4-mavzu. Islom dini va ta’limoti vaqt soat Reja



Yüklə 123,29 Kb.
səhifə16/16
tarix18.05.2023
ölçüsü123,29 Kb.
#115964
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
14-mav

Kubraviya tariqati. Bu tariqatning asoschisi – shayx Najmiddin Kubro al-Xivaqiy (vaf. 1221 y.) bo’lib, tasavvuf tarixidagi eng yorqin siymolardan biridir. Xivada tug’ilgan. YOshligida diniy ilmlarni egallagan. Ayniqsa, hadis ilmida tengi yo’q edi. Turli o’lkalarni kezgan. Misrda shayx Ruzbihon al-Misriy bilan tanishib, unga murid bo’lgan. Qattiq riyozatlar natijasida murshidining tavajjuhiga erishib, uning qiziga uylangan. Bundan keyin u Ammor YOsirga murid bo’lgan, uning tavsiyasi bilan esa Ismoil Kasriy dargohiga kirgan va u erdan «xirqai tabarruk» kiygan. YAna Misrga – shayxining yoniga qaytgan Kubro shayxi tomonidan o’z vatani Xorazmga irshod vazifasi bilan jo’natiladi. Kubro Xorazmga ko’chib borib, kubraviya-zahabiya tariqatiga asos solgan. Qisqa vaqt ichida atrofdagilarning muhabbatini qozondi, shogirdlar tarbiyalab, voyaga etkazdi. CHunonchi, Farididdin Attorning ustozi – shayx Najmuddin al-Bag’dodiy bilan «Mirsod al-ibod» asari muallifi mashhur Najmuddin Doya Kubro shogirdlari jumlasidandir. Najmiddin Kubro mo’g’ullar bilan bo’lgan jangda halok bo’lgan.
YOzgan asarlari orasida eng mashhuri «Usuli ashara» risolasi bo’lib, bu asar barcha tariqatlarga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Ismoil Xaqqiy Bursaviy tomonidan sharh etilgan. «Favoihul jamol» asari esa tasavvuf ruhshunosligi mavzusidadir. Kubroning asarlari Eron, Kichik Osiyo va Hindistondagi tariqat muhitlariga kuchli ta’sir qilgan. CHunonchi, bu tariqat naqshbandiya va mavlaviya tariqatlariga ham ta’sir ko’rsatgan.
Kubraviya ko’proq O’rta Osiyo, Rossiya va Eron mamlakatlarida keng tarqalgan. Kubraviyaning o’ziga xos jihatlari chordona qurib, jahriy zikr qilish. Uning tariqat silsilasi Ali ibn Abi Tolibga borib ulanadi. Tariqat asoslari «Usuli ashara» asarida tavsif etilgan. Kubraviyaning mashhur shahobchalari quyidagilar: baho’iya xilvatiya, firdavsiya, nuriya, rukniya, hamadoniya, nurbaxshiya, barzanjiya.

14. 1-ilova


14. 2-ilova


14. 3-ilova



14. 4-ilova


Abu Bakr Siddiq

Xalifa (choryor)lar



Umar ibn Xattob



Usmon ibn Affon



Ali ibn Abu Tolib


14. 5-ilova


14. 6-ilova
Yüklə 123,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin