17
Yetimologik jihatdan «Islom» atamasi «salima» o‘zagidan olingan bo‘lib,
dastlab
«salom - tinchlik» ma’nosini anglatdi. U islomdan avval arablarda hukm
surgan «johillik» ziddi sifatida ishlatildi. Furqon surasining 63 oyatida aynan shu
ma’noda: “Rahmon (Alloh)ning bandalari er yuzida ohista yuradilar, johillar ularga
xitob qilsalar, «salom» deb javob beradilar”, - deyilgan.
Bu oyat nima uchun
arablarning Muhammad (sav) dan oldingi davri «johiliya» va uning davri «islom»
deya atalganini aniq izohlab berayapti.
Keyin «salima»dan olingan IV – bob «aslama» fe’li (Allohga) bo‘ysunmoq,
itoat etmoq, o‘zini bag‘ishlamoq ma’nolarida ishlatila boshladi. Shu fe’lning
sifatdoshi «muslim» Allohga itoat etuvchi va uning payg‘ambarlariga (qaysiki
bo‘lishidan qat’i nazar Ibrohim (as), Muso (as), Iso (as) va Muhammad (as)larga)
ergashuvchi barcha insonlarga nisbat qilindi.
Qur’on oyatlari: Bas, (ey, Muhammad,) yuzingiz (o‘zingiz)ni doimo to‘g‘ri
bo‘lgan dinda (Islomda) tuting! Insonlarni o‘sha asosda yaratgan Allohning
yaratuvchiligini (anglangiz!) Allohning yaratishiga o‘zgartirish yo‘q. Eng to‘g‘ri
din shudir! Lekin ko‘p odamlar bilmaslar (Rum surasi, 30;30). Ibrohim o‘z
o‘g‘illariga, shuningdek, (nabirasi) Ya’qub ham shu dinni vasiyat qilib dedilar:
“O‘g‘illarim, albatta, Alloh sizlar uchun shu dinni tanladi. Bas, musulmonlik
holingizdagina dunyodan o‘tingiz!” (Baqara surasi, 2;132).
Iso ulardan kufrni
sezgach, aytdi: “Alloh sari (borishimda) menga yordamchilar kim?” Havoriylar
aytdilar: “Biz Alloh (dinining) yordamchilarimiz. Allohga imon keltirdik va
Allohga (bo‘yin sinuvchi) musulmon ekanimizga guvoh bo‘lgin (ey, Iso!) (Oli
Imron, 3;52). Nihoyat, Moida surasining 3 - oyatida «Islom» so‘zi ayni
Muhammad (sav) e’lon qilgan dinga nisbatan ishlatildi. «Bugun dininglarni
takomuliga etkazdim, sizlarga ne’matimni oxirigacha berdim va dininglar «Islom»
bo‘lishiga rozi bo‘ldim».
Demak, «Islom» lug‘aviy jihatdan Allohga itoat etish, o‘zlikni unga
bag‘ishlash ma’nolarida johiliya arablarining o‘jarligi, qiziqqonligi, takabburligiga
zid qo‘yildi. Sunniy ulamolar orasida keng tarqalgan fikrga ko‘ra «ad – din»
tushunchasi «al – islom», «al - imon» (Allohning
va uning Rasuli Muhammad
(sav) bergan barcha xabarlarning haqligi) hamda «al - ihson» (husni axloqqa
asoslangan amallar)ni o‘z ichiga oladi.
ASSALOMU ALAYKUM (arab. sizga tinchlik, salomatlik tilayman) -
musulmonlar o‘zaro uchrashganda ishlatiladigan salomlashuv iborasi. Salom qabul
qiluvchi "Va alaykum assalom" ("Sizga ham tinchlik, salomatlik tilayman"), deb
javob qaytaradi. A.a. tanigan va tanimagan musulmonlarga beriladi. Kichik
yoshdagilar yoshi ulug‘larga,
ulov mingan odam piyodaga, piyoda ketayotgan
kishi o‘tirganga, ozchilik ko‘pchilikka salom beradi. Assalomu alaykum ko‘pchilik
huzuriga kirib o‘tirishda ham aytiladi. Assalomu alaykum deyish sunnat, javob
qaytarish esa vojib hisoblanadi. Assalomu alaykum namoz o‘qiyotgan kishining
namozi tugaganining alomati hamdir. AShOB - q. Sahoba.
Muhammad payg‘ambarga nozil bo‘lgan
birinchi sura, al-Alaq! Surasidir.
Unga ko‘ra insonni ilmga da’vat qilinadi, ilm ulug‘lanadi.
18
"(U) insonni laxta qondan yaratdi. O‘qing! Rabbingiz esa Karamlidir. U
insonga qalam Bilan (yozishni ham) o‘rgatdi. U insonga bilmagan narsalarini
bildirdi. Darhaqiqat inson xaddidan oshar. (Ey, inson!) Albatta, qaytish Rabbing
huzurigadir."
1
Abu Homid G‘azzoliy falsafasida ham yorqin aks etgan. U o‘zining
“Kimiyoi saodat” asarida
mo‘minning asosiy burchi qalbni davolash va uni
yomonliklardan tozalashdir, deydi. “Ihyo ul-ulum id-din” asarida ilmning fazilati
to‘g‘risida quyidagilarni ta’kidlagan:
“Ilm ko‘r qalb ko‘zini ochuvchi, qorong‘u
zulmatda nur bag‘ishlovchi va zaif badanlarga kuch-quvvatdir. Ilm bilan banda
abrorlar darajasiga ko‘tariladi, oliy martabalarga etishadi. Ilm ustida tafakkur
qilish kechani ibodat bilan bedor o‘tkazganga tengdir. Allohga toat-ibodat,
tavhidni anglash, Allohni ulug‘lash va taqvo ilm bilan bo‘ladi.”
2
Mirzo Ulug‘bek Buxoroda qurdirgan madrasa peshtoqiga sahih hadis
hisoblanadigan quyidagi jumlani yozishni buyurgan. “Bilim olmoqqa intilmoq, har
bir muslim va muslima uchun farzdir”.
Muhammad Payg‘ambarga birinchi nozil bo‘lgan “al-Alaq” surasida ham
ilmga da’vat bor. Birinchi vahiydanoq ilm olishga da’vat yozuv orqali bo‘lganligi
sababli yozuv muqaddas va ilohiydir. Shu bois u san’at darajasiga ko‘tarildi.
Qur’onga ko‘ra, “Alloh taolo hamma narsadan avval qalamni yaratdi, unga:
“Yoz!”- deb buyurdi. Qalam: Yo Rabbim, nimani yozaman? - deb so‘radi. Alloh
unga: “Qadarni yoz!”- dedi. Qalam shu onda bo‘lgan va bo‘ladigan narsalarni
yozdi.”
3
Islomda ilmga muhabbat bilan qaralganligi tufayli kitob bezash, xattotlik hamda
miniatyura san’atlari rivojlandi. O‘z navbatida yozuv va kitob san’ati
islomning
rivojlanishiga katta yordam berdi.
Arabcha “iqra’” (o‘qimoq) so‘zi o‘qi yaqin ma’noli “qr’” o‘zagiga ega bo‘lib,
“yod o‘qimoq” va “qiroat qilmoq” degan ma’nolarni anglatadi. Qur’on so‘zi ana
shu o‘zakdan kelib chiqqan.
Islomning eng asosiy talabi hisoblangan kalimai shahodatda “La ilaha illallohu
Muhammadun Rusul-Alloh” (Allohdan o‘zga iloh, Muhammad uning
payg‘ambaridir), deb uqtiradi. Qur’oni Karimda Allohning yagonaligi va buyukligi
juda ko‘p bor Qur’oni Karimda ta’kidlanadi.
1
Baqara surasi. 255. “ Alloh-undan o‘zga iloh yo‘qdir. (U) hamisha barhayot
va abadiy Turuvchidir. “
3
Birinchi bo‘lib Bibi Xadicha, keyin amakivachchasining o‘g‘li Xaydar (Ali) ,
asrandi o‘g‘li Zayd ibn Xoris islomga kiradi. Biroq, Makkadagi boshqa
1
Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири. Шайх Абдулазиз Мансур. Т.: 2007,597-б.
2
Имом Абу Ҳомид Муҳаммад ибн Муҳаммад ал-Ғаззолий. Иҳё ул улум ид-дин. -Тошкент: Мовароуннаҳр
2003, 1-китоб. 33 б.
3
Раҳматуллоҳ қори Обидов. Пайғамбарлар тарихи исломият тарихидир. Тошкент: Мовароуннаҳр, 2005, 1-
қисм. 28 б.
1
Қаранг: Ислом ҳуқуқи.Олий ўқув юртлари учун дарслик. Раҳманов А.Р, Раҳманов А.Р. –Тошкент: “ТДЮИ”
нашриёти, 2007, Б. 41.
3
Абдулазиз Мансур. Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири. Бақара сураси. “Тошкент ислом
университети”, 2007, 50 б.
19
qabiladoshlari Muhammad (s.a.v.) targ‘ibotlariga tish tirnoqlari bilan qarshi
chiqdilar.
Adliya. Islomgacha qonga qon olish qoidasi amal qiladi: agar bir jamoa a’zosi
boshqa jamoa vakilini o‘ldirsa
yoki yarador qilsa, birinchi jamoa qasos olish
huquqiga ega bo‘ladi. Qur’onda Kimki u qasosni sadaqa qilib kechib yuborsa, u
gunohlariga kafforatdir. Alloh nozil etgan oyatlar bilan hukm qilmaydiganlar, anna
o‘shalar zolimlardir. (Moida surasi, 45-oyat.)
Undan tashqari Qur’oni karim bir mo‘min boshqa mo‘minni qasddan o‘ldirsa,
uning jazosi jahannamdir degan.
Dostları ilə paylaş: