4-kurs o‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari



Yüklə 106,96 Kb.
səhifə1/4
tarix04.11.2022
ölçüsü106,96 Kb.
#67383
  1   2   3   4
1-lab. topshiriq) (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
ONA TILI VA ADABIYOT TA’LIMI KAFEDRASI



4-KURS
O‘ZBEK ADABIYOTINI O‘QITISH METODIKASI
FANIDAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI


1-laboratoriya ishi


Toshkent – 2022


O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi fanidan
1-laboratoriya ishi


Mavzu: 7-sinfda “Oq kema” mavzusini o‘qitish orqali matn ustida ishlashga qaratilgan topshiriqlar ishlab chiqish
Laboratoriya mashg‘ulotining maqsadi: talabalarni 7-sinfda “Oq kema” mavzusini o‘qitish orqali matn ustida ishlashga qaratilgan topshiriqlar ishlab chiqish yo‘llari bilan tanishtirish.


9-variant.
1-topshiriq. 7-sinf adabiyot o‘quv dasturida Ch.Aytmatovning “Oq kema” asarini o‘rganishda e’tibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar yuzasidan annotatsiya yozing.
2-topshiriq. “Oq kema” asarini o‘qishga tayyorgarlikni tashkil etishga doir tavsiyalaringizni tezish shaklida bayon eting.
3-topshiriq. “Oq kema” qissasidagi obrazlarni qiyoslashga doir topshiriqlar tuzing.


1-topshiriq
Annotatsiya
“Oq kema” qissasi ulug‘ qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning ilk asarlaridan hisoblanadi. Shunday boʻlishiga qaramay, ushbu asarda adib ababiy sevgi-muhabbat mavzusida butunlay yangicha qarash bilan yondashgan. Shu tufayli ham qissa avval Yevropada so‘ngra boshqa davlatlarda tez orada mashhur bo‘lib ketgan.
Qissada qirg‘iz xalqining o‘ziga xos afsona va rivoyatlari ham o‘rin olgan.
Chingiz Aytmatovning “Oq kema “ asari samimiyligi bilan bola e’tiborini jalb qiladi. Bu qissada ekologik muammolar, insoniy go’zallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari teran tadqiq qilinadi. Nima uchun asar aynan 7-sinf adabiyotiga kiritilgan? Chunki, bolalar aynan 7-sinfdan boshlab tabiat va uning mo’jizalari, undagi hayvonlar, oʻsimliklar bilan tanisha boshlaydi. Garchi, asarning oxiri ayanchli yakun topsada, bolaning orzu-umidlariga zarar keltirmagan holda asarni toʻgʻri tahlil qilib berishi lozim. Bu asarni xulosalash va baholashda undagi har bir obrazni toʻgʻri tahlil qilish va ochib berish zarur.

Yüklə 106,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin