Amaliyot obyektining moliyaviy rejalari bilan tanishish
5
Amaliyot obyektining asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish
5
Amaliyot obyektining moliyaviy hisobotlari bilan tanishish
5
Amaliyot obyektida amalga oshirilgan byudjet yoki korporativ xaridlarni tahlil qilish
5
Amaliyot obyektida moliyaviy nazoratnatijalarini o‘rganish
5
Amaliyot natijalari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish va amaliyot kundaligini rasmiylashtirish
5
Jami
30
* Eslatma: Talaba institutdan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan maslahatlashgan holda,haftaning shanba kunlari o‘rgangan bilim, ko‘nikma, malaka va amaliy ma’lumotlarga asoslanib, bitiruv oldi malakaviy amaliyot to‘g‘risida amaliyot daftarida xulosalar yozadi. Institutdan tayinlangan rahbar ______________________ _______
(ismi-sharifi) (imzo)
(ismi-sharifi) (imzo)
1-mavzu. Amaliyot obyektining moliyaviy rejalari bilan tanishish
So‘nggi 5 yilda bankning kapitallashuv bazasi keskin oshirildi, mahalliy va xorijiy resurslarni jalb qilish, iqtisodiyot tarmoqlarini faol kreditlash imkoniyatlari kengaydi. O‘tgan 2021-yilda bank tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarini moliyalashtirish, tadbirkorlik harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 25,4 trillion so‘mlik kreditlar ajratildi va bu ko‘rsatkich 2020-yilga nisbatan 3,5 trillion so‘mga yoki 116 foizga oshdi.Shundan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 125 mingta mijozga 3,2 trillion so‘m, hududlarni iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida 1266 ta 4,2 trillion so‘mlik loyihalar moliyalashtirildi.2021-yilda xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari hisobidan 126 ta loyihalarga 311 million dollar miqdorida kredit mablag‘i ajratildi. Paxta to‘qimachilik klasterlarning 18 ta 404,3 million dollarlik loyihalari moliyalashtirildi.2021-yilda aktivlar 39,9 trillion so‘mni, kredit qo‘yilmalar 32,3 trillion so‘m tashkil qilib, avvalgi yilga nisbatan mos ravishda 129 foizdan va 128 foizga oshdi.2022-yilda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish uchun jami 32 trillion so‘m kredit ajratish va o‘tgan yilga nisbatan o‘sishni 7 trillion so‘m yoki 126 foizga yetkazish rejalashtirilgan.Shundan oilaviy tadbirkorlikni yo‘nalishida 3,9 trillion so‘m kreditlar ajratiladi. Hududlarda jami 807 ta loyihalarni moliyalashtirish uchun 4,9 trillion so‘mlik kredit mablag‘ini yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.Ushbu maqsadda paxta va g‘alla hosilini yetishtirish uchun 2021-yilda jami 8,0 trillion so‘mlik imtiyozli kreditlar, shuningdek, 3 974 ta qishloq xo‘jalik korxonalariga 130 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilish uchun qariyb 3 trillion so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi. “Agrobank” ATB transformatsiyasini amalga oshirish maqsadida OTB va KPMG kompaniyalari jalb qilinib, bank rivojlantirish strategiyasi va bank biznes modeli ishlab chiqildi.Bank strategiyasidan kelib chiqib, yetakchi marketologlar bilan hamkorlikda yangi brend joylashuvi amalga oshirildi.Qishloq xo‘jaligida zamonaviy bilimlarni joriy qilish maqsadida, yurtimizning bir qator oliy o‘quv yurtlari bilan birga 5 ta hududda fermerlar maktabi tashkil qilindi.Maktablarda qishloq xo‘jaligi, dehqonchilik, o‘simliklar himoyasi, biznes, moliya va huquqiy savodxonlik bo‘yicha darslar berilmoqda. 2021-yil noyabrdan respublika bo‘yicha 15 mingga yaqin fermer xo‘jaliklari rahbar va ishchilari o‘qitildi. 2022-yil yakuniga qadar yana 65 mingta fermerlar o‘qishlarga jalb qilinadi. 2021-yilda fermerlar va tomorqa yer egalari uchun “Qishloq xo‘jaligida 100 ta kitob” to‘plam loyihasi ham amalga oshirildi. Ushbu to‘plamdan 10 mingta chop etib tarqatildi. Elektron shaklda agrobank.uz sayti, Telegram boti orqali foydalanish imkoniyati yaratildi. O‘simliklarni himoya qilish yo‘nalishida 40 turdagi o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish bo‘yicha kitoblar to‘plami tayyorlandi.Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xizmatlarini sotib olish va sotishga ixtisoslashgan “AgroZamin” platformasi yaratildi. 2022-yilda aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha agroxizmatlar markazlari tashkil qilinyapti. Tumanlarda Agrolab — o‘simliklarni himoya qilish faoliyati xizmati tashkil etiladi. Bu shoxobcha orqali ko‘chma va karantin laboratoriyasi, tadqiqot uchun issiqxona va yer dalasi, umumiy amaliyot xonasi, tayyor mahsulotlarni sotish do‘koni, yuk avtomobillari hamda agregatlar bazasi tashkil etiladi.“Agrobank” ATB tomonidan kichik va o‘rta biznes, jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida mijozlar uchun 30 ga yaqin yangi xizmatlar joriy qilinib, ko‘rsatilayotgan masofaviy xizmatlar hajmi oshirildi.Xususan, yuridik va jismoniy shaxslar uchun mobil ilova orqali onlayn kreditlar joriy qilindi. Bu yo‘nalishda Rossiya (Transkapitalbank), Janubiy Koreya (Hana bank) banklari bilan birgalikda joriy qilingan onlayn xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.Joriy yil yanvar oyidan xorijda mehnat faoliyati olib borayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolari uchun “Madad” mobil ilova orqali onlayn mikroqarz joriy qilindi. Endi xalqaro pul o‘tkazmasini amalga oshirgan mijozga 10 million so‘mgacha masofadan kredit ajratiladi.
Shuningdek, bank 2021-yilda “Chakana.uz” marketpleysi ishga tushirildi. Bu platforma orqali mijozlar maishiy texnika va jihozlarni bankka kelmasdan, masofadan kreditga sotib olishlari mumkin.Bank respublikamizda birinchilardan bo‘lib kartomat qurilmasini tatbiq qildi. Bu qurilma orqali mijoz bank kartasini olish uchun Face-ID tizimi orqali identifikatsiya qilinadi va karta avtomat tarzda rasmiylashtirilib beriladi. Bugungi kunda bankning hududiy filiallarida 44 ta kartomat qurilma o‘rnatildi. 2022-yil davomida esa barcha filiallarga (jami 170 ta) bunday qurilmalar o‘rnatilishi reja qilingan.Bank transformatsiyasi jarayonida IT texnologiyalarni yangi pog‘onaga olib chiqish uchun xorij banklari (Rossiya Sberbank va Turkiya Ziraatbank) o‘rganildi. Bunda ushbu yo‘nalishda bank tomonidan joriy yilda amalga oshiradigan loyihalar aniqlab olindi va axborot tizimini rivojlantirish bo‘yicha dunyoda yetakchi konsalting kompaniyalari bilan birgalikda, bankning IT strategiyasi ishlab chiqildi.2022-yilda ham bu boradagi ishlar jadallashtirilib, yangi “Smart ofis” loyihasi amalga oshiriladi. Aholi gavjum joylarda tashkil qiladigan ushbu ofislar orqali mijozlar bank xodimi ishtirokisiz bank amaliyotlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bu ofislar 24/7 rejimida ishlaydi. Shuningdek, bankning xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish maqsadida, yangi raqamli Fresh filiali faoliyati rivojlantiriladi.Bankni transformatsiya jarayonida xorijiy nufuzli kompaniyalar bilan birgalikda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi, skoring modelining dastlabki bosqichi yo‘lga qo‘yildi.Xorijiy ekspert tavsiyalari asosida stress test ssenariylari o‘tkazilishi takomillashtirildi. Bankning operatsion risklarini oldini olish bo‘yicha indikatorlar ishlab chiqildi.Jumladan, likvidlilik va bozor risklarini boshqarishda likvidlilik ko‘rsatkichlarini, bankning depozit bazasi va majburiyatlarining konsentratsiyasi, GEP tahlil, VaR hisoboti, foiz stavkalari o‘zgarishining bank foydasiga ta’siri va valyuta pozitsiyasini aniqlash hamda baholash, monitoring qilish yo‘lga qo‘yildi. huningdek, xorijiy ekspertlar bilan birgalikda kreditlash jarayonini anderrayting tizimi orqali ajratish yo‘lga qo‘yildi. Kredit hujjatlarining to‘liqligi, ta’minotning to‘g‘ri rasmiylashtirilgani hamda belgilangan me’yorlar bajarilishini tekshirish, monitoringni yuritish bo‘yicha kreditlarni boshqarish bo‘yicha bosh ofisda yangi tarkibiy tuzilma tashkil etildi.
“Agrobank” ATB jamoasi aholi va mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatishda 2022-yilda ham keng ko‘lamli islohotlarni jadal davom ettiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida «Agrobank» ATB tomonidan investision loyihalarni moliyalashtirish hamda xorijiy kredit liniyalarini jalb etish borasida olib borlayotgan ishlar» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda «Agrobank» ATB Bosh ofisining rahbar va xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
2019 yil uchun 3, 9 trillion so‘mlik investisiya kreditlari ajratildi
Matbuot anjumanida bank tomonidan investisiya loyihalarini moliyalashtirish hamda xorijiy kredit liniyalarni jalb etish borasida 2019 yilning o‘tgan davrida respublikamiz hududlaridagi tadbirkorlik sub’ektlarining istiqbolli loyihalarini moliyalashtirish uchun jami 3, 9 trillion so‘m miqdorida investisiya kreditlari ajratilib, bugungi kunda investisiya maqsadlari uchun yo‘natirilgan kredit qo‘yilmasining qoldig‘i 6, 9 trillion so‘mni tashkil qilayotgani ta’kidlandi.
Xususan, bank tomonidan 2019 yilning o‘tgan 11 oyi mobaynida yo‘naltirilgan 3, 9 trillion so‘m miqdoridagi investisiya kreditlarining 48 foizi sanoatga, 14 foizi qishloq xo‘jaligiga, 5 foizi ijtimoiy ta’minot hamda iqtisodiyot tarmoqlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va boshqa sohalarga hamda 33 foizi qurilish, transport-kommunikasiya tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.