2-rasmda kompressorda siqilgan gaz olishni nazariy indikator diagrammasi tasvirlangan.
Kompressorda porshen chapdan o’ngga qarab harakatlanganda silindrga bosimi R1 bo’lgan gaz kiradi. Bu protsess diagrammada 0-1 chizig’i bilan tasvirlanib so’rish chizig’i deyiladi.
Porshen o’ngdan chapga harakatlanganda gazni R2 bosim va V2 hajmgacha siqadi. 1-2 chizig’i siqish protsessi deyiladi. Porshen chapga tomon harakatlanishda davom etib, siqilgan gazni haydash klapani orqali gaz yig’gichga siqib chiqaradi. 2-3 chizig’i haydash chizig’i deyiladi.
Porshen qaytadan o’ng tomonga harakatlana boshlaganida so’rish klapani ochilib silindrda bosim juda tez R2 dan R1 ga tushadi.3-0 chiziq va ish protsessi yana shu tarzda takrorlanadi. Nazariy indikator diagrammasidagi 0-1-2-3-4 yuza kompressor valini bir marta aylanishiga sarf bo’ladigan,ya’ni siqilgan gaz olishga sarflanadigan ish miqdorini ifodalaydi. Kompressor iste’mol qiladigan ishni kamaytirish uchun uning silindrini suv bilan tez sovitib turish kerak. Bundan tashqari surkov moyining o’z-o’zidan alangalanishining oldini olish maqsadida siqilayotgan gazning temperaturasini pasaytirish uchun ham silindrni sovitib turish lozim.
Bir bosqichli kompressor bosimini oshirishni cheklovchi yana muhim omillardan biri-haydash bosimi oshishi bilan unumdorligining pasayishidadir. SHuning uchun bir bosqichli kompressorlar bosimi 0,8-1,0 MPa dan yuqori bo’lmagan siqilgan gaz olishda ishlatiladi.
Gazni ancha yuqori bosimlargacha siqish uchun uni bosqich bilan, ya’ni oraliq sovitish yo’li bilan bir necha marta siqish kerak bo’ladi.
Ko’p bosqichli porshenli kompressorlar yuqori bosimli gaz olish uchun qo’llaniladi.Gazni siqish politropa bo’yicha ketma-ket bir necha silindrda oraliq sovitish bilan amalga oshiriladi.
Funksional sxema tavsifi Tovar gazni siqib haydash qurilmasi, tovar gazni tayyorlash va 5600 ÷ 5700 KPа bosimgacha siqib haydash va uni iste’molchilarga etkazib berish uchun mo`ljallangan.
Tabiiy gazning metan fraksiyasi metanni ajratib olish blokidan 20÷25 ºC temperaturada va 2725÷2925 KPа bosim ostida gazni siqib haydash bo`limiga beriladi.
Metan fraksiyasi XB-18026 uzgich klapan orqali, FA-1813 tabiiy gazni siquvchi kompressorning so`rish qismidagi, separatorga beriladi.
Separator, yuqori qismida tomchilarni tutib qolish moslamasi o`rnatilgan, vertikal silindrik apparatdir. FA-1813 tabiiy gazni siquvchi kompressorning so`rish qismidagi separatorda, oqimning tezligini pasayishi hisobiga va og`irlik kuchi ta’sirida, gaz oqimidan suyuqliq tomchilari (uglevodorod kondensati) ajraladi. Tomchi holidagi suyuqlikni olib ketilishini oldini olish uchun, separatorning yuqori qismida tomchilarni tutib qolish moslamasi o`rnatilgan.
Metan fraksiyasi tarkibida quyidagi holatlarda suyuqlik paydo bo`lishi mumkin:
- tabiiy gazni ajratish qurilmasi, etilen sovutish agenti tizimining ishi to`xtatib qo`yilgan holatda, uzoq vaqt ishlatilganda. Bunday vaziyatda metan fraksiyasi tarkibida og`ir (yuqori) uglevodorodlar paydo bo`lishi mumkin.
- EA-1822A/V issiqlik almashgichlarning quvurlar va quvurlararo hududlari orasida oqib o`tishlar paydo bo`lgan vaziyatlarda.
FA-1813 tabiiy gazni siquvchi kompressorning so`rish qismidagi separatordagi suyuqlikning sathi, sathning yuqori qiymatida signalizasiya bilan, LI-18002 sath o`lchagich yordamida nazorat qilinadi. Separatordagi sathni kuzatish uchun, joyida LG-18058 sath o`lchagich kolonka o`rnatilgan. ФА-1813 separatordan suyuqlik, “ho`l” mash’ala tizimiga, qo`lda tashlanadi. Metan fraksiyasining “ho`l” mash’ala tizimiga o`tib ketishining oldini olish uchun, drenaj yo`lidagi bekitish armaturasi, LG-18058 sath o`lchash kolonkasi ko`rinadigan joyda o`rnatilgan.FA-1813 separatordagi bosim, joyida PT-18067 manometr bilan o`lchanadi.FA-1813 tabiiy gazni siquvchi kompressorning so`rish qismidagi separatordan metan fraksiyasining chiqish yo`lida, kalit yordamida birlashtirilgan, 3660 KPа bosimga mo`ljallangan va gazni “quruq” mash’ala tizimiga tashlovchi, PSB-1810&S himoyalovchi klapanlar o`rnatilgan. PSB-1810&S himoyalovchi klapanlar FA-1813 separatorni va uni bog`lovchi quvuro`tkazgichlarni, bosimning ortib ketishidan himoya qilish uchun qo`llaniladi.FA-1813 separatordan chiqqan 20÷25 ºC temperaturadagi va 2640 KPа dan kam bo`lmagan bosim ostidagi metan fraksiyasi GB-1801 tabiiy gazni siquvchi kompressorning so`rish qismiga beriladi.Kompressorning so`rish qismidagi metan fraksiyasining bosimi PT-18015 bosim me’yorlagich asbobi yordamida, ma’lumotlarni Сс-1801 tezlik tartiblagichiga berib, nazorat qilinadi. So`rish qismidagi bosimning berilgan qiymati, turbina va kompressorning aylanish tezligini tartibga solib, bir maromda ushlab turiladi. Bir vaqtning o`zida RS-18015 bosim me’yorlagich asbobining signali, kompensasiyalangan signal sifatida, Wодwорд (antipompaj himoya) kompressorining ishini tartibga solish tizimining FC-18005 sarf o`lchash nazorat asbobiga beriladi. GB-1801 tabiiy gazni siquvchi kompressorning so`rish qismidagi quvuro`tkazgichda, shuningdek, metan fraksiyasining past bosimi bo`yicha signalizasiya bilan, ko`rsatkichlarni DsS pultiga beruvchi, PI-18030 bosim indikatori o`rnatilgan.GB-1801 tabiiy gazni siquvchi kompressorning so`rish qismidagi temperatura, temperaturaning yuqori qiymatida signalizasiya bilan, TI-18025 termopara yordamida o`lchanadi. Metan fraksiyasi temperaturasining qiymati, kompensasiyalangan signal sifatida, quyidagi nazorat asboblariga beriladi:- FC-18005, GB-1801 kompressordan chiqishda metan fraksiyasining miqdori. Wодwорд (antipompaj himoya) kompressorining ishini sarfni roslash tizimining nazorat asbobi. - FIY-18045, GT-1801 turbinaga beriladigan yoqilg`i gazi miqdorining nazorat asbobi.Kompressorning so`rish qismiga kirayotgan metan fraksiyasi oqimining parametrlari, temperaturasi va bosimi, TI-18056 manometrik termometr va PI-18030 bosim indikatori bilan o`lchanadi. O`lchashlar bo`yicha ma’lumotlar, kompressorning ish parametrlarini nazorat qilish paneli (mashina zali) ga chiqariladi. GB-1801 tabiiy gazni siquvchi kompressorning so`rish qismidagi quvuro`tkazgichda, kompressordan oldin, yacheykalar o`lchami 50 mesh bo`lgan, N-10 savatsimon filtr o`rnatilgan.GB-1801 tabiiy gazni siquvchi kompressor – korpusi vetikal bo`laklardan yig`ilgan, uch ishchi g`ildirakka ega bo`lgan, 4В-3 modeldagi kompressordir.Markazdan qochma kompressorda gaz, asosan urinma bo`yicha harakatlanadi. Kompressorning so`rish qismiga kirayotgan gaz, 1-bosqichdan, ya’ni kiruvchi yo`naltiruvchi apparatning parraklari orqali o`tadi va birinchi bosqich ishchi g`ildiragiga beriladi.
Gaz, markazdan qochma kuch bilan, ishchi g`ildiragining chetidan katta tezlikda haydaladi. Gaz kirish devori va birinchi bosqich diafragmasi orasidagi, halqasimon o`tish yo`liga o`tadi. O`tish yo`li kengayadi (o`tish yo`lining yuzasi kattalashadi, chunki gaz U – simon tirsak tomonga o`tadi), bunda tezlik energiyasinig bir qismi bosimga aylanadi.
So`ngra gaz U – simon tirsak orqali, parrak bilan diafragmadagi halqasimon o`tish yo`li orqali o`tadi va ikkinchi bosqichning kiruvchi yo`naltiruvchi apparatiga keladi. Kompressorning keyingi bosqichlaridan keyin, gaz kompressorning chiqish qismiga (spiral kameraga) keladi va quvuro`tkazgichga beriladi.
GB-1801 tabiiy gazni siquvchi kompressorda haydalgandan keyin tovar metan 90 ºC dan yuqori bo`lmagan temperatura va 5750 кПа dan ortiq bo`lmagan bosim ostida sovutish uchun, EA-1809 tozalangan tabiiy gaz sovutkichiga yuboriladi.
Siqib haydalgan metan fraksiyasining juda oz miqdori Ø 3/4" quvuro`tkazgich bo`yicha, zichlovchi gaz sifatida, siquvchi kompressorning quruq gazli zichlash tizimiga beriladi.
Siqilgan metan fraksiyasining bosimi va temperaturasi PI-18017 bosim indikatori va ТI-18026 termopara bilan o`lchanadi. Asboblarning ma’lumotlari qiymatlari RSU (DsS) ga chiqariladi. Bosim va temperaturaning qiymatlari belgilangan qiymatlardan ortib ketganda, signalizasiya ishga tushadi.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan asboblardan bosim va temperaturaning qiymatlari, kompensasiyalangan signal sifatida, Wодwорд (antipompaj himoya) kompressorining ishini tartibga solish tizimining Фс-18005 sarf o`lchash nazorat asbobiga beriladi.
Bosim, boshqarish ПИ-18033 bosim indikatori asbobining ko`rsatkichlari bo`yicha nazorat qilinadi.
EA-1809 tozalangan tabiiy gaz sovutkichi, quvurlar hududi ikki o`tish yo`liga ega bo`lgan, “suzuvchi” gorizontal g`ilofquvurli issiqlik almashgichdir. Sovutish agenti sifatida 28 ºC temperatura va 480÷500 KPа bosim ostidagi sovutish suvidan foydalaniladi. Sovutish suvi issiqlik almashgichda 35÷37 °C temperaturagacha isiydi. Sovutish suvining qaytuvchi oqimining temperaturasini nazorat qilish uchun, uning qaytish yo`lida ТW-18052 moslamasi o`rnatilgan. Metan fraksiyasining sovutkichdan chiqishdagi temperaturasi, sovutish suvining sarfini o`zgartirish yo`li bilan, tartibga solinadi.
Sovutkichdan keyin metan fraksiyasi oqimining temperaturasini davriy nazorat qilish uchun, quvuro`tkazgichda ТW-18053 moslamasi o`rnatilgan.
EA-1809 tozalangan tabiiy gaz sovutkichidan sovutish suvining chiqish yo`lida, kalit yordamida birlashtirilgan, 700 KPа bosimga mo`ljallangan va suyuqlikni “ho`l” mash’ala tizimiga tashlovchi, PSB-1829&S himoyalovchi klapanlar o`rnatilgan.PSB-1829&S himoyalovchi klapanlar sovutish suvi tizimi quvuro`tkazgichlari, hamda sovutkichning quvurlararo hududini, bosimning ehtimoliy ortib ketishidan himoya qilish uchun qo`llaniladi. Sovutish suvining EA-1809 ga kirish yo`lidagi berkitish armaturasi to`liq ochilgandan so`ng (dastlabki ishga tushirishda) yopilib qolishdan himoya qiluvchi moslama bilan qotirib qo`yilishi, sovutish suvining chiqishidagi berkitish armaturasining konstruksiyasi esa, armaturani to`liq yopilib qolishini oldini oluvchi mexanik moslamaga (stoporga) ega bo`lishi kerak.
EA-1809 tozalangan tabiiy gaz sovutkichidan tovar metan gazining chiqish yo`lida, kalit yordamida birlashtirilgan, 6490 KPа bosimga mo`ljallangan va gazni “quruq” mash’ala tizimiga tashlovchi, PSB-1828&S himoyalovchi klapanlar o`rnatilgan. PSB-1828&S himoyalovchi klapanlar EA-1809 issiqlik almashgichning quvurlar hududi va uni bog`lovchi quvuro`tkazgichlarni, bosimning ortib ketishidan himoya qilish uchun, qo`llaniladi. Kompressorning tashlash yo`lida bosimning, saqlovchi klapan ishlab ketadigan bosimgacha, ko`tarilib ketishini oldini olish uchun, metan fraksiyasining bir qismi PB-18006 “NZ” bosimni rostlash klapan vositasida quruq mash’ala tashlamalarini yig`ish tizimiga tashlanadi. Bosim PC-18006 bosimni me’yorlash nazorat asbobi yordamida, bosimning yuqori “N” qiymati bo`yicha signalizasiya bilan, nazorat qilinadi. EA-1809 tozalangan tabiiy gaz sovutkichidan keyin tovar metan fraksiyasi 40º C dan yuqori bo`lmagan temperaturada va 5000-5500 KPа bosim ostida magistral gaz quvurlariga yuboriladi.
Kompressorning past quvvatlarda ishlashida siqib haydalgan metan fraksiyasining bir qismi FB-18005х “NO” minimal sarf klapani orqali, qaytadan kompressorning so`rish qismiga, gazning zarur hajmiy sarfini ta’minlash uchun beriladi. Mazkur klapan siqib haydalgan metan fraksiyasining FC-18005 sarf o`lchash nazorat asbobi bilan boshqariladi.
Tovar metan gazi quvuro`tkazgichida teskari klapan va XB-18027 uzgich klapan o`rnatilgan. So`ngra quvuro`tkazgichga FB-8104 rezervuardan suyultirilgan uglevodorod gazlarini berish yo`li ulangan. Undan keyin tovar metan gazi tarkibini nazorat qilish uchun, С-1806 namunalar olish nuqtasi o`rnatilgan.
Gazni ajratish qurilmasini xavfsiz ishga tushirish va to`htatish uchun XB-18027 uzgich klapandan keyin, kompressordan haydalgan tabiiy gazni RA-1801 sovutish bloki «S» o`tish yo`lining kirish qismiga berish uchun, qo`lda boshqariladigan armaturali vaqtinchalik Ø 3” quvuro`tkazgich ulangan.
Magistral gaz quvurlariga yuboriladigan metan fraksiyasi (tovar gaz) ning miqdori sarfo`lchash moslamasi (soplo Venturi) yordamida, bosim (Пс-18018) va temperatura (ТИ-18027) bo`yicha tuzatishlar kiritib, o`lchanadi. Mazkur sarfo`lchash bo`limi tovar gaz (metan) ni tijorat (kommersiya) o`lchash bo`limi hisoblanadi. Tovar gaz miqdorini rostlash, kompressorning tashlash yo`lida klapangacha bosimni bir maromda ushlab turuvchi, ПВ-18018 “NO”bosimni rostlash klapan vositasida amalga oshiriladi.
GT-1801 gaz turbinasi, GB-1801 tabiiy gazni siquvchi kompressorning, uzatmasi hisoblanadi. Gaz turbinasi issiqlik mashinasi, ya’ni dvigatel hisoblanadi, u issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi.Turbinani ishga tushirish va zahira uchun yoqilg`i gazi BGHT (PGVS) sexidan FA-1814 zahira yoqilg`i gazi separatoriga beriladi. Turbina uchun asosiy yoqilg`i sifatida, EA-1809 issiqlik almashgichdan keyin, tovar gaz quvuro`tkazgichidan beriladigan tovar metan gazi ishlatiladi, bu yo`lda qo`lda boshqariladigan berkitish armaturasi o`rnatilgan.
Separator vertikal silindrik apparatdir. Yoqilg`i gazining FA-1814 zahira separatorida gaz oqimidan, oqimning tezligini pasayishi hisobiga va og`irlik kuchi ta’siri ostida suyuqlik (uglevodorod kondensati) tomchilari ajraladi.Yoqilg`i gazining FA-1814 zahira separatoridagi suyuqlik sathi, sathning yuqori qiymatida signalizasiya bilan, LI-18016 sath o`lchagich yordamida nazorat qilinadi, shuningdek separatorda, joyida kuzatish uchun, LG-18059 sath o`lchagich kolonka o`rnatilgan.
FA-1814 separatordan suyuqlik, ”ho`l” mash’ala tizimiga, qo`lda tashlanadi. Yoqilg`i gazining “ho`l” mash’ala tizimiga o`tib ketishining oldini olish uchun, drenaj yo`lidagi bekitish armaturasi, LG-18059 sath o`lchash kolonkasi ko`rinadigan joyda o`rnatilgan.
Turbinaga yoqilg`i gazi berish, ikkita roslash klapani bilan amalga oshiriladi. Normal ishlatish jarayonida, haydaladigan tovar gaz, turbinaning yoqilg`i gazi hisoblanadi. Tovar gaz turbinaga PB-18031A ”NZ” tartibga solish klapani orqali beriladi. Mazkur klapanning ishini tartibga solish, turbinaga yoqilg`i gazini berish quvuro`tkazgichida o`rnatilgan PC-18031 bosim nazorat asbobi bilan amalga oshiriladi. Qurilmani ishga tushirish davrida yoki tovar gaz berish mumkin bo`lmaganda, yoqilg`i gazi zahira manba (FA-1814 separator) dan beriladi. Zahira yoqilg`i gazi PB-18031V ”NZ” bosimni rostlash klapani orqali beriladi. Mazkur klapanning ishini rostlash ham, RS-18031 bosim nazorat asbobi bilan amalga oshiriladi.
Turbinaga beriladigan yoqilg`i gazining miqdori, uning qiymatini bosim PC-18031 bosim me’yorlagich va temperatura TI-18025 temperatura indikatori bo`yicha kompensasiyalab, FIY-18045 sarfo`lchagich/summator bilan o`lchanadi.
GT-1801 gaz turbinasi
Gaz turbinasi issiqlik mashinasi, ya’ni dvigatel hisoblanadi, u issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi. Issiqlik energiyasi, odatda yoqilg`ini havo kislorodi ishtirokida yoqish yo`li bilan ishlab, chiqariladi. Shu tarzda dvigatel, yoqilg`ining kimyoviy potensial energiyasini avval issiqlik energiyasiga, so`ngra mexanik znergiyaga aylantiradi. Ammo gaz turbinasida ham, boshqa turdagi issiqlik mashinalaridagi kabi, hosil bo`lgan issiqlik energiyasining faqat bir qismi mexanik energiyaga aylantirilishi mumkin. Issiqlik energiyasining qolgan qismi atmosferaga chiqadi.
Gaz turbinasi quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan:
- past va yuqori bosimli kompressorlar;
- yonish kameralari;
- past va yuqori bosimli turbinalar;
- kuch turbinasi;
- zichlagichlar;
- havo bilan sovutish;
- podshipniklar;
- mashinani ishga tushirish uskunalari.
GT-1801 tabiiy gazni siquvchi kompressor Markazdan qochma kompressorda gaz, asosan urinma bo`yicha harakatlanadi. Kompressorning so`rish qismiga kirayotgan gaz, 1-bosqichdan, ya’ni kiruvchi yo`naltiruvchi apparatning parraklari orqali o`tadi va birinchi bosqich ishchi g`ildiragiga beriladi.
Gaz, markazdan qochma kuch bilan, ishchi g`ildiragining chetidan katta tezlikda haydaladi. Gaz kirish devori va birinchi bosqich diafragmasi orasidagi, halqasimon o`tish yo`liga o`tadi. O`tish yo`li kengayadi (o`tish yo`lining yuzasi kattalashadi, chunki gaz U – simon tirsak tomonga o`tadi), bunda tezlik energiyasinig bir qismi bosimga aylanadi.
So`ngra gaz U – simon tirsak orqali, parrak bilan diafragmadagi halqasimon o`tish yo`li orqali o`tadi va ikkinchi bosqichning kiruvchi yo`naltiruvchi apparatiga keladi. Kompressorning keyingi bosqichlaridan keyin, gaz kompressorning chiqish qismiga (spiral kameraga) keladi va quvuro`tkazgichga beriladi.
Markazdan qochma kompressor quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan, bular:
korpus, rotor, diafragma, podshipniklar, quruq gazli zichlash tizimi.
To`liq ma’lumot, tabiiy gazni siqib haydash qurilmasini ishlatish, ta’mirga tayyorlash va ishga tushirish bo`yicha texnologik yo`riqnomada (TI-800/3), keltirilgan.
Gaz fazasi ta’minlovchi suyuqlik beriladigan nuqtalardan kolonnaning yuqori qismiga harakatlanadi, bunda pastga oqib tushayotgan suyuqlik bilan uzluksiz massa almashish jarayoni borishi hisobiga engil uglevodorodlar (CH4) bilan to`yinadi.
Sistema quvvatida suyuqlik tarkibidagi metan (CH4) konsentrasiyasi kolonnaning balandligiga bog`liqlik profili keltirilgan. Og`irroq (yuqori) uglevodorodlar (C2H6, C3H8, C4H10, C5+yuqori) bilan to`yingan suyuqlik kolonnaning quyi kub qismida yig`iladi.
Separatordagi bosim joyida o`rnatilgan PG-18062 manometr bilan o`lchanadi.