4-mavzu axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja Ax
aniqrog’i, xarid qilinadigan va sotiladigan mahsulot bo’lib, u orqali ba’zi bir insonlar katta kapitalga ega bo’ladi. Masalan, AQSHda Ted Terner, Fransiyada Fr.Buig, Italiyada S.Berluskoni va b. Bugungi kunda insoniyat axborot sohasidagi “inqilob”ga tayanib, o’z evolyutsiyasining yangi bosqichiga ko’tarildi. Bugungi kunda media, turli axborot va
kommunikatsion texnologiyalari turli xil shakllarining tez ommalashishi, ularning shaxsiy,
iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotga bo’lgan ta’siri, insonning yashashi uchun axborot
muhitining “elektron kottej” nomini olgan sifat jihatidan yangi ko’rinishini taqozo etdi. Shu bois
insonlarning axborot jamiyati hayotida faol va samarali ishtirok etishi uchun yangi bilim,
ko’nikma va ko’rsatmalar zarur. Axborot taqdim etayotganlar unga bo’lgan egalikni
rag’batlantiradi, ba’zi holatlarda esa insonlarga muayyan axborotni saqlab berish imkonini ham
ta’minlaydi. OAVdan tashqari boshqa axborot manbalari ham (masalan, tibbiy sharhlar, hukumat
byulletenlari, hisobotlari va og’zaki xabarlari) mavjud. Axborot texnologiyalari yordamida
(masalan, televideniye orqali ko’rsatiladigan saylovoldi munozaralar) yoki shaxsiy muloqot
(masalan, fuqaro yig’inlari majlisida) natijasida uzatilishi mumkin. Uni media va insonlar
vositasida ham tarqatish mumkin. Bugungi kunda misli ko’rinmagan miqyosda axborot, kontent
va resurlar, shu jumladan, Internet zaxiralari mavjud bo’lib, ularning barchasi aniqligi,
ishonchliligi va muhimligi jihatidan farqlanadi. Axborot turli shakl(masalan, statistika
ma’lumotlari, elektron yoki qog’oz ko’rinishda)larda mavjud bo’lib, u onlayn fayl va portallarda,
virtual va real kutubxonalarda, hujjatlar jamlanmasida, turli ma’lumotlar bazasida, arxivlar,
muzeylar va h.k.larda saqlanadi. Lekin bundan qat’iy nazar turli axborot manbalari taqdim etgan
axborot ishonchli yoki ishonchsiz bo’lishi mumkin. Demak, jurnalist axborotni izlay boshlar
ekan, unga, eng avvalo qanday mazmundagi ma’lumot zarurligini anglashi lozim.