§ 4.3. Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari
Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari jahon xо‘jaligida, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning juda muhim bо‘g‘inlaridan biridir. XX – XXI asrlar bо‘sag‘asida jahon mamlakatlarida moliya bozorlari gurkirab rivojlandi. Dunyoning ilg‘or davlatlari umumiy moliya aktivlari, ularning yalpi ichki mahsulotiga (YAIM) nisbatan 2,5 barobarga о‘sdi. Jahon valyuta va savdo operatsiyalari qiymatlarining nisbati esa dunyoning ilg‘or davlatlari umumiy aktivlari, ularning yalpi ichki mahsulotiga nisbatan 2,5 barobar tez о‘sdi. Jahon valyuta va savdo operatsiyalari qiymatlarining nisbati 1980 yildagi 10:1 dan 1992 yildagi 60:1 gacha о‘sdi. Shu bilan birga, xorij ekspertlarining fikricha, davlat obligatsiyalarining xalqaro bozori ba’zi bir kattaliklar bо‘yicha faqatgina 1920 yildagidek faoldir. Kapitalni harakatchanligi asr boshidagi darajaga yaqinlashmoqda, xolos.
4.4 Jahon xо‘jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti
Jahon xо‘jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan о‘rni
XX-XXI asrlar bо‘sag‘asida jahon xо‘jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan о‘rni juda katta bо‘lib, bunday guruhga kiruvchi davlatlar asosan Yevropa qit’asi va Shimoliy Amerika materigida joylashgandir.
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda sanoat tarmoqlarining rivojlanishi qanchalik yuqori bо‘lmasin narx-navoning kо‘tarilishi ushbu davlatlarda yuqoriligicha qolmoqda. Bu holat albatta xizmat kо‘rsatish sohalari va shunindek ilmiy-texnikaviy inqilobga asoslangan yangi tarmoqli sanoat korxonalarining vujudga kelishi bilan bog‘liqdir.
Rivojlangan mamlakatlar guruhi hozirgi kunda о‘z tarkibida jahonning 30 dan ortiq davlatini birlashtirgan bо‘lib, bu davlatlar dunyo mamlakatlari xо‘jaligida tutgan о‘rniga kо‘ra bir necha klassifikatsiya bо‘lib о‘rganiladi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi bо‘yicha rivojlangan katta “yettilik” davlatlar guruhi (ushbu davlatlar guruhiga Rossiya Federatsiyasini qо‘shilishi bilan “katta sakkizlik” davlatlar guruhi degan sо‘zlar ham ishlatilmoqda). Ushbu guruhga AQSH, Yaponiya, GFR, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada kabi davlatlarni kiritish mumkin.
2. Yevropa Ittifoqi kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga GFR, Belgiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shvetsiya, Finlandiya, Avstriya kabi davlatlarni kiritish mumkin.
3. Yevropa Erkin Savdo assotsiatsiyaga (YEAST) kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Shvetsariya kabi davlatlarni kiritish mumkin.
4. Benilyuks guruhiga kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga Belgiya, Niderlandlar va Lyuksemburg kabi davlatlar kiradi.
5. Shimoliy Amerika Erkin savdo shartnomasiga (NAFTA) kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga AQSH, Kanada, Meksika kiradi.
G‘arbiy Yevropa davlatlarining jahon xо‘jaligidagi о‘rni
Jahon xо‘jaligi va XIMda G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy ribojlanishi alohida о‘rin egallaydi. hozirgi kunda G‘arbiy Yevropa davlatlari hissasiga jahonda ishlab chiqarilayotgan jami yalpi milliy mahsulotning 28-29% i, dunyo aholisining 7-8% i tо‘g‘ri keladi.
G‘arbiy Yevropa davlatlari guruhiga jami 25 davlat kirib, bu davlatlar guruhi о‘z hududlarining katta-kichikligi, aholisini oz-kо‘pligi va turli-tumanligi, boy tabiiy resurslarga egaligi bilan bir-biridan keskin farq qiladi. G‘arbiy Yevropa davlatlari bazasida 1957 yilda “Umumiy bozor” hamkorlik tashkiloti tashkil topdi. 1962 yilda Yevropa Erkin Savdo Assotsiatsiyasi tuzildi. Ushbu davlatlar о‘rtasida sanoat tovarlari bilan erkin savdo aloqalarni olib borish tо‘g‘risida qator shartnomalar tuzildi. “Yevropa iqtisodiy kengashi tо‘g‘risida”gi shartnomaga muvofiq 1992 yilning mayida G‘arbiy Yevropa Erkin Savdo zonasi va mintaqaviy iqtisodiy kompleksi tuzildi. Ushbu mintaqaviy iqtisodiy kompleks G‘arbiy Yevropaning 19 davlatini о‘z tarkibiga birlashtirgan bо‘lib, G‘arbiy Yevropa va dunyo mamlakatlarida tovarlarning erkin harakatini, xizmat kо‘rsatish sohalarni, kapital va aholi migratsiyasini doimo nazorat qilib turadi.
Rivojlangan mamlakatlarning integratsion birlashmalari
Dostları ilə paylaş: |