Sanoat portlovchi moddalar qo'llanish sharoiti bo'yicha saqlagichli va
saqlagichsiz portlovchi moddalarga bo'linadi . Ular o' z navbatida 8 ta sinfga
bo'linadi.
1-sinf: faqat ochiq kon ishlariga mo'ljallangan saqlagichsiz sanoat PM lari,
ushbu portlovchi moddalar belgisi tashqi qadog'ida oq rangli chiziq tortilgan
bo'ladi . Bu sinf 4 ta guruhga bo'linadi:
1 guruh: mustahkam va o'ta mustahkam suvli tog ' jinslarida portlatish
ishlarini olib borishga mo'ljallangan suvga chidamli granulali portlovchi
modddalar. Ushbu portlovchi moddalarga alyumatol, granulatol, grammonit
50/50B, grammanit 30/70B misol bo’ladi.
2 guruh: quruq va suvli sharoitlarda joylashgan mustahkam va o' ta
mustahkam tog' jinslarida portlatish ishlarini olib borishga mo'ljallangan, suvga
to'yintirilgan PMlar. Ularga akvatol, ifzanit, karbatol, emulsiali por tlovchi
moddalar misol bo'ladi .
3 guruh: kar'yerlarda negabaritlarni ikkilamchi maydalash uchun
qo'llaniladigan kumulyativ tashqi zaryadlar .Ularga ЗКН ЗКП turkumiga kiruvchi
tashqi kumulyativ zaryadlar misol bo’ladi.
4 guruh: sezgirligi past bo`lgan portlovchi modda zaryadlarini initsiyalash
uchun qo`llaniladigan oraliq detanatorlar. (Initsiyalash bu portlovchi moddaning
zaryadiida detanatsiyani qo`zg`atish).
2- sinf: gaz va chang portlash havfi mavjud bo`lgan shaxtalardan
tashqari ochiq va yer osti kon ishlarida qo`llaniladigan saqlagichsiz portlovhi
moddalar, ularning alohida belgisi tashqi qadog’ida qizil rangli chizig’i bo’ladi.
Ushbu sinf quyidagi 3 ta guruhga bo’linadi.
1 guruh: granulali portlovchi moddalar bo’lib o’z navbatida quyidagi kichik
guruhlarga bo’linadi:
a)
Suvli sharoitda joylashgan o’rtacha mustahkam va mustahkam tog’
jinslarini portlatishga mo’ljallangan portlovchi moddalar. Ularga Granulit AC4B,
AC8B lar misol bo’ladi.
b)
Nam sharoitda joylashgan o’rtacha mustahkam va mustahkam tog’
jinslarini portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan suvga chidamsiz
portlovchi moddalar. Ularga: granulit AC4, granulit AC8, grammonit 79-21,
grammonit 80-20, grammonit 82-18 portlovchi moddalari kiradi.
Dostları ilə paylaş: