Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari__________A.Altibayev______ _________
(ismi-sharifi) (imzo)
(muhr o‘rni)
4-kurs __MM50K-2___guruh talabasi
_____Imomov Firdavs Alisher o’g’li________________
(ismi-sharifi)
2023 yil «13»Martdan 2023 yil «15»Aprelgacha
__________________ATB AGRO BANK ARNASOY FILIALIDA________ (amaliyot obyektining to‘liq nomi)
Bitiruv oldi malakaviy amaliyotni o‘tadi.
Talabanining bitiruv oldi malakaviy amaliyotni o‘tashi bo‘yicha amaliyot obyektidan berilgan
YAKUNIY XULOSA
Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki paytdan boshlab bank tizimida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish davlatimiz iqtisodiy siyosatining muxim yunalishlaridan biriga aylandi. Ayni paytda tijorat banklari faoliyatining pirovard maqsadi olinayotgan foydani maksimallashtirishdan iborat bo’lib, ushbu maqsadga erishish bank aktivlari daromadliligini barqaror tarzda oshirib borishni taqozo qiladi. Mazkur jarayonda bank aktivlari daromadliligini oshirishning sifat jihatiga e’tibor qaratish muhim amaliy ahamiyatga egadir. Bunga erishish uchun esa, har bir tijorat bank o’zining moliyaviy resurslarini to’g’ri boshqara olishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijoratbanklarida moliyaviy mablag’larni boshqarish samaradorligini oshirish muammolari mavzusida olib borilgan bitiruv malakaviy ishi natijasida quyidagi takliflarni keltirib o’tishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz:
- Tijorat banklarining kapitallashuvi va resurs bazasini yanada oshirish, mazkur sohaga xususiy kapitalni keng jalb etish, aktivlar sifatini yaxshilash hamda banklarning moliyaviy barqarorligi va likvidligini mustahkamlash;
- Respublika tijorat banklari faoliyatini tartibga solishva bank nazorati tizimini bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasining yangi (Bazel III) talablari asosida takomillashtirish ishlarini davom ettirish;
- Iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilayogan bank kreditlari hajmini yanada ko’paytirish, tijorat banklarining investitsion faolligini kuchaytirish;
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini moliyaviy qo’llab-kuvvatlash, aholii bandligini oshirish, birinchi navbatda, yoshlar va ayollar bandligini oshirishga qaratilgan biznes loyihalarni moliyalashtirishga kreditlar ajratish hajmini kengaytirish;
- Bank sohasida qo’shimcha imtiyozlar va preferensiyalar joriy qilish hisobiga tadbirkorlik subektlariga bank xizmatlarini ko’rsatish borasida eng qulay shart-sharoitlarni yaratish;
- Tijorat banklarining moliyaviy resurslarini muddatlari bo’yicha diversifikatsiya qilish orqali boshqarish. Ya’ni, tijorat banklari o’zlarining moliyaviy resurslarni boshqarish jarayonida resurslarni daromad keltiruvchi aktivlarga jalb kilingan muddatlarini e’tiborga olgan holda joylashtirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki, resurslarni boshqarishda bu omilga e’tibor qaratilishi bankning o’z majburiyatlarini o’z vaqtida bajarishga imkon beradi.
- Aktivlarga joylashtira olish imkoniyatiga qarab resurslarni jalb qilish lozim. Bu taklifni berishdan asosiy maqsad shulki, ayrim banklar resurslarni ko„p miqdorda va yuqori foiz stavkada jalb qilishi natijasida resurslarni aktivlarga joylashtirib ulgurmaydilar. Buning natijasida bank ancha zarar ko’rish ehtimolidan holi bo’lmaydi.
- Banklarning daromad olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida majburiy zahira talablarini kamaytirish. Majburiy zahira talablarining kamaytirilishi banklarning o’zlarida ko’proq resurs qolishiga va daromad keltiruvchi aktivlarga joylashtirish imkoniyatini beradi.
Keltirilgan takliflarimizni bank o’z faoliyatida imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda foydalansa iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga zamin yaratadi degan umiddamiz.
Dostları ilə paylaş: |