4-mavzu axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja Ax
2. MAS: kompetensiyalar va asosiy unsurlar, Axborot savodxonligi. Jurnalistning axborot savodxonligi qaror qabul qilish va borliqning dolzarb
muammolarini tahlil qilish maqsadida ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan axborotni olish,
tushunish, baholash, moslash, generatsiya qilish, saqlash va namoyish qilish uchun kerak bo’lgan
bilimlar, ko’nikmalar va mahorat majmuasini bildiradi
Bunday bilimga ega bo’lgan jurnalist quyidagi bazaviy ko’nikmalarga ega bo’ladi:
–tanqidiy tafakkur,
– axborotni tahlil qila bilish va undan keyingi bosqichda materialda ko’tarilgan muammoni hal
etishda foydalanish,
– mustaqil ta’lim olish qobiliyati,
– davlat faoliyati va demokratik jarayonlarda ishtirok etishga imkon beruvchi shaxsiy media-
resurslarni yaratish. Kasbining ustasi bo’lgan jurnalist o’z oldiga qo’yigan maqsad- vazifalaridan
kelib chiqqan hamda axloqiy qoida va me’yorlarga tayangan holda axborotni qanday to’plash,
undan foydalanish, uni sintezlash va tashkil etishni yaxshi biladi. Jurnalistning axborot
savodxonligi o’z ichiga qo’yidagi ko’nikmalarni oladi:
– OAV kanali axborot ehtiyojlarini aniqlash/anglash: Unga nima kerak? U qandday muammoni
hal qilishga urinmoqda? – Aniqlangan axborot manbalaridan samarali foydalanish: rasmiy
hujjatlar, ekspert fikrlari, voqea ishtirokchilari, Internet ma’lumotlari, radio- va telesyujetlar,
kitoblar va h.k. Birlamchi, ikkilamchi yoki uchlamchi manbalarning qaysi biridan foydalanish
zarur? Bu ham axborot izlash jarayoniga kiradi: Axborotni qayerda izlash maqsadga muvofiq?
Yordam olish uchun kimga murojaat qilish lozim? – Axborot sifatini tahlil qilish va uni
baholash: axborotning ishonchliligi va haqqoniyligini aniqlash. – Axborotni tashkil etish, saqlash
yoki arxivlash: ko’plab axborot manbalaridan olingan axborotni qanday qilib samarali tashkil
etish mumkin? Ya’ni jurnalistning shaxsiy arxivini yaratish haqida gap boradi. – Axborotdan
foydalanishda axloq me’yorlariga rioya qilish. – Shaxsiy axborot kontentini yaratish va uni
taqdim etish usullari. Axborot savodxonligi jurnalist materialini tayyorlashda zarur bo’lgan
muayyan hajmdagi axborot to’planganini anglash imkonini beradi.