4-MAVZU: Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash diagnostikasi. Tarbiya ko’rganlikni aniqlash.
REJA: 1. Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari.
2. O‘qituvchi va o‘quvchilarning jonli muloqotini tashkil etish.
3. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil etish usullari va muloqotda tarbiyaviy jarayon tamoyillari.
4. Pedagogik nizolar va ularni bartaraf etishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar: Muloqot; axloqiy me’yorlar; nutq dinamikasi; muloqot funksiyalari; prognostik etap; norasmiy liderlar; modellashtirish; pedagogik jarayon; kommunikativ aloqa; tashkilotchi va ijrochi; interaktiv muloqot; perseptiv muloqot; jonli muloqot; muloqot odobi; tavoze; ishonchni qozonish; ta’sir etish; ma’qullash; pedagogik nizolar; pedagogik nizolarni bartaraf etish.
1. Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari
Muloqot – yunoncha so‘z bo‘lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o‘zaro fikr almashuv ma’nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so‘zlashuvida paydo bo‘ladi. Inson muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, ta’lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar g‘oya va mafkura omillari ta’sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida kamolotga yetadi. Kishilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot pedagogik–psixologik fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o‘z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.
Pedagogik muloqot – bu o‘qituvchining o‘quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda eng qulay psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro yaqin muloqotidan asosiy maqsad: