4-mavzu. Хаlqаrо vаlyutа – mоliya vа krеdit munоsаbаtlаri, jаhоn хo’jаligidа rivоjlаngаn mаmlаkаtlаr iqtisоdiyoti


Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)



Yüklə 21,18 Kb.
səhifə3/4
tarix29.07.2023
ölçüsü21,18 Kb.
#137944
1   2   3   4
4-Mavzu JIXIM

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT). Uning tarkibida jahonning 24 ta davlati, ya’ni, barcha rivojlangan kapitalistik (Janubiy Afrika Respublikasi va Isroildan tashqari) davlatlari birlashgan. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (a’zolari - AQSH, Yaponiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Islandiya, Norvegiya, Shveysariya, Turkiya davlatlari, shuningdek YEI mamlakatlariga kiruvchi 25 mamlakat) 1961 yilda yagona iqtisodiy siyosatni nazorat qilish maqsadida tuzilgan bо‘lib, quyidagi maummolarni hal etib kelmoqda.
Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi davlatlarining iqtisodiy hamkorlik tashkiloti shu hududdagi 20 dan ortiq mamlakatni (Yaponiya, Filippin, Tailand, Bruney, Yangi Zellandiya, Gonkong, Xitoy, Avstraliya) birlashtirgan bо‘lib, bu davlatlar hissasiga jahon mamlakatlarining yalpi milliy mahsulotini 23-24% i, jahon savdosining 40-42% i va dunyo aholisini 40-41% i tо‘g‘ri keladi. Bu hamkorlik tashkilotiga a’zo bо‘lgan davlatlar 1991 yilda Osiyo zonasida erkin savdoni rivojlantirish va savdo sohasidagi samaradorlikni yanada kо‘tarish maqsadida 15 yilga (2005-yilga qadar) savdo chegaralarini va chegara bojlarini bekor qilish tо‘g‘risida qaror qabul qilishgan. hozirgi kunda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari jahonning kо‘plab mintaqalarida moliyaviy ishlarni rivojlantirish, vositachilik, axborotlashtirish va shuningdek transport xizmatlarini kengaytirish ishlariga о‘z hissalarini qо‘shib kelmoqdalar.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishida Shimoliy Amerikaning uch yirik davlatini 1994 yilning 1 yanvarida birlashishi (NAFTA davlatlari) muhim ahamiyatga egadir. Bu mamlakatlar (AQSH, Kanada, Meksika) hissasiga jahon mamlakatlarining yalpi mahsulotining 31-32% i, dunyo aholisining 7-8% i tо‘g‘ri keladi (NAFTA davlatlari hududida 370 mln.dan ortiq aholi yashaydi). Bu davlatlar tomonidan ishlab chiqarilgan yillik tovar va xizmatlar hajmi 7 trln. AQSH dollarini tashkil qiladi. NAFTA davlatlari ulushiga jahon savdosi umumiy hajmining 19-20% i tо‘g‘ri keladi.

Jahon mashinasozlik sanoati va uning rivojlanish xususiyatlari


Hozirgi kunda dunyo mintaqasida ijtimoiy-iqtosodiy va siyosiy taraqqiyot yildan-yilga kuchayib, rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, 60-70 - yillardan sо‘ng rо‘y bergan ilmiy-texnika inqilibi ta’sirida Osiyo mintaqasi о‘z taraqqiyot jabhasida yetakchi о‘rinlardan biriga kо‘tarildi. Yaqin kunlarga qadar uchinchi dunyo mamlakatlari hisoblangan Osiyoning kо‘pgina rivojlanayotgan davlatlari endilikda jahon bozorlarida turli sohalar va tarmoqlar bо‘yicha asosiy о‘rinlarni egallashdi.
90-yillarning oxirlariga borib G‘arbiy Yevropa avtomobillariga talab nisbatan kamayishi kuzatilgan (ya’ni 85%dan 79% ga). Buning asosiy sababi Osiyo materigidagi Yapon mashinalari G‘arbiy Yevropa mashinalarini jahon bozorlaridan siqib chiqarayotganligi bilan izohlanadi. Yapon mashinalarining G‘arbiy Yevropa bozorlariga kо‘plab (11%dan 15%ga) kirib kelishi kuzatilgan. Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga importdagi barcha cheklashlar olib tashlandi. Yaponiyaning “Toyota”, “Nissan”, “Xonda” kompaniyalarining Buyuk Britaniyada joylashgan sanoat korxonalarida 2000 yildan boshlab yiliga 1 mln. dona avtomobil ishlab chiqarila boshlandi. 1997 yilda Shvetsiyaning “Volvo” kompaniyasi bilan Yaponiyaning “Mitsubisi Motors” kompaniyasi hamkorlikda tuzgan qо‘shma korxonasi 200 ming dona mashina ishlab chiqaradi.

Yaponiya iqtisodiyoti va uning jahon xо‘jaligida tutgan о‘rni


Yaponiya Sharqiy Osiyoning Tinch okeani orollarida (mamlakat 4 ta yirik va 4 mingdan ortiq kichik orollardan iborat) joylashgan yetakchi sanoati rivojlangan davlatdir. Yaponiyaning umumiy maydoni 372,3 ming kv.km bо‘lib, aholisi 128 mln. (2002 yil) kishini tashkil etadi. Mamlakat territoriyasining 70% dan ortig‘i tog‘liklardan iborat bо‘lib, tekislik qismi juda kamdir. Yaponiya demografiyasida 65 yoshdan о‘tgan aholi kо‘pchilikni tashkil etib, jami aholining 13,1% ni, aholining 14 yoshdan kichiklari esa jami aholining 17,2% ni tashkil etadi. Aholining yillik о‘sish darajasi esa boshqa rivojlangan davlatlarga nisbatan ancha kam bо‘lib, 1991 yilga nisbatan 1992 yilda bor yо‘g‘i 0.33% ni tashkil etgan. Biroq, yaponlar jahon mamlakatlari ichida о‘rtacha eng uzoq umr kо‘ruvchi aholi bо‘lib, hozirgi kunda erkaklar 75 yoshni, ayollar esa 81 yoshni tashkil etadi.
Ma’lumki, Yaponiya iqtisodiyoti ikkinchi jahon urushiga qadar sekin rivojlanib jahon mamlakatlari ichida qoloq mamlakat bо‘lib qolavergan edi. Biroq, urushdan sо‘ng, ayniqsa, 60-yillardan sо‘ng mamlakat sanoati tez sur’atlarda rivojlana borib, jahon mamlakatlari ichida sanoati rivojlangan yetakchi davlatlardan biriga aylandi. Hozirgi kunda Yaponiya yalpi sanoat mahsulotlarni ishlab chiqarish jihatidan AQSH va Yevropaning ba’zi mamlakatlaridan keyingi о‘rinda turadi. 80-yillarning о‘rtalarida jahonning rivojlangan mamlakatlarini ishlab chiqargan yalpi sanoat mahsulotini 15% i Yaponiyaga tо‘g‘ri kelib, hatto 1987 yilda Yaponiya jahonning rivojlangan mamlakatlari ichida aholi jon boshiga о‘rtacha yalpi milliy sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishi jihatidan birinchi о‘ringa chiqib olgan ham edi.
Yaponiya hukumatining asosiy boyligi uning xalqi hisoblanadi. haqiqatdan ham uning xalqi “iqtisodiy mо‘jiza”ni mamlakatda shakllantiruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Yapon xalqi jahon mamlakatlari ichida mehnatsevarligi, tirishqoqligi, tejamkorligi, intizomligi va tadbirkorligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham Yaponiya ishchi va xizmatchilarning о‘rtacha ish haqi rivojlangan mamlakatlarning barchasidan yuqori bо‘lib, ishlab chiqarishda sanoat korxonalarining barchasi о‘ta avtomatlashtirilgan.
Yaponiya iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan rivojlanishining yana bir muhim omillaridan biri ishlab chiqarishda chiqim darajasini boshqa rivojlangan xorijiy mamlakatlarga nisbatan kamligidir. Yaponiyada yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarishda chiqim darajasi 1.0% ni tashkil etgan holda (90 yillar boshida), AQSH da 7.0% ni, Angliyada 5.0% ni, GFRda 3.0% ni tashkil etgan. 1988 yilda sobiq SSSRda birgina harbiy sohaga sarf qilingan harajat 9.0% bu tashkil qilgan.



Yüklə 21,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin