4.5. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish, soliq
hisobotini taqdim etish va to‘lash tartibi.
Kalendar yil soliq davridir.
Soliq agentlari uchun hisobot davri bir oydir.
Jismoniy shaxslar
dan olinadigan daromad solig‘i quyidagicha aniqlanadi:
S
b
= ( J
d
–
I),
bu yerda:
S
b
–
daromad solig‘i bazasi;
J
d
–
jami daromad;
I
–
imtiyozlar.
D
s
= S
b
x S
s
,
bu yerda:
D
s
–
daromad solig‘i summasi;
S
s
–
daromad solig‘i stavkasi
.
Soliq quyidagilar tomonidan hisoblab chiqariladi va to‘lanadi:
1) soliq to‘lovchiga daromad to‘laydigan soliq agentlari tomonidan;
2) soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda.
Soliq to‘lovchilarning alohida toifalari
soliqni:
belgilangan tartibda qat’iy belgilangan miqdorda to‘lashni;
belgilangan tartibda jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida to‘lashni
tanlashga haqli.
Tanlash huquqi quyidagi toifadagi soliq to‘lovchilarga tatbiq etiladi:
1) tovarlar
(xizmatlar) realizatsiyasidan daromadi kalendar yilida 100 million so‘mdan
oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga. Agar kalendar yilida tovarlar (xizmatlar)
realizatsiyasidan daromadi belgilangan miqdordan oshsa, yakka tartibdagi tadbirkor belgilangan
tartibda aylanmadan soliq yoxud qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i to‘lashga o‘tadi.
3
2) yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga
oshirayotgan oila a’zolariga;
3
) «Hunarmand» uyushmasi a’zolari bo‘lgan hunarmandchilik faoliyati sub’ektlariga.
Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar soliq to‘lash tartibini quyidagilar orqali tanlashga
haqli:
1) tadbirkorlik sub’ektining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi chog‘ida tanlangan soliq to‘lash
tartibini ko‘rsatish;
35
O‘
zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-
dekabrdagi “Respublika hududlarini toifalarga
ajratish va tadbirkorlikni
qo‘llab
-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF
-287-son Farmoni
92
2) doimiy yashash joyi bo‘yicha soliq organlariga joriy yilning 25
yanvaridan
kechiktirmasdan tanlangan soliq to‘lash tartibi to‘g‘risida bildirish xati taqdim etish.
Yuqorida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchi tomonidan bildirish xati joriy yilning 25 yanvaridan
kechiktirmasdan taqdim etilmasligi uning soliqni qat’iy belgilangan miqdorda to‘lashga roziligini
bildiradi.
Soliq organi tomonidan ham hisoblab chiqarilishi mumkin.
Hisoblab chiqarilgan soliq summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblangan
jismoniy shaxslarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan
majburiy oylik badallar summasiga kamaytiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslardan
olinadigan soliq soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va to‘lov manbaida ushlab qolinadi.
Soliqni to‘lov manbaida hisoblab chiqarish, ushlab qolish va byudjetga o‘tkazish
majburiyati soliq to‘lovchiga daromad to‘laydigan va soliq agentlari deb e’tirof etilgan quyidagi
shaxslarning zimmasiga yuklatiladi:
1) O‘zbekiston Respublikasining yuridik
shaxslariga;
2) yakka tartibdagi tadbirkorlarga;
3) O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan
O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan yuridik shaxslarga;
4) O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan yuridi
k shaxslarning vakolatxonalariga;
5) Soliq kodeksi 351-moddasi ikkinchi qismining 5-
bandida ko‘rsatilgan mol
-mulkni sotib
olgan jismoniy shaxslarga;
6) soliq to‘lovchining mol
-mulkini ishonchli boshqarishni amalga oshiruvchi ishonchli
boshqaruvchiga.
5-ba
ndida ko‘rsatilgan shaxslar belgilangan tartibda soliqni hisoblab chiqarish, ushlab
qolish va byudjetga o‘tkazishni amalga oshiradi.
Soliq summasi ushlab qolinmagan taqdirda, soliq agenti ushlab qolinmagan summani va u
bilan bog‘liq penyani byudjetga o‘tkazishi shart.
Soliq agentlari jismoniy shaxsning talabiga binoan unga daromadlarining summalari va
turlari haqida, shuningdek jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan
summasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shaklda ma’lumotnoma
berishi shart.
Soliq agentida soliq solinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
1) jismoniy shaxslarning mehnatga haq to‘l
ash tarzidagi daromadlari;
2) moddiy naf tarzidagi daromadlar;
3) mulkiy daromadlar;
4) boshqa daromadlar.
O‘zi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining
rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsga moddiy naf tarzida daromad to‘lov
chi soliq agenti jismoniy
shaxsning yozma arizasi asosida soliqni ushlab qolmaslikka haqli. Bunda soliq to‘lovchi moddiy
naf tarzidagi daromad bo‘yicha deklaratsiya asosida soliqni to‘lashi shart.
Soliq agentlari soliq hisobining registrlarida jismoniy shaxslarning ulardan soliq davrida
olgan daromadlari, jismoniy shaxslarga to‘lov manbaida qo‘llanilgan soliq imtiyozlari, hisoblab
chiqarilgan va ushlab qolingan soliqlar hisobini yuritadi.
Soliq hisobi registrlarining shakllari, ularda soliq hisobining tahl
iliy ma’lumotlarini hamda
birlamchi hisobga olish hujjatlari ma’lumotlarini aks ettirish tartibi soliq agenti tomonidan
mustaqil ravishda ishlab chiqiladi. Mazkur shakllarda soliq to‘lovchini identifikatsiya qilish
imkonini beradigan ma’lumotlar, soliq to‘lovchilarga to‘lanadigan daromad turlari va to‘lov
manbaida unga qo‘llanilgan soliq imtiyozlari, ularni to‘lash sanasi, soliq to‘lovchining maqomi,
soliqni ushlab qolish va to‘lash sanasi ko‘rsatilishi kerak.
93
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun O‘zbekiston
Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga soliq solish soliq agentlari tomonidan soliq
bazasi hamda belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Soliq agentlari soliq to‘lovchining jami daromadl
aridan hisoblangan soliq summasini
ushlab qolishi shart.
Soliqning hisoblangan summasini soliq to‘lovchidan ushlab qolish, soliq agenti soliq
to‘lovchiga to‘layotgan har qanday pul mablag‘lari hisobidan, bu pul mablag‘lari soliq to‘lovchiga
yoki uning
topshirig‘iga binoan uchinchi shaxslarga to‘lanayotganda amalga oshiriladi.
Soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish belgilangan soliq bazasi hamda soliq
stavkalaridan kelib chiqqan holda, daromad hisoblanishiga qarab, yil boshidan e’tiboran har oyda
or
tib boruvchi yakun bilan soliq to‘lovchining ish joyi bo‘yicha soliq agenti tomonidan amalga
oshiriladi.
Asosiy bo‘lmagan ish joyidan yoki boshqa soliq agentlaridan sovg‘a, moddiy yordam va
boshqa turlardagi yordam olgan jismoniy shaxslarning soliq summasini qayta hisob-kitob qilish
jismoniy shaxs yillik jami daromadi to‘g‘risida deklaratsiya topshirganda soliq organlari
tomonidan amalga oshiriladi.
Yil mobaynida asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi o‘zgargan taqdirda, soliq to‘lovchi joriy
yilda o‘ziga to‘langan daromadlar va ushlab qolingan soliq summalari to‘g‘risidagi
ma’lumotnomani yangi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyidagi soliq agentiga dastlabki ish haqi
hisoblanguniga qadar taqdim etishi shart. Ilgarigi ish (xizmat, o‘qish) joyidan ma’lumotnoma
taqdim e
tilmagan yoki soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami taqdim etilmagan taqdirda,
imtiyozlar qo‘llanilmagan holda ushlab qolinadi. Ma’lumotnoma va soliq to‘lovchining
identifikatsiya raqami taqdim etilgan taqdirda, soliq summasi ilgari asosiy ish (xizmat
, o‘qish)
joyida olingan daromadlar inobatga olingan holda qayta hisob-kitob qilinadi.
Yangi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyida soliqni hisoblab chiqarish kalendar yil boshidan
e’tiboran ilgarigi va yangi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joylaridan olingan jami
daromaddan kelib
chiqqan holda amalga oshiriladi.
Mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilingandan keyin xodimga ilgarigi ish joyidan to‘lov
amalga oshirilganda, soliq imtiyozlari qo‘llanilmagan holda soliqqa tortiladi.
Jismoniy shaxslarning asosiy bo‘lmag
an ish joyidan olgan daromadlaridan soliqning
yakuniy summasi jami yillik daromad to‘g‘risida taqdim etilgan deklaratsiyaning ma’lumotlari
bo‘yicha soliq organi tomonidan hisoblab chiqariladi.
Soliq agentlari o’zlarining soliq bo’yicha hisobda turgan joyda
gi soliq organiga
quyidagilarni taqdim etishi shart:
1) soliq davri tugaganidan keyin o’ttiz kun ichida
-
soliq organlariga to’lov manbaidan soliq
solinmagan moddiy naf tarzida daromadlar olgan jismoniy shaxslar to’g’risida O’zbekiston
Respublikasi Davlat
soliq qo’mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan
kelishilgan holda tasdiqlanadigan shakldagi ma’lumotnomani;
2) har oyda, hisobot davridan keyingi oyning o’n beshinchi kunidan kechiktirmay, yil
yakunlari bo’yicha esa
- keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay.
O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari bo’lgan, xodimlari 25 nafardan ortiq
bo’lgan alohida bo’linmalarga va (yoki) filiallarga ega soliq agentlari, ushbu alohida bo’linmalar
va (yoki) filiallar xodimlariga nisbatan
mazkur moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan soliq
hisobotini -
alohida bo’linmalar va (yoki) filiallar hisobda turgan joydagi soliq organiga taqdim
etadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan soliq agentlari, o‘zlarining yollanma xodimlariga oid
ko‘rsatilgan soliq hisobotini o‘zi soliq bo‘yicha hisobda turgan joydagi soliq organiga taqdim
etadi.
To‘lov manbaida hisoblab chiqarilgan soliq summasi soliq to‘lovchiga daromadlarni
to‘lash bilan bir vaqtda, lekin soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan ke
chiktirmay soliq
agenti tomonidan to‘lanadi.
94
Daromadlar natura shaklida amalga oshirilganda soliq natura tarzidagi to‘lov amalga
oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida to‘lanadi.
Soliq agenti tomonidan soliq to‘lovchining daromadidan
ortiqcha ushlangan soliq summasi
soliq to‘lovchining yozma arizasiga asosan qaytarilishi lozim.
Soliq agenti tomonidan bir soliq davri ichida ortiqcha ushlangan soliq summasi qaytariladi.
Soliq to‘lovchiga ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish daro
madlaridan bunday
soliq agenti tomonidan ushlab qolinadigan soliq to‘lovchi bo‘yicha ham, boshqa soliq to‘lovchilar
bo‘yicha ham kelgusi to‘lovlar hisobidan byudjet tizimiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ushbu soliq
summasi hisobidan, soliq agenti soliq to‘lovchining tegishli arizasini olgan kundan e’tiboran uch
oy ichida soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchiga ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish soliq agenti tomonidan
soliq to‘lovchining arizasida ko‘rsatilgan bankdagi hisobvarag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazish
yo‘li bilan naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi.
Soliq agenti bo‘lmaganda yoxud belgilangan soliq davri tugaganda, soliq to‘lovchi soliq
davrining yakuniga ko‘ra soliq deklaratsiyasini bir vaqtning o‘zida taqdim etgan hol
da, ilgari soliq
agenti tomonidan ortiqcha ushlangan va byudjet tizimiga o‘tkazilgan soliq summasini qaytarish
to‘g‘risida soliq organiga ariza berishga haqli.
Soliq davrida O‘zbekiston Respublikasining rezidenti maqomini olgan soliq to‘lovchi
ushbu soliq
davrida norezident maqomida to‘lagan soliq summasini qayta hisob
-kitob qilishga va
qaytarib olishga haqli. Soliq summasini soliq to‘lovchiga qaytarish soliq to‘lovchi belgilangan
tartibda ko‘rsatilgan soliq davri yakuniga ko‘ra soliq deklaratsiyasini taqd
im etgan taqdirda
yashash joyi (turgan joyi) bo‘yicha hisobga qo‘yilgan soliq organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu deklaratsiyaga mazkur soliq davrida O‘zbekiston Respublikasining rezidenti maqomini
tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilinishi kerak.
Soliqni tanlash huquqiga ega soliq to‘lovchilar, qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lash
xohishini bildirgan soliq to‘lovchi soliqni har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning
15 sanasidan kechiktirmay, qonun hujjatlarida belgilangan miqdo
rlarda to‘laydi.
Soliq to‘lovchi qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lashni u tadbirkorlik sub’ekti sifatida
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoxud oilaviy tadbirkorlik
sub’ekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan e’tiboran amalga oshiradi.
Bir nechta faoliyat turi bilan shug‘ullanayotgan soliq to‘lovchilar har bir faoliyat turi
bo‘yicha qat’iy belgilangan miqdorda soliqni alohida, shu faoliyat turi uchun belgilangan
miqdorda to‘laydi.
Qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lash qo‘llaniladigan faoliyatdan olinadigan
daromadlar bilan birga boshqa daromadlar oluvchi soliq to‘lovchilar bu daromad turlari bo‘yicha
alohida hisob yuritishi shart va bu daromadlar bo‘yicha jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi
de
klaratsiya asosida, belgilangan stavkalar bo‘yicha soliq to‘laydi.
Agar yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik sub’ekti) o‘z faoliyatini muayyan
muddatga to‘xtatsa, u o‘z faoliyatini to‘xtatguniga qadar tadbirkorlik sub’ektini ro‘yxatdan
o‘tkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik to‘xtatish to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtning
o‘zida davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqidagi guvohnomani topshiradi. Bunda xodimlarni yollagan
holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik
sub’ekti) har bir yollangan xodimga belgilangan tartibda berilgan hisobga olish kartochkalarini
ham belgilangan muddatlarda soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga topshiradi.
Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbi
rkorlik sub’ektining) faoliyati vaqtincha
to‘xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi to‘g‘risidagi arizani olgan tadbirkorlik sub’ektini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organ navbatdagi ish kuni tugaguniga qadar soliq
hisobida turgan joyidagi soliq organlariga yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik
sub’ektining) faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi t
omonidan
tasdiqlanadigan shaklda axborot taqdim etadi.
Qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lashni to‘xtatib turish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
95
1) soliq organlari tomonidan olingan tadbirkorlik sub’ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni
amalga oshiruvch
i organning yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik sub’ektining)
faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi axborot;
2) soliq organlari tomonidan olingan yakka tartibdagi tadbirkorning har bir yollangan
xodimga berilgan hisobga olish kartochkalari.
Qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lash xohishini bildirgan soliq to‘lovchilar
daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlarida daromadlarni olish bilan bog‘liq bo‘lgan
daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart.
Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlari quyidagilardir:
1) Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik sub’ektining) daromadlarini va
xarajatlarini hisobga olish kitobi;
2) Tovar cheklari kitobi.
Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish r
egistrlarining shakli O‘zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlari yakka tartibdagi tadbirkorni (oilaviy
tadbirkorlik sub’ektini) soliq hisobida turgan joyidagi soliq organla
ri tomonidan yakka tartibdagi
tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik sub’ektining) arizasi asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik sub’ektining) faoliyati to‘g‘risidagi
hisobotlar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlariga yilning har bir choragi yakunlari
bo‘yicha, hisobot choragidan keyingi oyning 30
-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: |