Ta’mirlashga yaroqlilik – buyumning texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash vaqtida
buyum buzilishlarining oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga moslashganligidan iborat
bo‘lgan xossasi.
Ta’mirlash uchun yaroqlilik ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
belgilangan vaqtda qayta tiklanish ehtimoli;
qayta tiklashning o‘rtacha vaqti;
texnik xizmat ko‘rsatishning o‘rtacha va solishtirma sermehnatligi;
ta’mirlashlarning o‘rtacha sermehnatligi;
texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashlarning o‘rtacha va nisbiy qiymatlari
ko‘rsatkichlari.
Saqlanuvchanlik- buyumning shartli ishlatish ko‘rsatkichlarini texnik hujjatlarda
belgilangan saqlash va tashish muddatlari davomida va undan keyin ham saqlab qolish
xossasi.
Saqlanuvchanlikning ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:
saqlanish muddati;
saqlanuvchanligining o‘rtacha muddati.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan ko‘rsatkichlardan tash-qari sozlik, nosozlik, ish qobiliyati,
buzilish, qayta tiklanuvchanlik kabi tushunchalar mahsulot ishonchliligi bilan uzviy bog‘liq
tushunchalardir.
Mahsulotning ko‘pgina ta’mirlanadigan turlari uchun ushbu mahsulot turlari bilan
bajariladigan ish birligiga almashtiriladigan qismlar sarfi ishlatish ishonchliligining muhim
ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari tasnifi
2. Mahsulotning belgilangan vazifasiga moslik ko‘rsatkichlari
3. Mahsulotning ishonchlilik ko‘rsatkichlari
Dostları ilə paylaş: |