Mustaxkamlash uchun savollar Yorug’lik deb nimaga aytiladi?
Yorug’lik rejimiga nisbatan qanday guruhlar mavjud?
Fotosintez deb nimaga aytiladi?
Fotoperiodik faollik deb nimaga aytiladi?
Uzun kun o’simliklarining qanday o’ziga xosligi bor?
Qisqa kun o’simliklariga misol keltiring.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 1. Горышина Т.К. Экология растений. М. «Высшая школа». 1979.
2. Культиасов И.М. Экология растений. Москва. 1978.
3. Культиасов И.М., Ахунов Х.М. Усимликлар экологияси. Т. Укитувчи. 1980.
4. Чернова Н.М., Былова Л.М. Экология. М. «Просвещение». 1981
5. Баратов П. Табиатни мухофаза килиш. Тошкент. 1991.
6. Ro’zmatov E.Yu., Qo’ziboyev Sh.T., Tojiboyev M.U. Bioekologiya (o’simliklar ekologiyasi) / O’quv qo’llanma. Toshkent: 2021
O’simliklar va yashash muhitlari. Muxit va ekologik omillar. Abiotik va biotik omillar, o’simliklar hayotida kardinal nuqtalarning ahamiyati Reja Yashash muxitlari haqida tushuncha
Yashash muxitlari haqida tushuncha. Organizmlar yashaydigan yer sirti ( uning quruqlik, suv qismi ) va tevarak-atrofdagi havo qatlami biosferani, ya’ni hayot soxasini tashkil etadi. Biosfera-Yer evolyutsiyasining qonuniy ma’suli. Yerdagi o‘zgarishlarda tirik moddalar katta rol’ o‘ynaydi. Vladimir Ivanovich Vernadskiy xuddi ana shunday xulosaga kelgan. Olim Yer qobig‘ining kimyoviy tarkibi va kimyoviy evolyutsiyasini tatqiq etgan. U atomlarning geokimyoviy migratsiyasida tirik moddaning rolini ‘isobga olmasdan turib, faqat geologik sabablar bilangina ularni tushuntirib bo‘lmaslikni isbotlab berdi.
Biosfera geografik kenglikka, joy rel’efiga, iqlimning mavsumiy o‘zgarishiga bog‘liq tabiiy shart-sharoitlarning xilma-xilligi bilan harakterlanadi. Biroq biosfera xilma-xilligining asosiy manbai, bu - tirik organizmlarning o‘zining faoliyatidir.
Organizmlar va ularni o‘rab turgan notirik tabiat o‘rtasida uzluksiz ravishda modda almashinuv sodir bo‘ladi va shuning uchun ham har qaysi daqiqada quruqlik va dengizning turli qismlari bir-birlaridan fizikaviy hamda kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha farq qiladi.
Biosferada ikki milliondan ortiq tirik organizmlar turi mavjuddir. Ko‘plab turlar o‘ziga fazoda ma’lum tarzda taqsimlangan millionlab organizmlarni o‘z ichiga oladi. Har bir tur atrof-muhit bilan o‘z tarziga ta’sirlashadi. Tirik organizmlar faoliyati bizning tevarak-atrofimizdagi tabiatning juda ajoyib xilma-xilligini yaratadi. Xuddi ana shu xilma-xillik Yerdagi hayotni saqlashning kafolatidir.
Biosfera doirasida to‘rtta asosiy yashash muhitini ko‘rsatib o‘tish mumkin: suv, yer usti-havo, tuproq va tirik organizmlarning o‘zlari ‘osil qilgan muhit.