4 mavzu. Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari tasnifi reja Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari tasnifi


 MAHSULOTNING BELGILANGAN VAZIFASIGA MOSLIK KO‘RSATKICHLARI



Yüklə 224,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix16.11.2022
ölçüsü224,17 Kb.
#69490
1   2   3   4   5
4 mavzu. Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari tasnifi reja Mahsulo

2. MAHSULOTNING BELGILANGAN VAZIFASIGA MOSLIK KO‘RSATKICHLARI 
 
Mahsulotning belgilangan vazifasiga moslik ko‘rsatkichlari mahsulot qanday asosiy 
vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan bo‘lsa uning shu vazifalarini belgilovchi xossalarini 
tavsiflaydi va uni qo‘llanish sohasini belgilaydi. Mahsulotning belgilangan vazifasiga 
moslik ko‘rsatkichlari quyidagi ko‘rsat-kichlarga bo‘linadi: 

funksionalь va texnik samaradorlik (masalan, mashinaning ish unumi, matoning 
pishiqligi va h.k.); 

konstruktiv (masalan, gabarit o‘lchamlari, yig‘iluvchanlik koeffitsienti, o‘zaro 
almashinish koeffitsienti vah.k.); 

tarkibi va tuzilishi (masalan, bir moddaning boshqa moddadagi foiz ulushi, eritmalar, 
qotishmalardagi aralashmalar konsentratsiyasi va h.k.). 
Mahsulotning mo‘ljallangan vazifasiga moslik ko‘rsatkichlari ishlatish ko‘rsatkichlari 
(texnik darajasi ko‘rsatkichlari) guruhiga kiradi, ishlatish ko‘rsatkichlari esa o‘z navbatida 
mahsulot sifatining texnik ko‘r-satkichlari guruhiga kiradi. Vazifasiga moslik ko‘rsat-kichlari 
buyumning belgilangan maqsadiga muvofiqlik darajasini, konstruktiv ijrosi va asosiy 
o‘lchamlarini, tashqi (mexanik, issiqlik, iqlim va h.k.) ta’sirlarga, yuklanishlarga 
bardoshliligini tavsiflaydi. 
Mahsulotning mo‘ljallangan vazifasiga moslik ko‘rsatkichlari uning sifatini 
belgilaydigan boshqa ko‘rsatkichlari (iqtisodiy, ergonomik, estetik, ishonchlilik, xavfsizlik 
ko‘rsatkichlari va boshqalar) bilan uzviy bog‘liq. Agar sifatning o‘zaro bog‘liq 
ko‘rsatkichlarining talab etiladigan qiymatlari ta’minlanmagan bo‘lsa, mahsulotning o‘z 
vazifasini samarali bajarishi juda murakkab bo‘ladi. 
Sifatni baholash uchun mahsulotning vazifasiga moslik ko‘rsatkichlari nomenklaturasini 
tanlashda odatda quyidagilar hisobga olinadi: 

mahsulot sifatini baholash maqsadi

mahsulotning nimaga mo‘ljallanganligi; 

mahsulotni ishlatish (iste’mol qilish) shartlari. 
Mahsulotning mo‘ljallangan vazifasiga moslik ko‘rsatkichlari sifatni baholashda 
muhim rolь o‘ynaydi, ularning asosida ko‘pincha eng yaxshi boshqaruv qarorlarini qabul 
qilishda foydalaniladigan mahsulot sifatini boshqarishni maqbullashtirish mezonlari ishlab 
chiqiladi.

Yüklə 224,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin