4-mavzu: Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash diagnostikasi. Tarbiya ko’rganlikni aniqlash. Reja


Muloqotni tashkil etishda mehnat faoliyatining o‘rni



Yüklə 102 Kb.
səhifə4/6
tarix18.05.2023
ölçüsü102 Kb.
#115898
1   2   3   4   5   6
Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash diagnostikasi. Tarbiya ko’rganlikni aniqlash.

4. Muloqotni tashkil etishda mehnat faoliyatining o‘rni. Ta’lim muassasalarida o‘quvchi mehnat faoliyati bilan o‘z qobiliyati va iste’­dodini namoyon qiladi.
5. Qo‘rquv va hayajonga asoslangan muloqot uslubi. Bunday muloqot uslubiga odatda yosh, tajribasiz o‘qituvchilar tushib qolishi mum­kin.


4. Pedagogik nizolar va ularni bartaraf etishning o‘ziga xos xususiyatlari
“Muloqot madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi” (Aziz Yunusov). O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida adashishi, xatolikka yo‘l qo‘yishi mumkin emas. O‘qituvchi muloqotida birgina adashish yoki qo‘pollik uning pedagogik faoliyatida tuzatib bo‘lmas xatoliklarni keltirib chiqaradi. O‘qituvchi o‘z muloqoti bilan nimalarga qodir ekanligini muntazam bilib, xato va kamchiliklarini darhol tuzatib borishi kerak. Quyidagi psixologik testlar oson yechiladi va natijalari asosida siz muloqotingizda ro‘y berishi ehtimoli bo‘lgan kamchiliklarni aniqlaysiz va uni o‘z vaqgida bartaraf etishingiz mumkin.
1. O‘z muloqotingizdan qoniqasizmi? Hurmatli o‘qituvchi, qaerda bo‘lmasin muloqot jarayonida erishayotgan muvaffaqiyatlaringiz pedagogik faoliyatingizda va kundalik hayotingizda muhim ahamiyatga ega. Zero, o‘quvchilarni, do‘stlaringizni, ba’zan uchraydigan hasadgo‘y hamkasblaringizni va rahbarni sizga nisbatan munosabati muloqotda qanday inson ekanligingizga bog‘liq. Kishilarga hamdard bo‘lish, ko‘maklashish, iltimosini bajarish yoki bajarmaslik sizning xohish-istagingiz.
Ushbu vaziyatlarda muloqotingiz qay darajada ekanligini bilishni istaysizmi? Quyidagi test savollariga javob bering. Har bir javob uchun yig‘ilgan ballar miqdoriga qarab muloqotda nimalarga qodir ekanligingizni hamda kamchiliklaringizni bilib olasiz.
1. Muloqot jarayonida hamkasblaringiz bilan tez-tez bahslashib turasizmi? a) yo‘q (1 ball); b) ba’zan sharoitga qarab (2 ball); v) aksariyat hollarda (3 ball).
2. Bozorda sotuvchi sizga qo‘pollik qildi. Qanday javob qaytargan bo‘lardingiz? a) Jimgina undan nari ketardim (1 ball); b) unga jiddiy tanbeh berardim (2 ball); v) so‘ziga yarasha so‘z bilan javob qaytarar edim (3 ball).
3. Agarda majlisga kechiksangiz, o‘zingiz qanday holatga tushasiz? a) o‘zimga nisbatan va atrofimdagilarga nisbatan g‘azab uyg‘onadi (3 ball); b) hech narsa qila olmasligimni tushunib, asabiylashmayman (1 ball); v) ozgina asabiylashaman (2 ball).
4. Hamkasblaringizdan biri sizdan beruxsat stolingizdan ruchka yoki kitob oldi, unga siz qanday munosabat bildirasiz? a) hech qanday, balki bu holatni sezmasman (1 ball); b) nimani olgan bo‘lsa, joyiga qo‘yishni eslataman (2 ball); v) norozi bo‘lganligimni aytaman, chunki hozir ruchka yoki kitob olgan bo‘lsa, keyinchalik stolimdan biror muhim narsani olishi mumkin, masalan, kerakli hujjatlarimni (3 ball).
5. Hayotga nisbatan munosabatingiz qanday? a) konservativ (eskilik tarafdori) fikrda (2 ball); b) radikal (keskin o‘zgarishlar tarafdori) fikrda (3 ball); v) katta yoshli bo‘lishga qaramasdan jiddiy munosabatda emas (1 ball).
6. Omadsizlikka duchor bo‘lganingizda qanday ahvolga tushasiz? a) sababini o‘zimdan qidiraman (2 ball); b) bunga ba’zi shart-sharoitlar va tanish kishilar sabab bo‘lganini ko‘raman (3 ball); v) chuqur nafas olaman va barcha ishlarimni qaytadan boshlayman (1 ball).
7. Sizning fikringizcha, hamkasblaringiz sizni qanday baholashadi? a) do‘st va insonparvar kishi sifatida (2 ball); 6) o‘ziga qattiq ishongan kishi sifatida (3 ball); v) xotirjam va vazmin kishi sifatida (1 ball).
8. Qaysi hayvon bilan xayolan chiqisha olasiz? a) ayiq (1 ball); b) mushuk (2 ball); v) yo‘lbars (3 ball).
9. Biror kishi bilan janjallashib qolganingizda, yarashish uchun sabab izlashga harakat qilasizmi? a) hech qachon (3 ball); b) doimo (1 ball); v) ba’zan ( 2 ball).
10. Suhbatdoshingiz sizning suhbatingizni tinglamasa? a) nimaga mening suhbatim uni qiziqtirmayotganligini odob bilan so‘rayman (2 ball); b) namoyishkorona suhbatni to‘xtataman yoki umuman qayrilib ketvoraman (3 ball); v) vaziyatni xotirjam baholayman, sukut saqlab, so‘ngra muloqotni davom ettiraman (1 ball).
11. Maktabda sizning farzandingizni bir bola xafa qildi? a) o‘qituvchini jalb qilib, darhol chora ko‘rishni talab qilaman (3 ball); b) muammoni hal qilishni farzandimning o‘ziga havola etaman (1 ball); v) o‘sha bolaga qanday “javob” qaytarish kerakligini farzandimga o‘rgataman (2 ball).
12. O‘zaro murosaga kelishda doimo peshqadamlik qilasizmi? a) hech qachon (3 ball); b) sharoitga qarab (2 ball); v) ko‘pincha, ha (1 ball).1
13. Taksida ketayotganingizda haydovchiga yo‘l harakatiga taalluqli bo‘lgan biror narsani o‘rgatasizmi? a) hech qachon (1 ball); b) ha, agarda u uzoq bir masofani tanlab yursa (2 ball); v ) avtomashinani boshqarishda mening asabimga tegadigan nojo‘ya harakat qilsa, noroziligimni bildiraman (3 ball).
14. Siz o‘zingizni ulfatlaringizning jonu dili deb hisoblaysizmi? a) ba’zan (2 ball); b) doimo (3 ball); v) yo‘q (1 ball).
15. Siz doimo odamlarga nisbatan e’tiborlimisiz? a) har doim emas (3 ball); b) doimo (1 ball); v) vaziyatga qarab (2 ball).
Endi yig‘ilgan ballaringiz natijasi bilan tanishing:
• 24 ball va undan kam. Siz muloqotda yengil tabiatlisiz, shu bilan birga jur’atsiz, tortinchoq insonsiz. Qat’iyatsizligingiz ba’zan hayotda bajarayotgan ishingizga hamda biror maqsadga erishishingizga xalal beradi. Doimo xotirjamlikni sevishingiz va o‘zingizni himoya qilishga o‘rganishingiz kerak. Ushbu xususiyatlar sizda mutlaqo yo‘q.
• 24 dan 31 ballgacha. Siz bilan muloqot qilish huzur bag‘ishlaydi, biroq sizning kayfiyatingiz o‘zgaruvchan. Ba’zan his-tuyg‘ularingiz tez-tez ko‘tarilib, do‘stona muloqotga xalaqit beradi. Sabr-toqatli bo‘ling, salbiy his-tuyg‘ularingizni nazorat qiling. Ularni arzimagan sabablar bilan yuzaga chiqishiga erk bermang.
• 32 ball va undan yuqori. Ba’zan siz hatgo darg‘azab insonga aylanasiz. Buni o‘zingiz yaxshi bilasiz, ammo biror chora ko‘rolmaysiz. Siz o‘zingizni janjallashayottan yoki bahslashayotgan kishingizning o‘rniga qo‘yib ko‘ring, bu inson sizga qanday ko‘z bilan qarayotganligini tasavvur qiling. Uning obrazi sizga yoqadimi? Siz haddan tashqari talabchansiz va boshqalarni tanqidiy nazar bilan ko‘rasiz. Odamlar siz bilan murosaga kelishga, til topishga qiynalishadi. Atrof-muhitingizda sizni o‘rab turgan kishilar bilan samimiy munosabatda bo‘ling, ularning kamchiliklarini kechirishni o‘rganing.

Yüklə 102 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin