4 mavzu. Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari tasnifi reja Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari tasnifi



Yüklə 224,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix16.11.2022
ölçüsü224,17 Kb.
#69490
1   2   3   4   5
4 mavzu. Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari tasnifi reja Mahsulo

«inson–buyum–muhit» tizimini tafsiflovchi hamda insonning ishlab chiqarish va 
maishiy jarayonlarda namoyon bo‘ladigan gigienik, ruhiy, antropometrik, fiziologik
psixofiziologik xususiyatlari majmuini hisobga oluvi ergonomik ko‘rsatkichlar; 

mahsulotning jozibaliylik, ta’sirchanlik, originallik, uyg‘unlik, yaxlitlik, muhit hamda 
uslubga muvofiqlik kabi xossalarini tavsiflovchi estetik ko‘rsatkichlar; 

buyumning mamlakatda va xorijda patent bilan himoyalanganlik darajasini, shuningdek 
uning patent sofligini tavsiflovchi patent-huquqiy ko‘rsatkichlar; 

mahsulotni ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish (iste’mol qilish) xarajatlarini, 
shuningdek uni ishlatishning iqtisodiy samaradorligini aks ettiruvchi iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar. 
Hozirgi vaqtda mahsulotning texnik darajasi va sifatini baholashda yuqorida sanab 
o‘tilgan ko‘rsatkichlarning an’anaviy guruhiga qo‘shimcha ravishda shuningdek ekologik 
ko‘rsatkichlar, mahsulotning xavf- sizlik va transportda tashishga yaroqlilik ko‘rsatkichlari, 
tuzilishining bir jinslilik ko‘rchatkichlaridan foydalaniladi. 
Samarali 
boshqaruv 
shuningdek 
umumlashtiruvchi 
ko‘rsatkichlardan 
ham 
foydalanishni ko‘zda tutadi, ular ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini, uning turi va 


qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligidan qat’iy nazar, tavsiflaydi. Ularga, xususan, 
quyidagilarni kiritish mumkin: 

muayyan guruhga mansub mahsulotlarni ishlab chiqarish umumiy hajmida ilg‘or, yuqori 
samarali buyumlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish hajmi va salmog‘i; 

sifati yanada yuqori bo‘lgan mahsulotdan foydalanishning iqtisodiy samarasi

sanoatning bir qator tarmoqlari mahsulotlari uchun sortlilik ko‘rsatkichlari. 
Sifatning umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlaridan korxonalar, ilmiy-tadqiqot va 
loyihalash-konstruk-torlik tashkilotlarining rejalarida foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlarning 
darajasi bo‘yicha butun korxonada yoki tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati 
haqida fikr yuritish mumkin. 

Yüklə 224,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin