining nusxalari, mahalliy moliya organilariga yuboriladigan
umumdavlat soliqlari va daromadlaridan mahalliy budjetlar ajratmalar
vedomosti mahalliy budjet hisobvarag‘idan ko'chirmalar bilan birga
hamda tijorat banklari va 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
muassasalarining hisobotlari, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan
shakllar va boshqalar budjet daromadlarini buxgalteriya hisobida qayd
qilish uchun xizmat qiladi.
0 ‘zbekiston Respulikasi bank muassasalaridan ko'chirma olingandan
so‘ng moliya organining buxgalteriya xizmati ko‘chirmaga
ilova qilingan hujjatlami sinchiklab tekshirib chiqishi kerak. Mazkur
budjet bo‘yicha tushgan summalami o'tkazilishi to‘g‘riligini aniqlash
va tushgan summaning budjet tasnifining qaysi bo'linmasiga kiritilishini
aniqlashi lozim. Kunlik tekshirilgan hujjatlar daromadlar turlari bo‘yicha
guruhlanadi va budjet tasnifining har bir bo‘linmasi bo‘yicha umumiy
summalari avval bir kunda mahalliy budjet mablag‘larining asosiy
hisobvarag‘iga tushgan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga,
so‘ngra ≪Daromadlar≫ kitobiga (5-shakl) yoziladi. Davlat soliq
organining hisob bo‘limiga ko‘chirmaga ilova qilingan hujjatlami
berish daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga ulaming ma’lumotlari
yozilganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma tuzilgunga qadar hamda
ushbu hujjatni olganligi to‘g‘risida Davlat soliq organining hisob
bo'yicha xodimining imzosisiz ilovalarni berish qat’iy man ctiladi.
Oyning oxirgi kuni bo‘yicha to‘lov hujjatlari soliq organiga ulami bank
muassasasidan olingan kuniyoq beriladi. Mazkur budjet daromadlariga
tushgan summalarga taalluqligiga yetarli asoslar bo‘lmaganda yoki
tushgan summa daromadlar tasnifining qaysi bo‘linmasiga o'tkazilishini
aniqlashning imkoni boimasa, bu summalar aniqlanmagan tushumlar
subschyotiga yoziladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida bank muassasalarining
oylik hisobotiga muvofiq rcspublika budjetiga kclib tushgan daromadlar
summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 010 - ≪Re spubl ika budjeti mab lag 'la r i depozi t hiso b v a rag 'i≫ subschyoti;
Kredit 040 - ≪Budjet daromadlari≫ subschyoti.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi va mahalliy moliya
organlarida, bank muassasalari ko‘chirmalari asosida mahalliy
budjetlarga tushgan daromadlar summasiga quyidagi buxgalteriya
provodkasi tuziladi:
Debet 011 - ≪Maha ll iy budjet mablagMari depozi t hisobva rag'i≫ subschyoti;
Kredit 040 - ≪Budjet daromadlari≫ subschyoti.
Budjetda to‘lovlarni hisobga olish va ularni qaytarish tartibi
0 ‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq belgilanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning budjetga ortiqcha to'langan
summalarining qaytarilishi bo‘yicha yozgan arizalari soliq organiga
kelib tushadi. Soliq organi to'lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlaridagi
ma’lumotlar asosida ko‘rsatilgan to'lov bo‘yicha to‘lovchida ortiqcha
to'langan summaning mavjudligi to‘g‘risida xulosa beradi va
ko‘rsatilgan summani budjetdan qaytarish yoki uni kelgusi toiovlar
hisobiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun to‘lovchining
arizasi bilan birga moliya organiga yuboriladi. Soliq organida
shaxsiy hisobvaraq yuritilmaydigan to'lovlar va soliqlar bo'yicha
xulosa moliya organi tomonidan, shaxsiy hisobvaraq yuritilmaydigan
to‘lovlar va soliqlarni to‘lovchi tomonidan to'lab qo‘yilganligini
tasdiqlovchi to‘lov hujjatlari asosida beriladi.
31
Moliya organi ortiqcha tushgan daromadlami to‘lovchilarga qaytarilishini
amalga oshiradi. Moliya organi rahbari tomonidan tasdiqlangan
amaldagi tartibga muvofiq qaytarish yoki bevosita moliya organi tasarrufida
bo‘lgan daromadlar bo‘yicha summalami hisobga olish bo‘yicha
xulosalami ijro etish uchun moliya organi bosh buxgalteriga beriladi.
Budjet daromadlariga ortiqcha o'tkazilgan summalaming qaytarilishi
uchun to‘lov topshiriqnomasini, moliya organining buxgalteriya
xizmati hujjatlami to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirganidan so‘ng
tayyorlaydi. Fuqarolaming soliqlar va yig‘imlarga o‘tkazgan ortiqcha
summalarini qaytarish 0 ‘zbekiston Respublikasi bank muassasalarida bu
fuqarolar tomonidan maxsus ochilgan shaxsiy hisobvaraqlariga ortiqcha
to‘langan summalami o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Moliya organining buxgalteriya xizmati daromadlarning qaytarilishi
haqidagi xulosani 3 nusxada oladi. Xulosalar ulaming kclish tartibiga
qarab raqamlanadi. Tegishli mahalliy budjet daromadlaridan qaytarilishi
haqidagi xulosaning birinchi nusxasi moliya organining buxgalteriya
xizmatida qoladi va memorial-orderga ilova qilinadi. Xulosaning ikkinchi
nusxasi, to‘lov topshiriqnomalari bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi
bank muassasalariga beriladi. Xulosaning uchinchi nusxasi to'lov
topshiriqnomasining raqami, sanasi va summasini ko‘rsatilgan holda,
to‘lovchilami shaxsiy hisobvaraqlariga yozish va o‘rnatilgan tartibda
saqlash uchun ulami bergan soliq organlariga qaytariladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligida va mahalliy
moliya organlarida, mahalliy budjet daromadlariga ortiqcha tushgan
va mahalliy moliya organlari tomonidan to'lovchilarga qaytarilgan
summalarga, quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 040 - ≪Budjet daromadlar i≫ subschyoti;
Kredit Oi l - ≪Maha l l iy budjet mablag'la r i depozi t hisobva rag‘i≫ subschyoti.
Daromadlami qaytarish budjet daromadlari tasnifining hisobga
o'tkazilgan bo‘linmasi bo‘yicha, agar me’yoriy hujjatlar bilan boshqa
tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, amalga oshiriladi. 0 ‘tgan yili ortiqcha
tushgan va bekor qilinishi natijasida joriy yilda tushishi ko‘zda
tutilmagan hamda boqimanda hosil bo‘lishi va to'lovchilarda mablag‘
yo‘qligi natijasida joriy yilda kelib tushmagan summalar bo‘yicha
budjetga to‘lovlar, 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti tasnifining
32
12-≪Yig‘imlar va har xil nosoliq daromadlar≫ bo‘limining 25-≪Boshqa
tushumlar≫ paragrafi bo‘yicha qaytariladi.
Moliya organi buxgalteriya xizmati toMovlaming har bir turi
bo'yicha tugagan oyda tushgan va qaytarilgan daromadlar haqidagi
ma’lumotlami har oy tegishli soliq organlari bilan solishtirib boradi.
Tushgan va qaytarilgan to'lovlar haqidagi ma’lumotlami solishtirishda
aniqlangan tafovutlar bartaraf etiladi. Moliya organlari tomonidan
hisobga olinadigan davlat soliqlari va daromadlaridan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi respublika budjeti va mahalliy budjetlarga ajratiladigan
summalar, 0 ‘zbekiston Respublikasi bank muassasalarining tegishli
ma’lumotlari bilan bir xil bo‘lishi kerak. Bank muassasalarining
davlat soliqlari va daromadlarini budjetlar o‘rtasida taqsimlayotganda
yo‘l qo'ygan xatolari aniqlansa, u holda moliya organi uni to‘g‘rilash
bo‘yicha choralar ko'rishi kerak.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarni ijro
etuvchi moliya organlari, budjetga toiovlar o‘tkazilishini bajarganligi
bo‘yicha bank hujjatlarining nusxasi asosida daromadlarning kundalik
hisobini olib boradilar. To‘lovlar pochtali o‘tkazmalarva to'lovchilaming
bevosita to‘lovlari shaklida kelishi ham mumkin.
043-≪Budjetlarga yuqori budjetning prognoz qilingan ko'rsatkichlarining
ortig‘i bilan bajarilishidan kelib tushgan daromadlar≫
subschyotida mahalliy budjetlarga yuqori budjetning prognoz qilingan
ko'rsatkichlarining ortig‘i bilan bajarilishidan kelib tushgan mablag‘lar
hisobga olib boriladi.
045-≪Maqsadli sxemalar bo'yicha mablag‘lar tushumi≫ subschyotida
maqsadli sxemalar bo'yicha hisob-kitoblami amalga oshirish uchun
kelib tushgan mablag‘lar hisobi olib boriladi. 045-≪Maqsadli sxemalar
bo‘yicha mablag‘lar tushumi≫ subschyotining kreditiga maqsadli
sxemalar bo‘yicha hisob-kitoblami amalga oshirish uchun kelib tushgan
pul mablag'lari summalari olib boriladi, 045-≪Maqsadli sxemalar
bo‘yicha mablag‘lar tushumi≫ subschyotining debetiga esa moliya
yilining oxirida yakuniy aylanmalar sifatida 025-≪Maqsadli sxemalar
bo‘yicha mablag‘larning sarflanishi≫ subschyotining kreditidan hisobdan
chiqarilgan mablag‘lar summalari qayd qilinadi.
Analitik hisob buxgalteriya hisobi registrlarida (buxgalteriya
daftarlarida, kartochkalarida, qaydnomalarida va boshqalarda)
yuritiladi.
Sintetik va analitik subschyotlardagi buxgalteriya yozuvlarini
to‘g‘riligini nazorat qilish uchun tegishli analitik subschyotlaming
har bir guruhi bo‘yicha aylanma qaydnomalar (М-44-son shakldagi
material zaxiralar bo‘yicha aylanma qaydnoma, 285-son shakldagi
aylanma qaydnoma va 326-son shakldagi asosiy vositalar bo‘yicha
aylanma qaydnoma) tuzikdi. Aylanmalar jami va aylanma
qaydnomalardagi har bir analitik subschyot qoldiqlari 308-son
shakl “Bosh-jumal kitobi”dagi mazkur subschyotlaming qoldiqlari
va aylanmalari jami bilan har oy yakuni bo‘yicha taqqoslanadi.
Aylanma qaydnomalar har oyda, asosiy vositalar bo‘yicha
esa, har chorakda tuziladi. 326-son shakldagi aylanma qaydnomadagi
yozuvlar kerak bo‘lgan hollarda bir necha yillar davomida
olib borilishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: |