4-ma’ruza: Yorug’likning o’simliklar hayotidagi ahamiyati. Yorug’lik va fotosintez Reja



Yüklə 24,63 Kb.
səhifə6/7
tarix28.04.2023
ölçüsü24,63 Kb.
#104410
1   2   3   4   5   6   7
4-ma’ruza Yorug’likning o’simliklar hayotidagi ahamiyati. Yorug

Tirik organism muxiti. Ko‘plab organizmlarning tanasi yoki jismi boshqa organizmlar uchun hayotiy muhit bo‘lib xizmat qiladi. Ravshanki, boshqa organizmlar ichki hayoti ochiq muhitdagi hayot bilan taqqoslanganda katta barqarorligi bilan harakterlanadi. Shuning uchun o‘simlik yoki xayvon tanasida o‘ziga maskan topgan organizmlar erkin harakatlanuvchi turlar uchun xos (zarur) bo‘lgan sistemalar va organlarini ko‘pincha butunlay yo‘qotadi. xis qilish yoki harakat organlari o‘rniga ularda o‘zini xo‘jayinining tanasida tutib turish va effektiv ko‘payish qobiliyati ( ko‘pincha juda takomillashgan tarzda ) yuzaga keladi.
Muxit va moslanish. Ekologik omillar. Muxitning turlicha shart-sharoitlariga nisbatan barcha tirik organizmlarda, xususan o’simliklarda turli-tuman moslanishlar mavjud. O’simliklar tashqi muxitning qulay va noqulay ta’sirlariga turlicha moslanishlar namoyon qiladi. Bunday moslanishlar qatoriga anatomik, morfologik, fiziologik moslanishlarni kiritish mumkin. Anatomik va morfologik moslanishlar o’simliklarning ichki va tashqi tuzilishidagi, fiziologik moslanishlar o’simliklardagi hayotiy jarayonlarning tashqi muxit ta’siridagi o’zgarishlari bilan tushuntiriladi.
Moslashuv tiriklikning asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, organizmlarning yashab qolishi va ko’payishini ta’minlaydi. Sharoitga moslashuv hujayradan tortib barcha ekologik sistemalar faoliyatigacha vujudga keladi.
Yerda hayot paydo bo‘lgandan buyon tirik organizmlar tashqi muhitdagi har xil o‘zgarishlar ta’siriga duch keladi.
Bizning ona sayyoramizda mavjud bo‘lgan xayvonlar, o‘simliklar hamda hayot kechirayotgan boshqa organizmlar yoki jonzotlarning soni, serobligi va geografik tarqalishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday tashqi omillar ekologik omillar deb ataladi.
O‘z tabiatiga ko‘ra, shuningdek, tirik organizmlarga ko‘rsatadigan ta’siri bo‘yicha ekologik omillar juda xilma-xildir. Muhitning barcha omili shartli ravishda uchta katta guruxga ajratiladi. Bular abiotik, biotik va antropogen omillardir.

Yüklə 24,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin