4-mavzu. Biosfera modelini yasash I. Darsning maqsadi: a ta’limiy maqsad



Yüklə 0,54 Mb.
tarix01.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#92298
Alimov A. 3docx


4-MAVZU. BIOSFERA MODELINI YASASH
I.Darsning maqsadi:
a)ta’limiy maqsad: Biosferani modellashtirish orqali o‘rganish
b)tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiat va atrof muhitga nisbatan ongli munosabatda bo’lishga undash, ekologik, iqtisodiy, ilmiy va huquqiy tarbiya berish
c)rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
II.Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz: Kadoskop,kampyuter, diaproyektor ekran.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:

Darsning texnik chizmasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish,
b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash:
a) og`zaki so`rov
b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali
g) misollar yechish
e) amaliy.
Yangi mavzu bayoni
Biosfera – Yer sayyorasining tirik organizmlar yashaydigan qobig‘i. Odam, o‘simlik, hayvon, zamburug‘, bakteriyalar biosferaning tirik qismini, tosh, tuproq, suv va atmosferadagi gazlar biosferaning notirik qismini tashkil etadi. Biosferaning tirik va notirik qismlari bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Tog‘ jinslari yemirilishi hamda tirik organizmlar faoliyati natijasida tuproq hosil bo‘ladi. Tuproqdagi suv va minerallar o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilib va fotosintez jarayonida organik moddalar hosil bo‘lishiga sarflanadi. O‘simliklarni o‘txo‘r hayvonlar, ularni esa yirtqich hayvonlar iste’mol qiladi. Tirik organizm qoldiqlari tuproqdagi mikroorganizmlar yordamida parchalanib, minerallarga aylantiriladi. Minerallar o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladi. Shu tarzda biosferada moddalar davriy aylanishi sodir bo‘ladi
Ko‘plab zavod va fabrikalarning qurilishi, o‘rmonlarning kesilishi, suv yo‘llarining to‘silishi atrof-muhitga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Agar tabiatni muhofaza qilmasak, suv va havo ifloslanadi, bu esa biosferaga salbiy ta’sir qiladi.
Mustahkamlash
1.Biosfera nima ?
2.Model nima? Misollar keltiring.




Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish __________________
Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin