96
Ilm-
fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun
mualliflik haqi tarzida daromad oluvchi soliq to‘lo
vchilar bunday
faoliyatni yakka tartibdagi
tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan holda amalga oshirish huquqiga ega.
D
aromadlariga soliq solinadigan soliq to‘lovchilar soliqni soliq organining yozma
xabarnomasi asosida to‘laydi.
Ilm-fan, adabiyot
va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun
mualliflik haqi olayotgan soliq to‘lovchi daromadlar olish bilan bog‘liq daromadlar va xarajatlar
hisobini yuritishi shart hamda u ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan,
haqiqatda
sarflangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni daromaddan chegirish huquqiga ega, lekin
chegirma olingan jami daromad summasining 30 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga qu
yidagilar kiradi:
ilm-
fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish hamda ulardan foydalanish uchun zarur
materiallar sotib olishga doir xarajatlar;
faqat ilm-
fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish, nashr qilish, ijro etish yoki ulardan
boshqacha tarzda foydalanish maqsadida foydalaniladigan bino
va mol-mulk ijarasiga doir
xarajatlar.
Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya soliq to‘lovchining olingan yillik daromadi
to‘g‘risidagi yozma arizasidan iborat bo‘ladi.
Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaga to‘langan daromadlar va ushlab qolingan
soliq summalari to‘g‘risida soliq agentining O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan
shakldagi ma’lumotn
omasi ilova qilinadi.
Soliq organi tomonidan soliq to‘lovchi taqdim etgan jami yillik daromadi to‘g‘risidagi
deklaratsiyada to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasining kamayishiga olib keluvchi xatolar
aniqlangan taqdirda, soliq organi jami yillik daromad haqidagi taqdim etilgan deklaratsiyada
aniqlangan xatolar to‘g‘risida soliq to‘lovchiga bildirish xati yuboradi.
Soliq organining xabarnomasini olgan soliq to‘lovchi 10 kun ichida jami yillik daromadi
to‘g‘risidagi deklaratsiyaga zarur bo‘lgan o‘zgartirishl
arni kiritishi shart.
Soliq to‘lovchilar daromadlar bo‘yicha jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani,
agar boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot
yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etadi.
Deklaratsiya qilinishi shart bo‘lmagan daromadlarni olgan soliq to‘lovchilar doimiy
yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda
taqdim etishi mumkin.
Har qanday ketma-ketlikdagi 12 oylik davr ichida jami 183 kun va undan ortiq muddat
O‘zbekiston Respublikasining tashqarisida turgan O‘zbekiston
Respublikasining fuqarolari
O‘zbekiston Respublikasiga qaytgan sanadan e’tiboran bir oydan kechiktirmay doimiy yashash
joyidagi soliq organiga O‘zb
ekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olgan
daromadlari bo‘yicha jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda taqdim
etishi mumkin. Bunda O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan daromadlar bo‘yicha
jism
oniy shaxs O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etish mezonlariga
muvofiq kelmagan davr uchun soliq to‘lanmaydi.
Grant olgan soliq to‘lovchi jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani
topshirayotganda grant bo‘yicha olingan daromad summasini, soliq miqdorini ko‘rsatadi,
shuningdek vakolatli organning tegishli xulosasini ilova qiladi.
Mol-
mulkini ijaraga berishdan to‘lov manbaida soliq solinmaydigan daromadlar olayotgan
soliq to‘lovchilar, shuningdek jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq
to‘laydigan jismoniy shaxslar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani belgilangan
muddatlarda taqdim etish bilan bir qatorda dastlabki tarzdagi deklaratsiyani ham quyidagi
muddatlarda taqdim etadi:
1) mol-m
ulkni ijaraga berishdan daromad oladigan soliq to‘lovchilar
- ijaradan daromadlar
paydo bo‘lgan kundan e’tiboran birinchi oy tugaganidan keyin 5
kun muddatda;
97
2)
tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan daromadi kalendar yilida yuz million so‘mdan
oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar, yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat
munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy
tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshirayotgan oila a’zolari, «Hunarmand» uyushmasi
a’zolari bo‘lgan hunarmandchilik faoliyati sub’ektlari, jami yillik daromad to‘g‘risidagi
deklaratsiya asosida soliqni to‘laydigan jismoniy shaxslar
- joriy yilning 1
fevralidan
kechiktirmay. Yangi ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik sub’ektlari
-
tadbirkorlik sub’ek
ti davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilgan oyning oxiriga qadar dastlabki deklaratsiyani taqdim etadi.
Ko‘chmas mulkning ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilayotganda dastlabki
deklaratsiya taqdim etilmaydi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olish
tugagan taqdirda soliq to‘lovchi doimiy
yashash joyidagi soliq organini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi.
Joriy yilning 1 apreliga qadar O‘zbekiston Respublikasining rezidentiga aylangan chet ellik
jismoniy shaxs oldingi soliq davri uchun jami yillik
daromadi to‘g‘risida deklaratsiya topshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan chet ellik jismoniy shaxs ushbu bobda
belgilangan tartibga muvofiq soliq solinishi lozim bo‘lgan daromad keltirayotgan faoliyatini
kalendar yili ichida tugatgan va
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotgan
bo‘lsa, uning O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan davrda joriy
soliq davrida haqiqatda
olgan daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya bu jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasi
hududidan t
ashqariga chiqib ketishidan 1 oy avval taqdim etilishi lozim. Agar O‘zbekiston
Respublikasining norezidenti bo‘lgan chet ellik jismoniy shaxs joriy yilning 1 fevraliga qadar chet
elga doimiy yashashga chiqib ketsa, joriy yil uchun daromadlar bo‘yicha dekla
ratsiya taqdim
etilmaydi.
Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya bo‘yicha hisoblangan va taqdim etish tartibi
deklaratsiya taqdim etilgan sanadan e’tiboran 15 kun ichida amalga oshiriladi.
Agar soliq to‘lovchi jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etmagan
bo‘lsa, shuningdek oldin taqdim etilgan deklaratsiyada noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlangan va (yoki)
soliq to‘lovchi tomonidan jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning o‘zgarganligi
haqidagi arizani taqdi
m etmagan taqdirda, soliq organi soliq summasini o‘zidagi mavjud axborot
asosida hisoblashga va to‘lanishi lozim bo‘lgan, hisoblangan soliq summasi to‘g‘risida soliq
to‘lovchiga o‘n kunlik muddatda to‘lov xabarnomasini topshirishga haqli. Soliq to‘lovchi
t
omonidan jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya yoki to‘g‘rilangan deklaratsiya taqdim
etilgan taqdirda, soliqning yakuniy summasi ushbu deklaratsiyani hisobga olgan holda aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsla
r
jami yillik daromad
to‘g‘risidagi deklaratsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra hisoblab chiqarilgan soliqni o‘tgan soliq
davridan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay to‘laydi.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar hisoblab chiqari
lgan
soliqni chet davlatda joylashgan bank hisobvarag‘idan chet el valyutasida to‘lashi mumkin. Bunda
milliy valyutada ifodalangan soliq O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan
belgilangan soliq to‘langan sanadagi kurs bo‘yicha chet el valyut
asida qayta hisoblab chiqariladi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar, shuningdek jami yillik
daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar soliqni taqdim etilgan
dastlabki deklaratsiya yoki soliq organining xabarnomasi asosida, daromad olingan oydan keyingi
oyning 15-
kunigacha har oyda to‘laydi. Yil tugagach, soliqning yillik summasi haqiqatda olingan
daromad bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Bu summa bilan yil mobaynida to‘langan
summalar
o‘rtasidagi
farq kelgusi yilning 1 iyunidan kechiktirmay soliq to‘lovchidan undirilishi yoki unga
qaytarilishi lozim.
Quyidagilar soliq to‘langan sana deb hisoblanadi:
soliq soliq agentlari yoki jismoniy shaxslar tomonidan bankdagi hisobvarag‘idan to‘langan
taqdirda -
bankdagi hisobvarag‘idan mablag‘lar hisobdan chiqarilgan kun;
jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul mablag‘lari kiritilgan taqdirda
- bank kassasiga
mablag‘lar to‘langan sana.
98
Soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan soliqni to‘lash to‘lov xabarn
omasida
ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan, O‘zbekiston Respublikasining
rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalari O‘zbekiston
Respublikasida soliq to‘lashda
hisobga olinadi.
Soliqni hisobga olish soliq davri yakuni bo‘yicha jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan
jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: