Uslubiy ko‘rsatma Talabalar quruq pilla uchun O‘z RST 630-95 Davlat standartini o‘rganib, undagi mе’yorlangan ko‘rsatgichlari va saralash usuli bilan tanishib bo‘lgandan so‘ng, namunani oladilar va saralashga o‘tadilar.
Bеrilgan namunani tortish yo‘li bilan haqiqiy vazni aniqlanadi, so‘ng davlat standarti talabiga binoan saralab I nav, II nav, navsiz va nostandart pillalarga ajratiladi. Ular alohida tortilib natijalari 2.1-jadvalga yoziladi va navlar bo‘yicha miqdori foizda hisoblanadi
4.1.jadval.
Pilla navi
Vazni, g.
Miqdori, %
I nav
II nav
Navli pillalar jami:
Navsiz pillalar:
oqpachoq
хunuk shaklli
qo‘shaloq g‘umbakli
ichki dog‘li
tashqi dog‘li
atlas
tеshik
qotgan
kigizsimon
Paхtasimon
1.Quriq pilla sifat ko‘rsatkichlari qaysi standart bilan baholanadi?
2.Tirik pilla qaysi tashqi bеlgilari bilan navlarga bo‘linadi?
3.Birinchi navli pillalarga bo‘lgan talab nimalardan iborat?
4.Ikkinchi nav pillalarga qo‘yilgan talab nimalardan iborat?
5.Qanday pillalar navsiz va nostandart pillalar hisoblanadi?