4.3. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig‘i bo‘yicha imtiyozlar.
Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan
soliqni to‘lashdan quyidagilar to‘laligicha
ozod qilinadilar:
1) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining boshliqlari va xodimlari, konsullik
muassasalarining mansabdor shaxslar
i, ularning o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar
ular O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmasa
-
O‘zbekiston Respublikasidagi
manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan
daromadlaridan tashqari barc
ha daromadlari bo‘yicha;
84
2) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ma’muriy
-
texnik xodimlari hamda ularning o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekisto
n Respublikasida doimiy yashamasa,
-
O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan
bog‘liq bo‘lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo‘yicha;
3) chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga xizmat
ko‘rsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
bo‘lmasa yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa
-
o‘z xizmati yuzasidan oladigan
barcha daromadlari bo‘yicha;
4) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining
uylarida ishlovchilar, agar ular O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekiston
Respublikasida doimiy yashamasa -
o‘z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari bo‘y
icha;
5) xalqaro nohukumat tashkilotlarining mansabdor shaxslari -
agar ular O‘zbekiston
Respublikasining fuqarosi bo‘lmasa, ularning ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari bo‘yicha.
Quyidagi soliq toʻlovchilar soliq solishdan qisman (daromadlar qaysi oyda olingan boʻlsa,
oʻsha oyda har bir oy uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,41 baravari
miqdoridagi daromadlar, ushbu qismning 3-
bandida koʻrsatilgan shaxslar uchun es
a mehnatga haq
toʻlashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar boʻyicha) ozod etiladi:
1)
«Oʻzbekiston Qahramoni»
, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga
sazovor boʻlgan shaxslar, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar. Bu imtiyoz
tegishincha
«Oʻzbekiston Qahramoni»
unvoni berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi
Qahr
amoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari boʻyicha
boʻlimning maʼlumotnomasi asosida beriladi;
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan
belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur imtiyoz urush nogironining
(qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning yoxud boshqa
vakolatli organning maʼlumotnomasi asosida, nogironligi boʻlgan boshqa shaxslarga
(qatnashchilarga) nogironligi boʻlgan shaxsning (qatnashchining) imtiyozlarga boʻlgan huquqi
toʻgʻrisidagi guvohnomasi asosida beriladi;
3) bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan
shaxslar. Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining
maʼlumotnomasi asosida beriladi;
4) sobiq SSSRni, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish
yoxud harbiy xizmatning yoki ichki ishlar organlaridagi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy
gvardiyasidagi xizmatning boshqa
majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanganligi, kontuziya
yoki mayib boʻlganligi oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan
harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiya
si
xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari). Bu imtiyoz
«Halok boʻlgan askarning
beva xotini (beva eri, onasi, otasi)
»
yoki
«Ichki ishlar organlari halok boʻlgan xodimining beva
xotini (beva eri, onasi, otasi)
»
,
«Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi halok boʻlgan
xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)
»
shtampi qoʻyilgan yoxud pensiya guvohnomasini
bergan muassasa rahbarining imzosi va ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli
pensiya guvohnomasi asosida berilad
i. Agar mazkur shaxslar pensioner boʻlmasa, imtiyoz ularga
sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik qoʻmitasi yoki Ichki ishlar vazirligining,
shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar
vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining tegishli
organlari va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralar tomonidan berilgan harbiy
xizmatchining yoki ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
xodimining halok boʻlganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida beriladi. Sobiq SSSRni,
Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yox
ud harbiy xizmatning
yoki ichki ishlar organlaridagi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning
85
boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli
halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yoki ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi
Milliy gvardiyasi xodimlarining beva xotinlariga (beva erlariga) imtiyoz faqat ular yangi nikohdan
oʻtmagan taqdirda beriladi;
5) ikki va undan ortiq 16
yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar. Bu imtiyo
z har bir
bola uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan taqdim etiladigan
ma’lumotnoma asosida beriladi;
6) ikki va undan ortiq 16
yoshga to‘lmagan bolalari bor hamda boquvchisini yo‘qotganlik
uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar. Bu imtiyoz erning (xotinning) vafot
etganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, yangi
nikohdan o‘tmaganlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining boquvchisini yo‘qotganlik uchun
pensiya olinmasligi haqidagi ma’lumotnomasi taqdim etilgan taqdirda beriladi;
7) bolaligidan nogironligi bo‘lgan shaxs, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan
birga yashab, uni tar
biyalayotgan ota yoki ona. Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki sog‘liqni
saqlash muassasasining doimiy parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomasi asosida
beriladi.
Soliq imtiyozlari tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda qo‘llaniladi.
Sol
iq imtiyoziga bo‘lgan huquq kalendar yil davomida vujudga kelgan taqdirda, soliq
imtiyozi unga bo‘lgan huquqlar vujudga kelgan paytdan e’tiboran qo‘llaniladi.
Agar soliq to‘lovchi bir nechta asos bo‘yicha soliq imtiyoziga doir huquqqa ega bo‘lsa,
unga xohishiga qarab faqat bitta soliq imtiyozi beriladi.
Soliq imtiyozini qo‘llash soliq to‘lovchining asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi bo‘yicha,
asosiy ish joyi mavjud bo‘lmagan taqdirda esa
- yashash joyidagi soliq organlari tomonidan jami
yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliqni hisoblab chiqarish chog‘ida amalga
oshiriladi. Soliq imtiyoziga bo‘lgan huquq yo‘qotilgan taqdirda, soliq to‘lovchi imtiyozga bo‘lgan
huquqni yo‘qotgan paytidan e’tiboran 15 kun ichida bu haqda undan soliqni ushlab qolad
igan
yuridik shaxsga ma’lum qilishi kerak.
Ushbu soliq imtiyozlari soliq to‘lovchining foizlar va dividendlar tarzida olingan
daromadlariga, shuningdek mol-mulkni ijaraga topshirishdan olingan daromadlariga nisbatan ham
tatbiq etiladi. Agar foizlar va divi
dendlar asosiy ish joyi bo‘yicha hisoblansa, soliq imtiyozini
qo‘llash asosiy ish joyi bo‘yicha amalga oshiriladi. Agar foizlar va dividendlar asosiy bo‘lmagan
ish joyi bo‘yicha hisoblansa, soliq imtiyozi jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asos
ida
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish chog‘ida soliq to‘lovchining
yashash joyidagi soliq organlari tomonidan qo‘llaniladi. Shunga o‘xshash tartib mol
-mulkni
ijaraga berishdan olingan daromadlarga nisbatan ham qo‘llanilad
i.
Soliq qonunchiligiga ko‘ra jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga
soliq
solinmaydi:
1) moddiy yordam summalari:
vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan
xodimga beriladigan moddiy yordam summalari -
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining
4,22 baravarigacha miqdorda;
boshqa hollarda, -
soliq davri uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,22
baravarigacha miqdorda;
2) soliq agenti tomonidan quyidagi yo‘llanmalar qiymatini to‘liq yoki qisman qoplash
summalari, bundan turistik yo‘llanmalar mustasno:
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy
-
kurort va sog‘lomlashtirish
muassasalariga yo‘llanmalar qiymatini nogironligi bo‘lgan shaxslarga, shu jumladan ushbu ish
beru
vchida ishlamaydigan nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘liq yoki qisman qoplash summalari;
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar oromgohlari va boshqa
sog‘lomlashtirish oromgohlari, shuningdek sanatoriy
-
kurort hamda sog‘lomlashtirish
86
muassasa
lariga o‘z xodimlarining 16 yoshgacha bolalari (o‘qiydiganlarga
- 18 yoshgacha) uchun
yo‘llanmalar qiymatini to‘liq yoki qisman qoplash summalari;
3) o‘z xodimlariga hamda ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki) statsionar tibbiy
xizmat
ko‘rsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan to‘langan summalar, shuningdek ish
beruvchining davolashga hamda tibbiy xizmat ko‘rsatishga, nogironlik profilaktikasi va
nogironligi bo‘lgan shaxslarning salomatligini tiklashga doir texnik vositalarni olishga
oid
xarajatlari. Xodimlarni davolaganlik, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatganlik uchun ish beruvchilar
tomonidan sog‘liqni saqlash muassasalariga naqd pulsiz haq to‘langan taqdirda, shuningdek
sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomonidan yozib berilgan hujjatlar
asosida ushbu maqsadlar uchun
mo‘ljallangan naqd pul mablag‘lari bevosita xodimga, xodim yo‘qligida esa
- uning oila
a’zolariga, ota
-
onasiga berilgan yoki mazkur maqsadlar uchun mo‘ljallangan mablag‘lar
xodimning bankdagi hisobvarag‘iga kiritilgan taqdird
a, bu daromadlar soliq solishdan ozod
qilinadi;
4) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga
ishlash uchun yuborilishi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan summalar doirasida
budjet tashkilotlaridan chet el valyutasida olingan ish haqi summalari va boshqa summalar;
5) vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, agar bunday ishlarga
yollash vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari ko‘magida amalga oshirilayotgan
bo‘lsa;
6
) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan
bir yo‘la beriladigan pul mukofoti;
7) soliq to‘lovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol
-mulkni sotishdan
olinadigan daromadlar, bundan quyidagilarni sotishdan olingan daromadlar mustasno:
qimmatli qog‘ozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli
qog‘ozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini
(paylarini);
noturar joylarni;
36
kalendar oydan kam muddatda soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan turar joylarni;
8) uy xo‘jaligida, shu jumladan dehqon xo‘jaligida yetishtirilgan hayvonlarni
(qoramollarni, parrandalarni, mo‘ynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar va hokazolarni) tirik ho
lda
hamda ularni so‘yib mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda sotishdan (bundan sanoatda
qayta ishlash mustasno) chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta
ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlar, bundan manz
arali bog‘dorchilik (gulchilik)
mahsulotlari mustasno;
9) xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan buyum tarzidagi
sovrinlarning qiymati;
10) ish beruvchidan soliq davri mobaynida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining
2,11 barav
arigacha bo‘lgan qiymatdagi:
xodimlar natura shaklida olgan sovg‘alar;
ilgari mazkur ish beruvchining xodimlari bo‘lgan ishlamayotgan pensionerlar va mehnat
qobiliyatini yo‘qotgan shaxslar, vafot etgan xodimning oila a’zolari tomonidan olingan sovg‘alar
hamda boshqa turlardagi yordam;
11) jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olingan pul va
natura shaklidagi daromadlar, bundan quyidagilar mustasno:
ilm-
fan, adabiyot va san’at asarlarining, adabiyot hamda san’at asa
rlari ijrochilarining,
shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining merosxo‘rlariga (huquqiy
vorislariga) to‘lanadigan pul mukofotlari;
yaqin qarindosh bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi ko‘chmas mulk, avtotransport vositalari,
qimma
tli qog‘ozlar, yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) ulushlar;
12) davlat zayomining obligatsiyalari bo‘yicha yutuqlar, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizlar;
87
13) jamg‘arma sertifikatlari, davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar, shuningdek
banklardagi omonatlar bo‘yicha foizlar va yutuqlar;
14) nodavlat notijorat tashkilotlaridan, xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan,
shuningdek vakolatli organning xulosasi mavjud
bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining ilmiy
-
texnika hamkorligi sohasidagi xalqaro shartnomalari doirasida soliq to‘lovchi grant beruvchidan
bevosita olgan grantning summasi;
16) soliq to‘lovchining quyidagilarga yo‘naltiriladigan, soliq solinishi lozim bo‘
lgan ish
haqi va boshqa daromadlari:
Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish
(oʻzining, shuningdek yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining (xotinining)
taʼlim olishi) uchun toʻlov. Mazkur imtiyoz soliq toʻlovchining professional va oliy taʼlim
tashkilotlarida oʻqish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan taʼlim kreditlariga (foizlari bilan)
qoplashga yoʻnaltirilgan daromadlariga nisbatan ham qoʻllaniladi;
farzandlariga nodavlat maktabgac
ha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko’rsatadigan
ta’limga oid xizmatlar uchun ota
-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun
to’lanadigan oyiga 3 million so’mgacha bo’lgan to’lovlar;
soliq bazasining 50 foizidan oshmagan holda,
metsenatlik ko‘magini ko‘rsatish;
olingan ipoteka kreditlarini va ular bo’yicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida
jami mehnatga haq to’lash eng kam miqdorining sakson baravarigacha bo’lgan miqdorda
qoplashga, basharti uy-
joy fondining ko’chmas mulk obyektlarini sotib olish, qurish
yoki
rekonstruksiya qilish dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti bo’yicha foizlarning bir qismini
qoplash uchun byudjetdan ajratilgan subsidiyalar hisobga olingan holda amalga oshirilgan bo’lsa.
Mazkur soliq imtiyozi qarz oluvchiga va (yoki) birga qarz oluvchilarga nisbatan, basharti ularning
soliq solinmaydigan daromadlari jami summasi belgilangan miqdordan oshmasa, tatbiq etiladi.
Bunda yosh oila bo’lgan er
-
xotinning olgan ipoteka kreditlarini hamda ular bo’yicha hisoblangan
foizlarni to’lashga yo’naltirilgan ish haqiga va boshqa daromadlariga nisbatan soliq imtiyozi er
-
xotin yoki ulardan biri belgilangan yoshga to’lguniga qadar, ushbu xatboshida byudjetdan
ajratilgan subsidiyalar bo’yicha belgilangan shartlar inobatga olinmagan holda qo’llaniladi
. Agar
2023 yil 1 yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan yoki rekonstruksiya
qilingan uy-
joy fondining ko’chmas mulk obyektlari ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlar davlat
ro’yxatidan o’tkazilgan sanadan e’tiboran o’ttiz olti oy ichida boshqa shaxsga o’tkazilgan bo’lsa,
soliq imtiyozining amal qilishi soliq imtiyozini qo’llashning butun davri uchun soliqni to’lash
majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi;
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi ixtiyoriy ravishda shaxs
iy
jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga;
17) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari boʻyicha) olingan
ulushlar, paylar va aksiyalar tarzidagi daromadlar, agar bu ulushlarni, paylarni va aksiyalarni
berish yaqin qarindoshlar
oʻrtasida amalga oshirilsa.
Yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmasiga nisbatan yoki qaysi chet el yuridik shaxsi
uchun roʻyxatdan oʻtish mamlakatining qonunchiligiga muvofiq kapitalda ishtirok etish nazarda
tutilmagan boʻlsa, oʻsha chet el yuridik
shaxsiga nisbatan nazorat qilish huquqi, agar bunday
huquqlar ularni bir oilaning aʼzolari va (yoki) yaqin qarindoshlar boʻlgan shaxslar oʻrtasida
oʻtkazish natijasida olingan boʻlsa, daromad olish yoki daromadni tasarruf etish huquqining
yuzaga kelishi d
eb eʼtirof etilmaydi;
18) paxta yigʻim
-
terimi boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilinadigan soliq
toʻlovchilarning bu ishlarni bajarganlik uchun olgan daromadlari;
19) soliq toʻlovchi boʻlgan qimmatbaho metallar qidiruvchilarning qonunchilikda
bel
gilangan tartibda qazib olish yoʻli bilan ega boʻlgan qimmatbaho metallarni realizatsiya
qilishdan olgan daromadlari;
19-
1) soliq toʻlovchining uy
-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari;
20) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organl
ari, kasaba uyushmalari, xayriya va
ekologiya jamgʻarmalari tomonidan soliq toʻlovchilarga beriladigan nafaqalar, shuningdek pul
88
mablagʻlari tarzidagi yordamning boshqa turlari, biroq soliq davri mobaynida oʻn besh million
soʻmdan oshmagan holda;
21) soli
q toʻlovchining soliq davri davomida quyidagilarni toʻlash uchun yoʻnaltiriladigan,
bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravarigacha boʻlgan miqdordagi ish haqi summalari va
boshqa daromadlari:
xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini, tegishli xalqaro
tashkilot aʼzosi sifatida bunday
badallarning toʻlanganligi toʻgʻrisida hujjat mavjud boʻlganda;
qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga toʻlovlarni,
kursni tugatganlik toʻgʻrisida shunday tashkilotlar tomonidan berilgan hujjat mavjud boʻlganda.
Dostları ilə paylaş: |