4-kurs o‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari



Yüklə 106,96 Kb.
səhifə2/4
tarix04.11.2022
ölçüsü106,96 Kb.
#67383
1   2   3   4
1-lab. topshiriq) (1)

2-topshiriq TEZIS
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Chingiz Aytmatovning “Oq kema” asarini o’qitishda turli interaktiv usullar ishlab chiqilgan va ushbu usullarning ta’lim tizimidagi ahamiyati hamda samarasi haqida soʻz yuritiladi.
Kalit soʻzlar: interaktiv usullar, “10x10” usuli, “oʻyla, izla, top” usuli, “Nima uchun…?” usuli

Maktab oʻquv dasturida Chingiz Aytmatovning “Oq kema” asari 7-sinfda oʻqitiladi. Ma’lumki, bu asar bir muncha murakkabroq, turli ramziy obrazlarga boy asar hisoblanadi. Shuning uchun ham bu asarni tahlil qilishda oʻquvchilar yaxshi tushunishi uchun ularga oldinroq uyda mustaqil oʻqib kelish topshirgʻi berilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Ushbu asarni oʻqitishda quyidagi interaktiv usullardan foydalanish tavsiya etiladi.


MUHOKAMA VA NATIJALAR
Uyga vazifa sifatida berilgan mustaqil oʻqib kelish topshirigʻi asosida uni tahlil qilish uchun sinf 3 ta kichik guruhga ajratiladi va guruhlardan turli usullarda tahlil namunalari olinadi.
1-usul - “10 × 10” yoki “oʻntalikni top” deb nomlanadi. Bunda oʻquvchilar berilgan savollarga 10 ta variantdagi javob keltirishlari talab etiladi. Bu usul oʻquvchilarning fikrlash doirasini kengaytiradi, soʻz boyligini oshiradi, sinonim soʻzlardan foydalanish mahoratini shakllantiradi, zehnining oʻtkir bo‘lishi va har bir narsaga diqqat bilan qarashiga o‘rgatadi.
1-kichik guruh. Asarning bosh qahramoni kim? Unga 10 ta ta’rif bering. Masalan: Asarning bosh qahramoni sakkiz yoshli bola.1) ota-onasi yoʻq 2) “tuya” degan sargʻish bukri toshi bor 3) eng sevimli toshi bu “tank” 4) qop-qora dermatin portfeli bor 5) kuzda maktabga borishi kerak 6) durbini bor 7) buzoqchasi bor 8) Qorovultogʻdan durbin bilan oq kemani kuzatadi 9) uning gʻalati orzusi bor : baliqqa aylanib qolishni va uzoq-uzoqlarga suzib ketishni xayol qiladi 10) unga bobosi koʻlob yasab bergan.
2- kichik guruh. Asarning keyingi qahramoni kim? Ularga 10 ta ta’rif bering. Asarning keyingi qahramoni Moʻmin chaqqon. 1) koʻpni ko’rgan kishilar uni Moʻmin chaqqon deb atashadi 2) koʻpni taniydigan inson 3) ochiqkoʻngil va yaxshilik ulashuvchi 4) sadoqatli va xushmuomala inson 5) atrofdagilar uni qadriga yetishmasdi, unga betakalluf muomala qilishardi 6) u bugʻu avlodidan 7) ikkita qizi bor 8) oʻzi sezmagan holda kamdan kam uchraydigan baxtli odam edi 9) kuyovining zugʻumi va baxtsiz qizining iltijosi tufayli oʻz qoʻli bilan bugʻu soʻyishga majbur boʻladi 10) nabirasiga mehribon bobo.

Yüklə 106,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin