Ishdan maqsad. Yerlash relesining tuzilishi, texnik xarakteristikalari va asosiy ma’lumotlar bilan tanishish. Yerlash relesini stendda tekshirish.
Nazariy ma’lumotlar Vazifasi: yerlash relesi ushlab turish g‘altagidan kuchlanishni uzish yo‘li bilan asosiy uzgichni o‘chirish va kuch zanjirini “Yer” bilan tutashib qolish holatida mashinistga signal berish uchun mo‘ljallangan. Rele P3-303 tortuv elektr apparaturasiga qo‘yilgan barcha talablarga javob beradi va elektrovozlarda RZ-1 va RZ-182 o‘rniga o‘rnatiladi. Relening ishchi holati vertikal, kontaktlar bloki esa yuqorida joylashgan.
4.1-rasm. RZ-1 Yerlash relesi A – ulovchi g‘altak; B – ushlab turuvchi g‘altak; 1 – yakor; 2 – magnit o‘zak; 3 – kontaktlar bloki; 4 –magnit o‘tkazgich (yarmo); 5 – ulab-uzuvchi prujina; 6– sozlovchi vint.
RZ-1 Yerlash relesi. Rele g‘altaklari mos ulangan. Ushlab turuvchi g‘altak B har doim qo‘shimcha rezistor orqali o‘zgarmas tok kuchlanishi (50 V) ga ulangan. Bu holatda yakor o‘zakdan uzilgan.
Kuch zanjiri “Yer” ga ulanib qolganda A g‘altakdan tok oqib o‘tib, m.yu.k., hosil qiladi. Bu m.yu.k. ushlab turuvchi g‘altak m.yu.k. bilan qo‘shilib rele ishga tushadi. Kontaktlar bloki ifloslanishdan saqlanishi uchun shaffof g‘ilof bilan yopilgan. Kontaktlar ko‘priksimon tipida, kontakt qoplamalari (накладка) esa kumushdan ishlangan.
RZ-182 Yerlash relesiklapansimon magnit tizimiga ega.
Magnit o‘tkazgich plastmassadan qilingan panelga o‘rnatilgan bo‘ladi. Yerlatish relesi 25 mm diametrli sferik formadagi juft qutbli(наконечник) 2, magnit o‘tkazgichga o‘ralgan chulg‘am 1, yarmoga o‘rnatilgan magnitlanmaydigan taglik (прокладка), alohida tarmoq – blokirovka 10 dan tuzilgan.m
Blokirovka kontaktlari chang va ifloslanishdan saqlash uchun shaffof g‘ilof bilan himoyalangan. Kontaktlar ko‘priksimon turdagi kumushlangan kontakt tegish joylari bilan ishlangan.
Releni sozlashda quyidagilarga e’tibor bering: ushlab qoluvchi g‘altak toki 0,168 A da RZ-1 relesi (0,2 Ada RZ-303 relesi) ishlashi (yoqilishi) kerak. Pog‘ona-pog‘ona yoqish chulg‘ami tokini 0,228 A gacha (0,22 A RZ-182 relesi uchun va 0,14 – 0,18 RZ-303 relesi uchun) shovqin ovoz chiqquncha olinadi. Yoquvchi g‘altak toki 0,14 – 0,18 A RZ-303 relesi uchun (ovozsiz holatda) yoqilgancha qoladi va ushlab turuvchi toki 0,168 A dan oshmagan holda, pog‘ona-pog‘ona yoqish chulg‘ami toki (0,28 A qiymatda RZ-182 relesi uchun va 0,2 A qiymatda RZ-303 relesi uchun) olinadi.
Releni sozlash uzuvchi prujina 5 ni o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi (5.2-rasm). Kontakt yo‘q bo‘lishi va qorishma (rastvor) qo‘zg‘almas kontaktlar holatini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Sozlash tugatilgandan so‘ng rele plombalab qo‘yiladi.