4-kurs mm50K-2 guruh talabasi Imomov Firdavs Alisher o’g’lining amaliyot daftari toshkent-2023


«Agrobank» yirik investisiya loyihalarini nimaga sarfladi?



Yüklə 253,34 Kb.
səhifə3/10
tarix24.05.2023
ölçüsü253,34 Kb.
#121256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
IMOMOV FIRDAVS ALISHER OGLI AMALYOT

«Agrobank» yirik investisiya loyihalarini nimaga sarfladi?
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash zarurki, joriy yil davomida bank tomonidan yirik investisiya loyihalariga xususan, to‘qimachilik, tikuv-trikotaj sanoati yo‘nalishida ham keng ko‘lamli sa’y-harakatlar olib borildi.
Jumladan, Qashqadaryo viloyatidagi «Kitob ip yigiruv» AJning qiymati 27 million AQSh dollarlik, yiliga 38 million AQSh dollari miqdoridagi 11 ming 200 tonna kalava ip va 10 million pogonometr yoki 15 million AQSh dollari miqdoridagi tayyor mato mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyihasi moliyalashtirildi.
Shuningdek, Buxoro viloyatidagi «Vobkent tola klaster»MCHJning qiymati 25 million AQSh dollarlik, to‘qimachilik klaster faoliyatini tashkil qilish uchun Germaniyaning «Truchler» kompaniyasining yiliga 9900 tonna yoki 30, 7 million AQSh dollari miqdorida kalava ip ishlab chiqarishga qaratilgan loyihasiga kredit ajratildi.
Bundan tashqari, Toshkent viloyatidagi «Maksim gold teks» MCHJning qiymati 9 million AQSh dollari miqdoridagi yiliga 9300 tonna yoki 15 million AQSh dollari kalava ip ishlab chiqarishga qaratilgan loyihasi moliyalashtirildi.
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalari qanday?
Bugungi kunda Agrobank tomonidan xalqaro moliya istitutlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va kredit liniya mablag‘larini jalb etish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Hozirda Agrobank 12 dan ortiq xorijiy banklar bilan vakillik aloqalari hamda 10 dan ziyod xalqaro moliya institutlari bilan kredit liniya mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari__________A.Altibayev______ _________
(ismi-sharifi) (imzo)


(muhr o‘rni)


2-mavzu. Amaliyot obyektining asosiy moliyaviy ko'rsatkichlarini tahlil qilish

Prezidentimiz о’z so’zlarida bank ishini yanada takomillashtirish, aholi va xо’jalik yurituvchi sub’ektlarning bо’sh mablag’larini tijorat banklari depozitlariga jalb qilishni rag’batlantirish ishlari ham 2019- yilda ustuvor vazifa bо’lib qolishini aytib оtdilar.


Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlashga asosiy e’tibor qaratib kelinmoqda.
Xususan 2018 yilda ham bank tizimida amalga oshirilgan islohotlar Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan bir qator farmon va qarorlarda belgilangan quyidagi ustuvor vazifalarning bajarilishiga qaratildi:
- aholi va tadbirkorlik subyektlari hamda investorlarning mablag’larini bank aksiyalari va depozitlarga jalb qilish orqali banklarning kapitallashuv darajasini oshirish hamda resurs bazasini kengaytirish;
- banklarning investitsiya jarayonlarida, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik qayta jihozlashdagi ishtirokini yanada kengaytirish va kichik biznes subyektlarini moliyaviy qо’llab-quvvatlash;
- banklarda samarali nazoratni amalga oshirish, bank infratuzilmalarini kengaytirish, bank xizmatlari sifatini oshirish va mijozlarga yangi qulayliklar yaratish;
- hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish, naqd pullarning bank aylanmasiga jalb etilishini yanada kengaytirish;
- banklarni yakka tartibda baholash milliy reytingiga va xalqaro reyting kompaniyalarining reytinglariga ega bо’lishlarini ta’minlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirish.
О’tgan yilda respublikamizda faoliyat kо’rsatayotgan tijorat banklari soni 40 taga yetdi. Shundan 4 tasi davlat-tijorat banki, 15 tasi aksiyadorlik-tijorat banki, 15 tasi xususiy bank va 6 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi banklar hisoblanadi.

Respublikamizning turli hududlarida faoliyat kо’rsatayotgan tijorat banklari filiallari va bо’linmalari soni 1200 tani tashkil etdi.


Aholiga bank xizmatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan tashkil etilgan mini-banklar soni 2018 yilda 407 taga kо’payib 3161 taga yetdi va ular deyarli barcha turdagi bank xizmatlarini kо’rsatib kelmoqdalar.
О’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007- yil 7 noyabrdagi PQ-726-sonli Qarori talablariga muvofiq, mijozlarga kassa xizmatlarini kо’rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda kommunal va boshqa tо’lovlarni amalga oshirish uchun qulayliklar yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan tashkil etilgan maxsus kassalar soni 1811 tadan oshdi.
Ma’lumki banklarning samaradorligiga yoki ularning moliyaviy holatiga ta’sir kо’rsatadigan asosiy omillardin biri bu ularning mijozlar soni hisoblanadi qancha mijoz kо’p bо’lsa bank aktivlari kо’payadi va natijada uning kapitallashuv darajasi oshadi. Biz tahlil qilib о’rganayotgan “Agrobank” ATB Aransoy filialidaxizmatkо’rsatiladigan mijozlar tо’g’risidagi ma’lumot 2.1.1-jadvalda keltirilgan.Shu о’rinda shuni aytib о’tish lozimki, О’zbekiston Respublikasining “Bank siri tо’g’risida” gi qonunga muvofiq tahlil uchun olingan ma’lumotlarning aniqlik darajasi 100 foiz emas, chunki bank ma’muriyati ma’lumotlarni tо’liq oshkor qilishga imkon berishmadi. (2.1.1.-jadval)


Yüklə 253,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin