2. Aхbоrоt хаvfsizligini tа’minlаsh Axborotlarni himoyalashning apparat vositalariga, kompyuterning texnik vositalariga taalluqli bo‘lgan, axborot xavfsizligini ta’minlashning ayrim funksiyalarini mustaqil ravishda yoki dasturiy vositalar bilan bir majmua tarkibida bajaradigan elektron va elektron-mexanik moslamalari kiritiladi. Bunday qurilmalarni ma’lumotlarni himoyalashning injenertexnik vositalariga emas, balki apparat vositalariga kiritishning asosiy sharti, ularni kompyuterning texnik vositalari tarkibida kiritilishi bilan belgilanadi.
Axborotlarni muhofaza qilishning asosiy apparat vositalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
foydalanuvchini identifikatsiyalovchi ma’lumotlarni kiritish qurilmalari (magnit va plastik kartalar, barmoq izlari va boshqalar);
ma’lumotlarni shifrlovchi qurilmalar;
ish stansiyalari va serverlarga noqonuniy ulanib olishga xalaqit beruvchi qurilmalar (elektron qulflar va blokiratorlar).
Ma’lumotlarni muhofaza qilishning yordamchi apparat vositalariga quyidagilar misol bo‘la oladi:
magnitli tashuvchilardagi ma’lumotlarni yo‘q qiluvchi qurilmalar;
kompyuter vositalaridan foydalanuvchilarining noqonuniy harakatlari bo‘yicha xabardor qiluvchi (signalizatsiya beruvchi) qurilmalar va boshqalar.
3. Antivirus dasturlari. Operatsion tizim va dasturlarni turli xil virus va hujumlardan himoya qilish uchun antivirus dasturlari ishlab chiqiladi. Hozirgi vaqtda kompyuter viruslarini aniqlash, yo’qotish va ulardan ximoyalanish uchun ko’plab antivirus dasturlari ishlab chiqilgan. Albatta bular bizni kompyuterlarni butunlay himoya qiladi degani emas lekin ma’lum darajada operatsion tizim xavfsizligini ta’minlab turadi.
Foydalanuvchilar orasida ommalashgan antiviruslar quyidagilar: Eset Nod32, Kasperskiy, Doctor Web, Avast va Avira.
Virus dasturi kompyuterdagi ma’lumotlar butunligini buzishga yoki ularni o’chirishga mo’ljallangan bo’ladi.
Viruslarni yangi turlari to’xtovsiz paydo bo’lib turishini hisobga olib, antivirus dasturlarini bazalarini doimiy ravishda yangilab turish lozim, yangilashlarni xar doim amalga oshirish uchun siz internetga ulangan bo’lishingiz kerak.
Antivirus dasturi bazasini yangilash uchun o’zini laboratoriyasiga murojaat qiladi. Buning uchun kompuyerga o’rnatilgan antivirus dasturini bazani yangilash (обновление) bo’limidan, serverni yangilash (сервер обновлений: Выбирать автоматически) avtomatik tanlangan bo’lishi shart.