4. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i reja: 4


Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari tarkibi



Yüklə 334,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix16.12.2023
ölçüsü334,77 Kb.
#182575
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4. JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG‘I

4.2. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari tarkibi.
Jami daromad soliq 
to‘lovchi
tomonidan hisobot (soliq) davri davomida olingan quyidagi 
daromadlardan tashkil topadi: 
1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari uchun 

O‘zbekiston Respublikasidagi va 
uning tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlardan; 
2) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari uchun 

O‘zbekiston Respublikasidagi 
manbalardan olingan daromadlardan.
Quyidagilar jami daromad tarkibiga kiritilmaydi: 


77 
1) O‘zbekiston Respublikasining davlat 
mukofotlariga va davlat pul mukofotlariga sazovor 
bo‘lgan soliq to‘lovchi olgan bir yo‘la beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi 
esdalik sovg‘alarining qiymati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yo‘la beriladigan pul 
mukofoti va sovg‘alar;
2) donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari 
tomonidan qon olganlik uchun olinadigan summalar; 
3) olingan alimentlar; 
4) fuqaro
lar tomonidan olinadigan sug‘urta tovoni summalari; 
5) qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda va tartibda to‘lanadigan stipendiyalar;
6) qonunchilikka muvofiq uy-joy-
kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha har oylik 
kompensatsiya pul to‘lovlari;
7) davlat pensiyalari, qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar, bundan vaqtincha mehnatga 
layoqatsizlik nafaqasi (oilaning betob a’zosini parvarish qilish bo‘yicha nafaqa) mustasno;
8) majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallari, ular bo‘yicha foizli d
aromadlar, 
shuningdek jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari.
9) 
qonunchilikda belgilanadigan tartibda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning mehnat 
faoliyati natijasida olingan daromadlari, shu jumladan talabalarning Oʻzbekiston Respublikasi oliy 
taʼlim tashkilotlari hududida pulli oʻquv kurslarini, sport toʻgaraklarini tashkil etishdan va boshqa 
taʼlim xizmatlarini koʻrsatishdan olingan daromadlari

10) O‘zbekiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik 
shaxslar tomonidan ch
iqarilgan xalqaro obligatsiyalar bo‘yicha daromadlar.
Soliq agentlarining jismoniy shaxs foydasiga amalga oshiradigan quyidagi xarajatlariga 
soliq to‘lovchining daromadi sifatida qaralmaydi:
1) mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan xodim
larni qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda sut, davolash-profilaktika oziq-
ovqati, gazlangan sho‘r suv, shaxsiy himoya 
va gigiyena vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlari;
2) kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar, 
shu jumladan 
a’zolik badallari hisobidan kasaba uyushmasi a’zolariga beriladigan moddiy yordam, bundan 
kasaba uyushmasi qo‘mitasining xodimlariga mehnat vazifalarini bajarganlik uchun beriladigan 
pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar mustasno;
3) favqulodda holatlar munosabati bilan yetkazilgan zararlar summasi doirasida 
beriladigan moddiy yordam summalari; 
4) xodimlarni ish joyiga olib borish va olib qaytish bo‘yicha xarajatlari;
5) diniy rasm-
rusumlar va marosimlarni, bayram tantanalarini o‘tkazish, vakilli

xarajatlari, shahar yo‘lovchilar transportida xodimlarning xizmat qatnovlari uchun 
foydalaniladigan yo‘l kartochkalarini olish, shuningdek yuridik shaxsning xodimlarning mehnat 
va dam olish sharoitlarini ta’minlash bilan bog‘liq hamda muayyan jismoniy sh
axslarning 
daromadi hisoblanmaydigan boshqa xarajatlari; 
6) xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan maxsus kiyim
-bosh, maxsus 
poyabzal, formali kiyim-bosh berish xarajatlari yoki ularni pasaytirilgan baholarda sotish 
munosabati bilan qilingan xarajatlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda 
ayrim toifadagi xodimlarni o‘z xizmat vazifalarini bajarishi chog‘ida oziq
-
ovqat bilan ta’minlash 
bo‘yicha xarajatlar;
7) 
xodim boshqa joyga ishga oʻtkazilganda yoxud koʻchib borganda koʻchish, mol
-mulkini 
koʻchirib borishga, joy ijarasiga (yoʻl xarajatlari uchun beriladigan pul) oid xarajatlarni toʻlash 
yoki bu xarajatlarning oʻrnini qoplash xarajatlari, shu jumladan Oʻzbeki
ston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan aniqlanadigan olis va borish qiyin boʻlgan hududlarda joylashgan byudjet 
tashkilotlariga oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari orasidan bakalavriatni yoki magistraturani 
tamomlagandan soʻng uch yil ichida is
hga qabul qilingan xodimlarga, shuningdek mazkur olis va 
borish qiyin boʻlgan hududlarda joylashgan oilaviy shifokorlik punktlariga va oilaviy 
poliklinikalarga hamda taʼlim muassasalariga ishga qabul qilingan, boshqa hududlarda 


78 
yashaydigan oliy maʼlumotli shifokorlarga va mutaxassislarga toʻlanadigan boshlangʻich yordam 
puli; 
8) xizmat safarlariga oid quyidagi kompensatsiya to‘lovlari:
tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safari joyiga borish va u yerdan qaytib kelish uchun, 
shu jumladan joy band qilish uc
hun haq to‘lashni qo‘shgan holda haqiqatda amalga oshirilgan 
to‘lovlar. Yo‘l hujjatlari bo‘lmagan taqdirda, temir yo‘l transportidagi (agar temir yo‘l qatnovi 
bo‘lmasa, shaharlararo avtobusdagi) yo‘l haqi qiymati miqdorida, lekin aviachipta qiymatining 30 
foizidan oshmaydigan miqdorda; 
uy-
joyni ijaraga olish bo‘yicha haqiqatda amalga oshirilgan to‘lovlar. Yashaganligini 
tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida;
tasdiqlovchi hujjatlar asosida uy-
joyni band qilish uchun to‘lovlar;
qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida xizmat safarida bo‘lingan vaqt uchun 
to‘lanadigan kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);
qonun hujjatlarida belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa 
to‘lovlar;
9) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalar doirasida xodimga to‘lanadigan 
kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar):
doimiy ishi yo‘lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega bo‘lgan, 
shuningdek vaxta usulida ishlarni baja
rishda xodimga kompensatsiya to‘lovlari 
(kompensatsiyalar); 
xizmat ishlarida shaxsiy avtomobildan foydalanganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari 
(kompensatsiyalar), bundan xizmat safarlari mustasno; 
dala ta’minoti;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamas
i tomonidan aniqlanadigan olis va borish 
qiyin boʻlgan hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlariga oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari 
orasidan bakalavriatni yoki magistraturani tamomlagandan soʻng uch yil ichida ishga qabul 
qilingan xodimlarga, shun
ingdek mazkur olis va borish qiyin boʻlgan hududlarda joylashgan 
oilaviy shifokorlik punktlariga va oilaviy poliklinikalarga hamda taʼlim muassasalariga ishga 
qabul qilingan, boshqa hududda yashaydigan oliy maʼlumotli shifokorlarga va mutaxassislarga uy
-
joy ijarasi uchun har oylik pul kompensatsiyasi; 
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va normalar boʻyicha boshqa kompensatsiya 
toʻlovlari (kompensatsiyalar), bundan Soliq Kodeksining 373 va 377
-
moddalarida koʻrsatilganlari 
mustasno; 
10) mehnatda mayib bo
‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik bilan 
bog‘liq zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha quyidagi miqdordagi to‘lovlar:
jabrlanuvchi mehnatda mayib bo‘lguniga qadar olgan o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 
foiz hisobidagi, uning kasbga o
id mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga muvofiq 
belgilanadigan har oylik to‘lovlar (voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib bo‘lib qolgan 
taqdirda, zararning o‘rni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin qonun 
hujjatlarida belgi
langan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,76 baravaridan kam 
bo‘lmagan miqdorda qoplanadi);
maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qo‘shimcha xarajatlar uchun oyiga 
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizi miqdoridagi
to‘lovlar;
jabrlanuvchining maishiy parvarishi uchun qo‘shimcha xarajatlar tariqasida har oyda 
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 17,6 foizi miqdoridagi to‘lovlar;
xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomon
idan bir 
yo‘la to‘lanadigan nafaqa tariqasida jabrlanuvchining yillik o‘rtacha ish haqi miqdoridagi 
to‘lovlar;
11) boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan quyidagi miqdordagi to‘lovlar:
marhumning o‘rtacha ish haqining vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan va uning 
vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga to‘g‘ri 
keladigan ulushi miqdoridagi to‘lovlar;


79 
boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga haqli bo‘lgan shaxslarga bir 
yo‘la
to‘lanadigan nafaqa tariqasida marhumning o‘rtacha yillik ish haqining 6 baravari 
miqdoridagi to‘lovlar;
12) talabalarning ta’lim olishi uchun O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurti bilan 
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha pulli
-kontrakt asos
ida o‘tkaziladigan to‘lovlar;
12-
1) nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining va maktablarning, shu jumladan 
davlat-
xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim 
tashkilotlarining va maktablarning qonunchilikda belgilangan normalar doirasida ijtimoiy 
koʻmakka muhtoj oilalarning isteʼdodli va iqtidorli farzandlarini, shuningdek maxsus 
kontingentdagi tarbiyalanuvchilarning muayyan sonini bepul oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlari;
13) xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xarajatlari. 
14) soliq to‘lovchining mijozlarning tovarlar va xizmatlarni sotib olish faolligini oshirishga 
qaratilgan va bonuslar (ballar, mijozni ushbu tashkilotlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olish 
faolligini belgilovchi boshqa birliklar) hisoblanishini nazarda tutuvchi dasturlarda ishtiroki 
natijasida ushbu dasturda belgilangan asoslar bo‘yicha olingan pul va natura shaklidagi 
daromadlari. Daromadlar soliq to‘lovchining jami daromadiga quyidagi hollarda qo‘shiladi:
soliq to‘lovchining ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan dasturlarda ishtirok 
etishi ochiq oferta shartlarisiz amalga oshirilganda; 
soliq to‘lovchi ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan mamlakatimizdagi va 
chet el 
tashkilotlarining dasturlariga, ularda aksept muddati o‘ttiz kundan kam va (yoki) ularda 
ommaviy ofertani muddatidan oldin chaqirib olish imkoniyati nazarda tutilgan shartlar asosidagi 
ochiq ofertaga qo‘shilganda;
tashkilotchi bilan lavozim majburiyatlarin
i bajarishda mehnat munosabatlarida bo‘lgan, 
shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan tovarlar yetkazib berganlik (ishlar bajarganlik, xizmatlar 
ko‘rsatganlik) uchun haq (mukofot) yoki moddiy yordam sifatidagi to‘lov shaklidagi daromad 
to‘langanda.
15) fuqarol
arning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya, ekologiya 
jamg‘armalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tashkil etilgan boshqa 
jamg‘armalar tomonidan ko‘rsatilgan yordam:
Ustavda nazarda tutilgan faoliyat do
irasida bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar;
davolash va tibbiy xizmatlar qiymati, nogironlarni profilaktika va reabilitatsiya qilish 
uchun texnik asbob-uskunalar olish; 
jismoniy shaxsning manfaatlarini ko‘zlab, tovarlar va xizmatlarni yetkazib ber
uvchidan 
olish; 
xayriya maqsadida boshqa shakllarda qo‘llab
-
quvvatlash (bundan pul shaklida qo‘llab
-
quvvatlash mustasno). 
16) soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan dasturlarda ishtirok etishi 
natijasida olingan bonuslar, pul mukofotlari tarzidagi pul toʻlovlaridan iborat daromadlari.
Quyidagilar jami daromadga kiradi: 
1) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar;
2) mulkiy daromadlar; 
3) moddiy naf tarzidagi daromadlar; 
4) boshqa daromadlar. 
Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat 
shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda 
to‘lanadigan quyidagi barcha to‘lov
lar 
mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar
deb e’tirof 
etiladi: 
mehnatga haq to‘lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay 
narxlardan, tarif stavkalaridan va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan, 
haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi; 
ilmiy daraja va faxriy unvon uchun ustamalar; 


80 
rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar;
kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya);
ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash;
haqiqatda bajarilgan ish uchun haq hisoblangan 
boshqa to‘lovlar. 
Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar jumlasiga quyidagilar ham kiradi:
predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan, tuzilgan fuqarolik
-
huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga to‘lovlar (b
undan yakka tartibdagi 
tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar mustasno); 
yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga o‘xshash 
organi) a’zolariga yuridik shaxsning o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar;
O‘zbekiston 
Respublikasining Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar 
vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi 
Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining, harbiy 
xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan 
idoralar xodimlariga xizmatni o‘tashi (xizmat majburiyatlarini b
ajarishi) munosabati bilan 
to‘lanadigan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar.
Rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar
jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1) yillik ish yakunlari bo‘yicha pul mukofoti; 
2) yuridik shaxsning mukofotlash to‘g‘risidagi nizomida nazarda tutilgan rag‘batlantirish 
xususiyatiga ega to‘lovlar;
3) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar; 
4) ta’tilga qo‘shimcha haqlar moddiy yordam; 
5) ko‘p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to‘lovlar;
6) ratsionalizatorlik taklifi uchun to‘lov;
7) mehnat natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan bir yo‘la beriladigan mukofotlar.
Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadga kiritiladigan kompensatsiya to‘lovlari
(kompensatsiyalar) jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1) tabiiy-
iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan joylardagi ishlar bilan bog‘liq qo‘shimcha 
to‘lovlar (ish staji uchun ustamalar, baland tog‘li, cho‘l va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun 
belgilangan koeffitsiyentlar bo‘yicha to‘lovlar). Bunda yuridik shaxslar xodimlarining cho‘l va 
suvsiz joylarda, baland tog‘li va tabiiy
-iqlim sharoiti noqulay hududlarda ishlaganlik uchun ish 
haqiga koeffitsiyentlar hisoblashning eng yuqori summasini aniqlash hisoblash sanasida 
belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdorida belgilanadi;
2) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan kasblar va ish
lar 
ro‘yxati bo‘yicha og‘ir, zararli, o‘ta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu 
jumladan shunday sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga ustamalar; 
3) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, dam 
olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda 
maoshlarga ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar;
4) ko‘p smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda, lavozimda ishlaganlik, 
xizmat 
ko‘rsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, o‘zining asosiy ishi 
bilan bir qatorda ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun 
ustamalar;
5) doimiy ishi yo‘lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega bo‘lgan 
xodimlarning, shuningdek doimiy ishi ishlarning vaxta usulida bajarilishini nazarda tutadigan 
xodimlarning ish haqiga qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha to‘lanadigan 
ustamalar; 
6) ish beruvchi joylashgan yerdan (yig‘i
lish punktidan) ishlash joyigacha borish va u 
yerdan qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan ishlar vaxta usulida bajarilgan 
holda yo‘lga ketadigan kunlar, shuningdek xodimlar meteorologik sharoitlar sababli va transport 


81 
tashkilotlarining 
aybi bilan yo‘lda ushlanib qolgan kunlar uchun tarif stavkasi yoki maosh 
miqdorida to‘lanadigan summalar;
7) yer osti ishlarida doimiy band bo‘lgan xodimlarga ularning stvoldan ishlash joyiga 
borish va u yerdan qaytish uchun shaxtada (konda) harakatlanishi
ning me’yoriy vaqti uchun 
to‘lanadigan qo‘shimcha haqlar;
8) qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha dala ta’minoti;
9) xizmat safarlari vaqtida qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha kundalik 
xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar); 
10) ishlar vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti umumlashtirilgan holda hisobga 
olinayotganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining 
belgilangan davomiyligidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari 
(otgullar) uchun to‘lovlar;
11) xizmat safarlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki xizmat maqsadlari 
uchun uning boshqa mol-mulkidan qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha 
foydalanganlik uchun to‘lovlar;
12) mehnatda mayi
b bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik bilan 
bog‘liq zararning o‘rnini qoplash uchun ko‘rsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar;
13) oziq-
ovqat va yo‘l chiptalarining qiymati yoki oziq
-
ovqat va yo‘l chiptalarining 
qiymatini qoplash.
Ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash
jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1) qonunchilikka muvofiq: 
a) yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) ta’til uchun to‘lov, shuningdek ushbu ta’tildan 
foydalanilmaganda, shu jumladan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda pullik 
kompensatsiya to‘lovi;
b) noqulay va o‘ziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek og‘ir va noqulay tabiiy
-iqlim 
sharoitlarida ishlaganligi uchun ayrim tarmoqlarning xodimlariga beriladigan qo‘shimcha ta’til 
uchun to‘lov;
v) o‘qish bilan bog‘liq ta’til va ijodiy ta’tillar uchun to‘lov;
g) 12 yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi 
bo‘lgan bolasi bor ayollarga berilgan qo‘shimcha ta’til uchun to‘lov; 
2) asosiy ish haqi qisman saqlab qolingan h
olda majburiy ta’tilda bo‘lgan xodimlarga 
beriladigan to‘lovlar;
3) donor xodimlarga ko‘rikdan o‘tish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan 
keyin beriladigan dam olish kunlari uchun to‘lov;
4) O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvo
fiq davlat yoki jamoat 
vazifalarini bajarganlik uchun mehnatga to‘lov;
5) qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodimlarning asosiy ish joyi 
bo‘yicha saqlab qolinadigan ish haqi;
6) ma’lum muddatga avvalgi ish joyi bo‘yicha lavozim maoshi m
iqdori saqlab qolingan 
holda boshqa yuridik shaxslardan ishga joylashtirilgan, shuningdek vaqtinchalik vazifani bajarib 
turgan xodimlarga maoshdagi farq to‘lovi;
7) xodimlarga kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida ishdan 
ajral
gan holda o‘qishlari vaqtida asosiy ish joyi bo‘yicha ularga to‘lanadigan ish haqi;
8) xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun to‘lov;
9) mehnat layoqatini vaqtincha yo‘qotgan xodimlarga qo‘shimcha to‘lov;
10) qonunchilikka muvofiq yoki ish beruvchining qarori bilan majburiy progul vaqti uchun 
yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajarganlik uchun to‘lov;
11) 18 yoshga to‘lmagan shaxslarning imtiyozli soatlariga, onalarga bolani ovqatlantirishi 
uchun ishda beriladigan tanaffuslarga, shuningdek tib
biy ko‘rikdan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun 
to‘lov;
12) asosiy ishidan ozod qilingan va ozod qilinmagan holda xodimlar tayyorlash, ularni 
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun hamda o‘quvchilar va talabalarning ishlab 


82 
chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish uchun jalb qilinadigan yuqori malakali xodimlari mehnatiga 
to‘lov;
13) ish beruvchining mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan pensiyalar va nafaqalarga 
qo‘shimchalar, stipendiyalar;
14) oliy o‘quv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga ta’til vaqti uchun ish 
beruvchi hisobidan to‘lanadigan nafaqalar.
Mulkiy daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
1) foizlar; 
2) dividendlar; 
3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar; 
4) soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘l
gan mol-mulkni realizatsiya qilishdan 
olingan daromadlar. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni 
realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi 
sifatida aniqlanadi. Mazkur qiym
atni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol
-
mulkni realizatsiya qilish qiymati, ko‘chmas mulk bo‘yicha esa 
- kadastr qiymati hamda 
realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb e’tirof etiladi;
5) sanoat mulki ob’ektlariga, seleksiya yutug‘iga oid patent (litsenziya) egasi bo‘lgan soliq 
to‘lovchining patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi 
tuzganda olgan daromadi; 
6) royalti; 
7) ishonchli boshqaruvga berilgan mol-
mulk bo‘yicha ishonchli boshq
aruvchidan olingan 
daromad; 
8) REPO operatsiyalari bo‘yicha daromad;
9) qimmatli qog‘ozlar va (yoki) muddatli bitimlarning hosila moliyaviy vositalari bilan 
operatsiyalar bo‘yicha daromad;
10) nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi; 
11) oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaga) muvofiq 
ishtirok etishdan olingan daromadlar; 
12) xususiyatga ega boshqa daromadlar. 
Soliq to‘lovchi tomonidan moddiy naf tarzida olingan daromadlar, 
quyidagilardan iborat: 
1) soliq agenti tomonidan soliq to‘lovchi manfaatlarini ko‘zlab, tovarlar (xizmatlar), 
mulkiy huquqlar haqini to‘lash, shu jumladan:
soliq to‘lovchining bolalarini maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘qitish, tarbiyalash 
haqini to‘la
sh; 
soliq to‘lovchilarga berilgan uy
-joyning kommunal xizmatlar haqini, uy-joydan 
foydalanish xarajatlarini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning o‘rnini qoplash qiymatini 
to‘lash;
sanatoriy-
kurortlarda davolanish yo‘llanmalari qiymatini, dam olish, s
tatsionar va 
ambulator davolanish haqini yoki ularning o‘rnini qoplash qiymatini to‘lash;
soliq agentining soliq to‘lovchi daromadi bo‘lgan boshqa xarajatlarini to‘lash;
2) soliq to‘lovchining manfaatlarini ko‘zlab tekin, shu jumladan hadya shartnomasi 
bo‘
yicha berilgan mol-
mulkning va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati;
3) tovarlarni (xizmatlarni) soliq to‘lovchilarga realizatsiya qilish narxi hamda shu 
tovarlarning (xizmatlarning) (qiymati ularni sotib olish narxidan yoki tannarxidan kelib chiqib 
aksiz so
lig‘ining va qo‘shilgan qiymat solig‘ining tegishli summasini hisobga olgan holda) 
muvofiq hisoblab chiqarilgan qiymati o‘rtasidagi salbiy farq;
4) qonunchilikka 
muvofiq xodimlarga temir yo‘l, aviatsiya, daryo, avtomobil transporti va 
shahar elektr 
transportida yurish bo‘yicha beriladigan imtiyozlar summasi;
5) jismoniy shaxsning soliq agenti oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan 
chiqarilgan summalari; 
6) soliq agenti tomonidan to‘lovlar hisobiga to‘lanib, soliq to‘lovchidan ushlab q
olinishi 
lozim bo‘lgan, lekin ushlab qolinmagan summalar.


83 
Soliq to‘lovchi tomonidan soliq agentidan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, ushbu 
tovarlarning (xizmatlarning) qiymati ularni sotib olish narxidan yoki tannarxidan kelib chiqqan 
holda aniqlanadi. 
Soliq to‘lovchi tomonidan soliq agentidan aksiz to‘lanadigan tovarlar yoki qo‘shilgan 
qiymat solig‘i solinadigan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, bunday tovarlarning 
(xizmatlarning) qiymatida aksiz solig‘ining va qo‘shilgan qiymat solig‘ining tegi
shli summasi 
hisobga olinadi. 
Soliq to‘lovchining boshqa daromadlariga quyidagilar kiradi:
1) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xayriya va ekologiya jamg‘armalari 
tomonidan soliq to‘lovchilarga beriladigan nafaqalar hamda boshqa turlardagi yo
rdam;
2) hayvonlarni (qoramollarni, parrandalarni, mo‘ynali va boshqa hayvonlarni, baliqlarni va 
boshqalarni) tirik holda hamda ularni so‘yib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda 
sotishdan, ipak qurtini, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta 
ishlangan holda sotishdan olingan daromadlar; 
3) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari bo‘yicha) olingan mol
-
mulkning, mulkiy huquqlarning qiymati; 
4) musobaqalarda, ko‘riklarda, tanlovlarda sovrinli
o‘rinlar uchun beriladigan sovrinlar, 
pul mukofotlari
5) yutuqlar; 
6) grant beruvchidan olingan grantlarning, shu jumladan chet davlatlar grantlarining 
summalari;
7) soliq to‘lovchilarning yaratilgan ilm
-
fan, adabiyot va san’at asarlari (predmetlari) uc
hun 
olgan daromadlari; 
8) xalqaro sport musobaqalaridagi sovrinli o‘rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan 
bir yo‘la beriladigan pul mukofoti;
9) xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) bekor qilinganda mehnat 
to‘g‘risidagi 
qonunchilikka 
muvofiq beriladigan ishdan bo‘shatish nafaqasi va boshqa to‘lovlar;
10) quyidagicha ko‘rsatiladigan moddiy yordam:
vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan 
xodimga ko‘rsatiladigan;
xodimga mehnatda 
mayib bo‘lganligi, kasb kasalligi yoxud sog‘lig‘iga boshqacha tarzda 
shikast yetganligi bilan bog‘liq holda ko‘rsatiladigan;
bola tug‘ilishi, xodim yoki uning farzandlari nikohdan o‘tishi munosabati bilan 
ko‘rsatiladigan; 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablag‘lar berish 
tarzida ko‘rsatiladigan moddiy yordam; 
11) ishlamaydigan pensionerlarga soliq agenti tomonidan to‘lanadigan to‘lovlar;
12) ma’naviy zararni kompensatsiya qilish bo‘yicha pullik to‘lovlar;
13) narxlarga tuzatish kiritish tufayli olingan daromad; 
14) aniqlanadigan talab qilish huquqidan o‘zganing foydasiga voz kechish shartnomasi 
bo‘yicha olingan daromad;
15) soliq to‘lovchining boshqa daromadlari.

Yüklə 334,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin