4 laboratoriya ishi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix14.07.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#136573
1   2   3   4
TTB 4-laboratoriya

x
 
va 
u
 
bilan belgilanadi, TqEda esa ikkita 
x
0
(t)
va
u(t)
kirish va bitta chiqish 

 
signallari mavjud.
4
.1-rasm. Sxemalarda funksional elementlarning tasvirlanishi:
a
 - TqE dan boshqa elementlar; b- TqE
3.
Struktur sxemalar
(ayrim adabiyotlarda algoritmik ham deb ataladi).
Funksional elementlari tipik dinamik zvenolar bilan ifodalangan ABTning
sxemasiga shu tizimning
struktur sxemasi
deb ataladi. Struktur sxema tizimning
dinamik xossalarini ifodalaydi va shuning uchun ham undan asosan tizimni nazariy
tadqiqod qilishda foydalaniladi. Boshqacha qilib aytganda struktur sxemalar kirish
va chiqish o„zgaruvchilarining Laplas almashtirishlarini o„zaro bog„langan
tenglamalarning shartli grafik tasviridir. Bu sxemalarda barcha funksiyalar uzatish
funksiyalari orqali beriladi, ular orasida ta‟sirlar ham Laplas tasviri ko„rinishida
ifodalanadi. Quyidagi 
4
.2-rasmda dinamik zvenolarni struktura sxemalarda
tasvirlanishi keltirilgan.


3
a) b) v)
4
.2-rasm. Struktur sxemalardagi shartli belgilashlar:
a- dinamik zveno; b-taqqoslash elementi; v-tarmoqlanish tuguni
4. Funksional-texnologik sxemalar 
turli texnologik ob‟ektlarni avtomatik
nazorat (AN), boshqarish (AB) va rostlash (AR) tizimlarini ifodalashda
qo„llaniladi. Bu sxemalarda ob‟ektdagi texnologik jarayonni avtomatlashtirishning
strukturasi va xarakteri, shuningdek unda qo„llaniladigan avtomatlashtirish
vositalari 
va 
asboblari 
belgilab 
beriladi. 
Funksional-texnologik 
sxema
avtomatlashtirilishi lozim bo„lgan ob‟ektning ish jarayoni texnologik sxemasi bilan
va uni avtomatlash-tirishda qo„llaniladigan funksional elementlarining shartli
belgilari majmuidan iboratdir. Bu sxemadagi shartli belgilash va tasvirlar amaldagi
davlat va tarmoq standartlari asosida bajariladi. Funksional-texnologik sxemalar
turli texnologik ob‟ektlarini avtomatlashtirish loyixalari, ularni amalga oshirish
uchun zarur bo„lgan ishchi hujjatlar (yig„ish, montaj va b.) sxema va chizmalarda
qo„llaniladi.
ABT ning sifatli va ishonchli ishlashi tizim elementlarining to„g„ri
tanlanishiga bog‟liq. Buning uchun boshqariluvchi ob‟ekt va boshqarish
qurilmasining barcha elementlarini xarakteristikalarini bilish lozim.
Amaliy mashg„ulotni bajarish uchun talaba birinchi navbatda o„xshash
turdagi ABT (yoki ART)larning prinsipial sxemalari asosida ularning tuzilishi va
ishlashini bilishi talab etiladi.
Avtomatik boshqarish qurilmalari (ABQ)lar odatda konstruktiv jihatdan
yaxlit holda shaklantirilgan bo‟lsada ularni ma‟lum bir vazifa (funksiya)larni
bajaruvchi alohida elementlardan tashkil topgan deb qaraladi.


4
Bu elementlarni 
funksional elementlar 
deyiladi va ularni vazifasi har birining
nomida o„z aksini topgan. Quyida ABQ va rostlagichlarning asosiy funksional
elementlari keltirilgan.
1. 
Topshirgich element (TE)
ning vazifasi - rostlagichga topshirik berish, ya‟ni
u boshqariluvchi kattalik uchun etalon bo„lgan (berilgan) qiymatni ishlab berish.
TE BOni ishlash algoritmi(IA)ni belgilab beradi.
2
. Qabul elementi (QE) 
(yoki o„lchagich, sezgir element) boshqaruv
kattalikning ayni qiymati haqida ma‟lum bir fizik ko„rinishdagi ma‟lumot olish
vazifasini bajaradi.
3. 
Taqqoslash elementi (TqE)
ning vazifasi esa boshqariluvchi kattalikning
berilgan - etalon qiymati 
x
0
(t)
bilan uning ayni, haqiqiy qiymati 
y(t)
taqqoslanadi.
TqE chiqishida taqqoslash natijasi 
y
x


0

ko„rinishida olinadi. Buning uchun
ikkala taqqoslanayotgan kattaliklar bir xil fizik ko„rinishda bo„lishi kerak.
4. 
Boshqaruvchi element (BE)
boshqarish algoritmi asosida boshqarish
signalini shakllantiradi. Odatda BEga kelayotgan signal kam quvvatli bo„lganligi
sababli bu signal ko„pincha ijro elementini harakatga keltirish uchun yetarli
bo„lgan quvvatgacha kuchaytiriladi. Shuning uchun ko„p hollarda 
BE
kuchaytiruvchi element (
KE
) ko„rinishda ham beriladi. Murakkabroq boshqarish
algoritmlarini tashkil etishda (shakllantirishda) hozirgi zamonaviy elektron AB va
N tizimlarida boshqaruvchi element sifatida kichik EHM lar, mobil mashinalarda
bort mikroprotsessorlari qo„llaniladi.
5. 
Ijrochi element (IE) 
boshqarish signalini boshqaruvchi ta‟sir 
U(t)
ga
o„zgartirib beradi va BOning boshqaruv organiga ta‟sir qiladi. Agar ob‟ektning
boshqaruv (rostlash) organi mexanik siljishi orqali harakatga keltirilsa 
IE
ni ijro
mexanizmi deb ham ataladi.
6. 
Korrektlovchi element (KrE) 
rostlash jarayonining dinamik xossalarini
yaxshilash uchun xizmat qiladi va tizimga asoslangan zaruriyat bo„lgandagina
kiritilishi mumkin.
Tizimning funksional sxemasini tuzishda funksional elementlar ajratib
olingandan so„ng, ularning kirish va chiqish kattaliklari va bu kattaliklarini


5
elementlararo uzatish yo„nalishi aniqlab olish va shartli belgilar bilan ifodalash
lozim bo„ladi.
TOPSHIRIQNI BAJARISH TARTIBI
Umumiy holda ABTni funksional sxemasini tuzish quyidagi tartibda amalga
oshiriladi:
1) tizimni tashkil etuvchi funksional elementlarga ajratib olinadi;
2) har bir funksional elementlar, hamda BO uchun kirish va chiqish
kattaliklari aniqlanadi;
3) bu kattaliklarning bir elementdan boshqasiga o„tish yo„nalishi va tartibi
aniqlab olinadi;
4) yuqorida aniqlangan elementlarning qisqacha nomi va kattaliklarning
fizik ko„rinishidagi belgilari aniqlanib, ularning sxemalari tuziladi. Barcha
elementlar sxemalaridan foydalanib va kirish hamda chiqish kattaliklarining
uzatish yo„nalishlarini hisobga olgan holda tizimning funksional sxemasi tuziladi.
2-amaliy mashg‟ulot topshirig‟ini bajarishni

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin