4-ma’ruza: Yorug’likning o’simliklar hayotidagi ahamiyati. Yorug’lik va fotosintez Reja



Yüklə 24,63 Kb.
səhifə3/7
tarix28.04.2023
ölçüsü24,63 Kb.
#104410
1   2   3   4   5   6   7
4-ma’ruza Yorug’likning o’simliklar hayotidagi ahamiyati. Yorug

6 CO2 + 6 H2O = C6H12O6 + 6 O2 +2800 kj
Fotosintez mahsuldorligi deganda, sutka davomida barg massasi yoki sathi birligi hisobiga yutilgan C02 ning umumiy miqdori tushuniladi. U o‘simlikning assimilyatsiya-dissimilyatsiya faoliyati ko‘rsatkichi hisoblanadi, bu ko‘rsatkich o‘simliklar tomonidan organik moddalar to‘planishini baholashda asosiy rol o‘ynaydi.
Ekologiya va fiziologiyada yo’rug’lik miqdori, undagi o’simliklarga fiziologik ta’sir ko’rsatadigan nurlar orqali hisoblanadi. Quyosh nuri spektridagi fotosintetik faol radiatsiya (FAR) – fotosintezda ishlatiladigan asosiy nurlardir. Quyosh nuri yer yuzasiga tik va tarqoq xolda tushadi. O’simliklar asosan tarqoq xoldagi nurlardan ko’proq foydalanadi. Chunki tik tushuvchi nurlar kuchli ta’sir ko’rsatib, o’simlikning sitoplazmasi va xlorofillining yemirilishiga sabab bo’ladi.Tarqoq nurlar foydali bo’lib, ularning 50-60%i fotosintez uchun zarur bo’lgan sariq-qizil nurlardan iborat.
Yorug’likka nisbatan o’simliklarning ekologik guruhlari. Yoritilganlik darajasi o’simliklar hayotida juda katta ahamiyatga ega. O‘simliklarning soyada yoki yorug‘lik ta’sirida o‘sishi (sharoitlar) ga qarab bir necha guruhga ajratiladi.

  1. Yorug’sevar (geliofit) o’simliklar

  2. Soyasevar (ssiofit) o’simliklar

  3. Soyaga chidamli (fak. geliofit) o’simliklar

Masalan, yorug‘sevar o‘simliklarga dasht, cho‘l, dala joylardagi o‘tloqzor, o‘rmondagi baland bo‘yli daraxtlar, soyasevar o‘simliklarga pastki qatlamlarda o‘suvchi yo’sinlar, plaunlar, tog’ gunafshasi va boshqalar va soyaga chidamli o‘simliklarga qo‘ng‘irbosh, oq so‘xta, qulupnay, jumrut, qoraqarag‘ay kabilar kiradi. Yorug’sevar o’simliklarning ekologik optimum yorug’lik ko’p bo’lgan zonada joylashgan va kuchli qorongulikka chiday olmaydi. Soyasevar o’simliklarning ekologik optimum yorug’lik darajasi past joylarga to’g’ri keladi. Albatta, yorug’sevar o’simliklar va soyasevar o‘simliklar o‘zlarining morfologik, anotomik va fiziologik tuzilishi va xususiyatlariga ko‘ra bir-birlaridan farq qiladilar.
O’simliklarning kun uzunligi va qisqaligiga munosabati bo’lgan fotoperiodizm 1920-yilda B.Garner va Allardlar tomonidan kashf qilingan. Fotoperiodik reaksiya ta’siriga ko’ra, quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  1. Qisqa kun o’simliklari – ularning gullashi uchun kun uzunligi 12 soat va undan kamroq bo’lishi kerak (tamaki, kanop). Ekvatordan shimolda ko’proq tarqaladi.

  2. Uzun kun o’simliklari – ularning gullashi uchun yorug’lik sutkasiga 12 soat va undan ortiq davom etishi kerak (kartoshka, bug’doy, ismaloq). Ekvatordan janubda ko’proq tarqaladi.

  3. Fotoperiodik neytral o’simliklar – gullashi uchun kun uzunligining farqi yoq (pomidor, qoqio’t).

Mavsumiy marom - organizmning yil fasllari o‘zgarishiga reaksiyasi bo‘lib, u fotodavriylik bilan tartibiga solinadi. Masalan, kuzning qisqa kunlari boshlanishi bilanoq o‘simliklar o‘z barglarini to‘kib, qishqi oromga hozirlik ko‘ra boshlaydi. Qishqi orom - ko‘p yillik o‘simliklarning moslashuv xususiyati bo‘lib, bu vaqtda ulardagi boshqa ko‘plab hayotiy jarayonlar ham ma’lum darajada sekinlashadi yoki to‘xtaydi.

Yüklə 24,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin