Mo‘tadil iqlim sharoitini yaratish. Ishlab chiqarish korxonalaridagi ish joylarida iqlim sharoitlarida me’yor darajasida ta’minlash uchun uning barcha ko‘rsatkichlari o‘zaro mutanosib holda bog‘langan bo‘lishi kerak. Ya’ni havoning harorati pasayib yoki ko‘tarilib ketsa, uning harakat tezligi ham unga bog‘langan holda pasayishi (yoki ko‘tarilishi) maqsadga muvofiq bo‘ladi, aksincha, agar havoning harorati past bo‘lsayu, havoning harakat tezligi me’yoridan oshib ketsa, odam tanasi bilan muhit o‘rtasidagi harorat almashish jarayoni tezlashib ketadi va natijada havoning harorati tez tushadi.
Agar havoning harorati yuqori bo‘lsayu, havoning harakat tezligi past bo‘lsa bu jarayon sekinlashadi, natijada issiq havoning inson organizmiga ta’siri kuchayadi.
Havoning harorati, nisbiy namligi va tezlik o‘lchamlarini inson uchun eng ma’qul o‘zaro munosabatlari, yuqoridagi noxush holatlarni oldini olishga xizmat qiladi va muhitning mutanosibligi deb yuritiladi.
MXMT mehnat jarayonida ikki ko‘rinishdagi mikroiqlim sharoitni tashkil etadi.
O‘ta mutanosib (eng ma’qul);
Ruxsat etsa bo‘ladigan (qoniqarli).
Bularning ta’sirida insonning vujudida harorat almashinishi va mehnat qilish qobiliyatining buzilmasligini ta’minlangan bo‘ladi. Bunday sharoitda haroratning mo‘‘tadilligi to‘la ta’minlanadi va mehnat qobiliyati yuqori bo‘ladi.
Olimlarimiz, shartli ravishda iqlim mutanosibligini aniqlash uchun effektli va ekvivalent-effektli haroratlar ko‘rinishidagi nisbiy birliklar tavsiya etilganlar.
Effektli harorat deb, binodagi havoning nisbiy namligi me’yor darajasida bo‘lib, uning tezligi nolga teng bo‘lgan holatini aks etuvchi haroratga aytiladi.
Ekvivalent-effektli harorat deganda esa, binoda ma’lum nisbiy namlikka va har xil tezlikka ega bo‘lgan havoning haroratiga aytiladi.
Mikroiqlim ko‘rsatkichlari va omillarining odamga ta’sirini ko‘p yillik kuzatuvlar asosida tahlil qilib eng mo‘‘tadil iqlim o‘lchamlarini shartli ravishda aniqlash uchun nomogramma yaratilgan.
Misol tariqasida temir beton qurilmalar ishlab chiqaradigan zavodning armatura va qoliplash binolarida psixrometr yodamida aniqlangan mikroiqlim ko‘rsatkichlari asosida nomogrammadan foydalanib effektli harorat qiymatlarini aniqlash namoyish qilingan bo‘lib, binodagi ekvivalent-effektli harorat topilgan u 160 S ga teng ekan, qoliplash binosida esa Y0 , bo‘lgani uchun effektli haroratining shartli miqdori aniqlangan, u 20,2 S ni tashkil etadi.