Har qanday bo‘sh daqiqani odatdagi noodatiy narsani topishga sarflang.
Izlanishdan to‘xtamang, noodatiy masalalarni echish – murakkab jarayondir, faqat
o‘z ustingizda tizimli va uzluksiz ishlasangizgina istalgan natijaga erishishingiz
mumkin.
Yangi g‘oyalarni o‘ylab topish qoidasini yodda tuting. Misol uchun bir kunda
beshtadan g‘oya o‘ylang. Hattoki, kreativ bo‘lmagan va umuman o‘zingiz amalda
qo‘llamaydigan, ma’nosiz g‘oyalarni ham yozib boring.
7.G‘oyalaringizni saqlab qo‘ying: vaqt o‘tishi bilan sizga qiziq tuyulgan g‘oyalarni
qo‘llmasligingiz mumkin, nuqtai nazaringizni o‘zgartirishingiz yoki mavjud
g‘oyalar
asosida
yangi
g‘oyalarni
yaratishingiz
mumkin.
8. Har bir ijodkor kishi tavakkal qilish qobiliyatiga ehtiyoj sezadi va o‘z qaroringiz
uchun
javobgarlikdan
cho‘chimasligingizga
ishonch
hosil
qiling.
Xulosa qilib aytganda, inson hayoti tasavvur etish, fikrlash, xotirada saqlashkabi
jarayonlar ichida kechadi. Noodatiy fikrlash, noodatiy tafakkurni rivojlantirish
orqali, hatto uzoq muddat ichida bo‘lsa ham, yangi g‘oyalar tug‘ilishi mumkin. Bu
jarayon harbiy xizmatchilar faoliyatida yanada muhim o‘rin tutgan holda, eng
murakkab va qiyin vaziyatlardan chiqish uchun noodatiy, biroq samarali qarorlar
qabul qilishda qo‘l keladi.Aqliy hujum - bu aniq belgilab berilgan muammolarni
hal qilish maqsadida o‘rganuvchi guruhlar tomonidan g‘oyalarni yaratish uchun
foydalanadigan usul. Boshqariladigan sharoitda va erkin fikrlash muhitida jamoalar
muammoga “Biz qanday hal qilishimiz mumkin?” savollari bilan murojaat
qilishadi. Ular juda ko‘p g‘oyalarni ishlab chiqaradi va potensial yechimlarni
topish uchun ular orasidagi aloqalarni o‘rnatadi.
4.3. Noodatiy fikrlash usullari
Insonlarning fikrlash tarzi uning jamiyatda tutgan o‘rni va darajasiga nisbatan
to‘g‘ri proporsionaldir. E’tibor berganmisiz, odatiy fikrlash tarziga ega insonlar
odatdagi
insonlar
kabi
hayot
kechiradilar. Aksincha,
qaysi
sohadaki
muvaffaqiyatga erishgan insonlarning barchasi odatdagi insonlardan ko‘ra
boshqacha fikrlaydilar. Ulardagi nostandart fikrlash tarzi insoniyat uchun hali
ma’lum bo‘lmagan echimlarni topishiga sabab bo‘lgan va buning natijasida ular
biznesda, ilm-fanda yoki san’atda ulkan muvaffaqiyatlarga erishganlar.
«Tafakkur yuritishga harakat qilgan inson, hech shubhasiz, o‘zi intilayotgan
so‘nggi darajadagi baxt-saodatga erisha oladi» Abu Nasr Forobiy.
Har qanday masalada echimga kelishning ko‘plab yo‘llari mavjud. Aksariyat
insonlar qaysidir masalaga duch kelishsa, bu masala o‘zidan oldin qaysi yo‘llar
bilan echim topganiga e’tibor qaratishadi va shularning orasidan o‘ziga eng
ma’qulini tanlaydilar. CHunki, ta’lim olish jarayoni bizni uzoq yillar davomida shu
tarzda tarbiyalagan. Vaholanki, har qanday masalaning yechimida har doim shu
paytgacha ma’lum bo‘lganidan tashqari yana boshqa yo‘llar ham mavjud bo‘ladi.
Ularni topish esa noodatiy fikrlaydigan, o‘z yo‘lini qidiradigan insonlargagina
nasib qiladi. Masalaning yechimida siz topgan yangi yo‘l eng maqbuli bo‘lmasligi
mumkin, ammo u sizgagina tegishli ekanligi va yangiligi bilan qadrli bo‘ladi.
Yangi topilgan yo‘l biznesda bu yo‘nalishda raqobatchilarning kam bo‘lishi bilan
muvaffaqiyatga etaklasa, ilm-fanda esa insoniyat erishgan ilm-fan sarhadlarining
kengayishiga xizmat qilishi bilan qadr topadi. Yangi usullar topish kishidagi faraz
qilish qobiliyati bilan amalga oshadi. A.Eynshteyn faraz qilish ko‘nikmasini
bilimdonlikning eng yuqori pog‘onasi deb hisoblagan, farazsiz yangilik ochish
mumkin emasligiga ishongan. Matematiklar “yigirmata masalani bitta usul bilan
echgandan ko‘ra, bitta masalani yigirmata usul bilan echgan yaxshiroq” ekanligini
ta’kidlaydilar. Bu, aslida, bir xillikdan qochish bilan birga kreativ yondashuvni,
nostandart fikrlashni rag‘batlantirish demakdir.
Tavsiyalar. Xo‘sh, yoshlarni nostandart fikrlashga o‘rgatish uchun bugungi kun
pedagogikamizda qanday usul va vositalardan, metodlardan foydalanish zarur? Bu
borada
biz
quyidagilarni
tavsiya
qilamiz:
O‘qituvchining talabalarga o‘z fikrlash tarzini ro‘kach qilib, ulardan ham shunday
fikrlashni talab qilishdan tiyilishi.
Talabalarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish.
Turli-tuman g‘oya va fikrlarni qabul qilish, o‘qitish jarayonida mavjud bilimlarni
yodlash va xotirada saqlashdan ko‘ra, masalaning mohiyatini tushuntirishga
e’tiborni qaratish.
Ilmiy terminlar va tushunchalarning ta’rifi, qonuniyatlar va qoidalarni shunchaki
yodlash emas, balki ularning mazmunini anglash va mohiyatini tushunishga urg‘u
berish. Bunda uning mohiyatini o‘quvchilarga tushuntirishda muayyan ta’rif, qoida
va qonuniyatni analiz (tahlil) va sintez (tavsif) qilish metodi qo‘l keladi.
Dars mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni har bir fan, kerak bo‘lsa, har bir mavzu
borasida hodisa va mohiyatni, sabab va oqibatni anglashiga, fan doirasida va
fanlararo o‘zaro bog‘lanish, munosabat va muvozanatlarni tushunishlariga,
taqqoslash, solishtirish va mantiqiy xulosalar chiqarishlariga sharoitlar yaratish.
Talabalarda mohiyatga etib kelishning yangi yo‘llarini qidirishga rag‘bat uyg‘otish,
bunda ularga xatoga yo‘l qo‘yishlari tabiiy hol ekanligini va bundan qo‘rqmaslik
kerakligini tushuntirish.
Talabalarni yangicha fikrlari bilan kulgiga qolmasligiga ishontirish.
Bir nechta masalani bir usulda echishdan ko‘ra, bir masalani bir nechta usullar
bilan echishga qaratilgan metodlardan foydalanish.
Talabalardagi ijodiy fikrlash tarzining har qanday ko‘rinishlarini rag‘batlantirish.
Talabalarning o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlash.
Har bir talabaning tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga o‘zlarida ishonch
hissini uyg‘otish va hokazo.
Aslida bu sanab o‘tilgan har bir taklif o‘qituvchidan izlanishni, har bir dars
mashg‘ulotiga puxta tayyorgarlik ko‘rishni talab etadi. Shuning uchun biz
o‘qituvchilarning har bir dars mashg‘ulotiga ijodiy jarayon sifatida qarashini va
unga tayyorgarlik jarayonida mavjud usul va vositalardan foydalanish bilangina
chegaralanmasliklarini, balki shu mavzuni o‘quvchilarga etkazishga yordam
beradigan har qanday usul, vosita va shakllardan foydalanishdan qo‘rqmasliklarini
aytgan bo‘lar edik. Demak, nostandart fikrlash tarzini barcha faoliyat turlari
qatorida dars mashg‘ulotiga ham tatbiq etish maqsadga muvofiq, degan xulosaga
kelish
mumkin.
Umuman, insondagi nostandart fikrlash tarzining ahamiyati esa talabalarda
masalaning mohiyatini anglash, sohada yangilik va kashfiyotlar yaratish, ijodiy
fikrlash tarzining rivojlanishi, xato qilishdan qo‘rqmaslik ko‘nikmasining
shakllanishi, o‘ziga nisbatan ishonchning ortishi kabi ijobiy oqibatlari bilan
xarakterlanadi. Eng asosiysi, nostandart fikrlash ularni o‘qishda hamda ishda
kashfiyotlar
va
yangiliklar
sari
yetaklaydi.
Ko'pchilik ijodkorlikni ijodkorlik bilan birlashtiradi, masalan, roman yozish, rasm
chizish yoki musiqiy kompozitsiya. Bularning barchasi ijodiy harakatga aylangan
bo'lsa-da, barcha ijodkorlar san'atkor emas. Ko'p ishlar ishbilarmonlik va ilm-fan
dunyosida o'z ichiga olgan ijodiy fikrlashni talab qiladi. Ijodkorlik shunchaki yangi
narsaga ega bo'lishni anglatadi. Agar siz biror narsa yaratishingiz mumkin bo'lsa,
shaxsiy hayotingizni boyitibgina qolmasangiz, siz kiritadigan har qanday sohada
sizda
afzalliklarga
ega
bo'lasiz.
Siz o'zingizning ijodingizni tan olishingiz kerak bo'lgan birinchi narsa.
Bugun dunyoda yuz berayotgan to‘rtinchi sanoat tamaddunining dvigateli —
harakatga keltiruvchi kuchi kreativlikdir. Atrofga boqsangiz, har tomonda inson
ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli namunalariga duch kelasiz: elektron
xizmatlar, virtual reallik, to‘rtburchak tarvuzlar, tuproqsiz hosil olish...
Bularningbarchasi inson tasavvuri, tafakkuri mahsuli. Bugun biz uchun odatiy
tuyulgan kitob, musiqa, bino, samolyot, hatto lampalar ham qachonlar orzu va
tasavvurda bo‘lgan, keyinchalik aql-idrok samarasi o‘laroq yaratilgan.
G‘ildirakning kashf etilishidan boshlangan yaratuvchanlik namunalari bugun
koinotda kezib yuribdi. Innovatsiyalar kundalik turmushimizda qulayliklar
yaratadi, og‘irimizni yengil, uzog‘imizni yaqin qiladi. Shu tarzda kreativlik
taraqqiyotning ajralmas bo‘lagiga aylangan. Barcha sohada ijodiy fikrlovchi
mutaxassislarga talab katta. Dunyoga mashhur dasturiy mahsulotlar, mobil
telefonlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mutaxassislaridan har kuni yangi g‘oya
so‘raladi. Mehnat bozorida kreativ fikrlovchi mutaxassislarga talab oshib
borayotgan ekan, ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalarning noodatiy fikrlash
qobiliyatini shakllantirish, rivojlantirish dolzarb vazifadir. Haligacha ta’lim
tizimida ko‘plab yondashuv va metodlar ijodiy fikrlash emas, talqin va tahlilga,
ya’ni berilgan ma’lumotnitushunib, to‘g‘ri yetkazishga, nari borsa, bir necha
axborotni
umumiylashtirib,
xulosa
chiqara
olishga
yo‘naltirilgan.
Xo‘sh, ta’lim oluvchilarni qanday qilib kreativ fikrlashga o‘rgatish mumkin?
Innovatsiya yaratish uchun tafakkurda qanday o‘zgarishlar kechishi lozim?
Tasavvur
bilimdan
muhim(mi?)
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish uchun dastlab bu tushunchaning
mazmunini bilish lozim. Kreativlik inglizcha “create”dan olingan bo‘lib, yaratish
ma’nosini bildiradi. Kreativlik deganda insonning yangilik yaratish, muammolarni
yechishga qaratilgan ijodiy qobiliyati tushuniladi. Uning tagzamirida originallik,
amaliylik, noodatiylik va erkinlik yotadi. Shuningdek, kreativ fikrlash muayyan
masala yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakursdan yondashishni
anglatadi.
Kreativlik
shaxsni
rivojlantiruvchi
kategoriyasifatida
inson
tafakkuri,
ma’naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi, u shaxs ega bo‘lgan bilimlarning
ko‘pqirrali ekanligida emas, balki yangi g‘oyalarga intilish, o‘rnatilgan
stereotiplarni isloh qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish
jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni,
berilgan bilimlarni takrorlash orqali kreativlikka erishib bo‘lmaydi, ijodiy fikrlash
jarayonida yangi fikr, yangi g‘oyaning paydo bo‘lishi asosiy shartdir. Masalan,
ingliz tilida so‘zlarni yodlab, grammatika qoidalarini “suv qilib ichib yuborgan”
bo‘lsangiz ham, insho yozolmasangiz, barchasi bekor. Shuning uchun kreativ
fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol o‘ynaydi. Albert Eynshteyn “Tasavvur —
bilimdan muhim” deganida aynan mana shu jihatni nazarda tutgan. Ko‘pincha
noodatiy fikrlar, yechimlar kutilmaganda inson xayoliga keladi. Buning uchun,
avvalo, fikrlash jarayonidagi bir xillikka, odatiylikka barham berilishi lozim.
Qoliplardanvoz
kechamiz
Inson miyasi o‘z ishini “yengillashtirish”, “qulaylashtirish” uchun shablon va
stereotiplardan foydalanadi. Stereotiplar shu paytgacha ma’lum bo‘lgan va
umumqabul qilingan fikrlardir. Ular asosida fikrlash bizga hech qanday yangi
g‘oya bermaydi. Qoliplarning yuzaga kelishida jamiyatda ustuvor bo‘lgan ijtimoiy
fikr, mediamahsulotlarda taqdim etilayotgan shakl va ko‘rinishlar ham yetakchi
o‘rin tutadi. Inson ommadan ajrab qolmaslik nuqtayi nazaridan hammaning fikriga
qo‘shiladi. Qolaversa, “oqim bo‘ylab suzish” mustaqil fikrlashdan ko‘ra oson
tuyuladi. Stereotiplar orqali fikrlaganda muayyan mavzu bo‘yicha inson ongiga
“so‘rov” berilganida odatiy ma’lumot va mulohazalar yuzaga keladi. Masalan,
“yangi yil” deganda to‘kin dasturxon, reklamadan tushmaydigan gazli ichimliklar,
archa va hokazolarni tasavvur qilish, bobo obrazida qo‘lida hassa tutgan,
ko‘zoynakli cholni ko‘rish qolip asosida fikrlashning ko‘rinishi. Kreativ fikrlovchi
insonlar odatiy manzaralardan o‘zgacharoq tasvirlarni ham tasavvur qilib, hech
kim
ilg‘amagan
jihatlarni
payqaydi,
yangilik
yaratoladi.
Engajablanarli jihati, ta’lim-tarbiya jarayoni ham bolalarni bir xil fikrlashga
o‘rgatib qo‘yarkan. Mashhur ixtirochi va kashfiyotchilarning aynan maktabdagi
ta’lim jarayonidagi bir xillikka ko‘nikolmagani, qoliplarga sig‘maganini ko‘rish
mumkin. Masalan, Albert Eynshteynning maktabdan haydalishi yoki Dmitriy
Mendeleyevning kimyo fanidan “uch” olgani bunga misol bo‘ladi.
Ken Robinson tomonidan tayyorlangan va YouTube saytida 5 million marta
tomosha qilingan “Maktab kreativlikni barbod etyaptimi?” nomli videolavhada
ham shu xususida so‘z boradi. Harf o‘rganish jarayonidayoq bolalarning
belgilangan chiziqlar bo‘ylab yozishi, topshiriqlarni bajarishda namunalar orqali
ishlashi, adabiyot darslarida asarni qanday tushunish kerakligi to‘g‘risida
ma’lumotlar berilishi, larning yaxshi bajaruvchilarni yaxshi baholashi natijasida
bolalar qoliplar doirasida fikrlay boshlaydi. Oqibatda ko‘plab yoshlar topshiriq
berilsa, namuna bormi, deb so‘raydigan holga kelgan. Bu oldin mavjud bo‘lgan
modellar asosida ishlashga o‘rganib qolish natijasi. Bunday vaziyatni bartaraf etish
uchun o‘quv jarayonida ijodkorlik sifatlarini tarbiyalashga ahamiyat qaratilishi
maqsadga
muvofiq.
Masalan, o‘quvchilarga “Sizga bir kunda 86400 AQSh dollari berilsa, uni
nimalarga sarflagan bo‘lardingiz?” kabi noodatiy savollar berilishi mumkin. Bu
savol o‘quvchining topqirlik, bilag‘onlik, ijodkorlik, masalaga turli nuqtayi
nazardan qaray olish, yashirin jihatlarni ochish kabi xislatlarini rivojlantiradi.
Sababi, 86 400 bir kundagi soniyalar miqdorini anglatadi. Savol orqali o‘quvchiga
harbir soniya qimmati anglatiladi, uni behuda sarflamaslik uqtiriladi. Agar
o‘quvchi savol tagidagi mohiyatni anglamasa, unda kreativ va evrestik sifatlar past
hisoblanadi.
Qolip va stereotiplar asosida fikrlashning bir necha ko‘rinishlari bor. Masalan,
qutbli tafakkur — hamma narsani ikki shaklda — yaxshi yoki yomon deb qabul
qilish, dunyoni oq va qora rangda ko‘rishdir. Aslida, yaxshi yoki yomon narsaning
o‘zi mavjud emas, uni fikrlarimiz shundayga aylantiradi. Har bir holat va
jarayonning ijobiy hamda salbiy jihatlari bor. Bir tomonlama yondashuv,
asoslanmagan xulosalar ham stereotiplar asosida fikrlashning ko‘rinishlaridir.
Ijodkorlikni yuzaga keltirish uchun stereotiplarning ongosti darajasida ijoddan
cheklovchi funksiya, shablonlardagi to‘siqni anglash, qoliplardan voz kechish
zarur. Kumir, brend va modaga ergashish mustaqil fikr kushandasi hisoblanadi.
Kiyinish, o‘zini tutish, kasb tanlash, hatto fikrlashdagi taqlid bunyodkorlik
faoliyatidan cheklashi mumkin. Shuning uchun nega aynan shu kiyimni tanladim,
nima uchunshu ichimlikni xarid qilyapman, deb OAV, reklama orqali inson ongiga
majburan singdirilayotgan ta’sirlardan voz kechish mustaqil qaror qabul qilishga,
media
qurshovidan
chiqishga
sabab
bo‘ladi.
Mashqlar
Tomas Edison “Kreativlik — g‘ayriixtiyoriy jarayon”, deydi. Lekin har kuni
ko‘plab mutaxassislar muammolarga noodatiy yechim topishga zaruriyat sezadi.
Ular mana shu g‘ayriixtiyoriy jarayonni ixtiyoriylashtirishi mumkinmi? Tabiatda
yangi fikrlarni yuzaga keltiruvchi “sehrli tayoqcha” yo‘q, biroq har qanday
mutaxassisning kreativ o‘ylashiga ko‘maklashadigan ko‘plab usullar mavjud.
Buning uchun ijodiy fikrlashga vaqt ajratish, ijodiy salohiyatni anglash lozim. Jorj
Bernard Shou hazillashib shunday deydi: “Ko‘pchilik yiliga ikki-uch marta
o‘ylaydi. Mening butun dunyoga mashhurligim sababi — haftada bir yoki ikki
marta o‘ylaganim”. Demak, xayolga kelgan yangi fikrlarni e’tiborsiz qoldirmaslik,
o‘ylash
uchun
imkon
yaratish
muhim.
Ijodkorlik chegarasini belgilang. Muammoli masalaga duch kelgan paytingizda
ijodkorlik chegaralarini belgilang. O‘zingizdan “Eng oddiy yechim nimada?” deb
so‘rang. Keyin “muammoni hal qilishning aql bovar qilmas varianti”ni tasavvur
qiling. Oddiy va hayratlanarli yechim o‘rtasida sizga ijodiy maydon paydo bo‘ldi.
Endi yangi g‘oya mavhum emas, uning chegaralari mavjud. Bu ijod jarayonidagi
psixologik
bosimni
yengillashtiradi.
“Olti shlyapa” usuli. Edvard de Bono taklif etgan “Olti rangli shlyapa usuli”da
biror mavzu tanlanadi. Navbatma-navbat shapkalar kiyiladi: oq — diqqat bilan,
hech qanday emotsiyasiz barcha faktlar tekshiriladi; qora — kamchiliklar
aniqlanadi;
Sariq — mavjud holat tahlil etiladi;
yashil — yana yangi bir necha g‘oyalar qo‘shiladi;
qizil — emotsionalmunosabat bildiriladi;
ko‘k — ish xotimalanadi. Masalan, ta’lim tizimiga oid qonunchilikni
takomillashtirish mavzusi ko‘rilayotgan bo‘lsa, mavjud qonunchilik o‘rganiladi,
kamchilik va bo‘shliqlar aniqlanadi. Qonuniy me’yorlarning real holat bilan
mosligi
yoki
qarama-qarshiligi
o‘rganiladi. Ta’lim sifatini oshirishga
xizmat qiluvchi takliflar beriladi, ular amalga oshsa, qanday samara berishi
izohlanadi.
Taklif
loyiha
shaklida
rasmiylashtiriladi.
Uolt Disneyning kreativ fikrlash nazariyasi. Uolt Disney ko‘ngilochar sohada o‘z
sanoatini yaratgan, animatsion multfilmlari bilan butun dunyoga tanilgan shaxs. U
dunyoga mashhur personajlarini yaratishda kreativlikning uch fazasi —
xayolparast, realist, tanqidchi obrazidan foydalanadi. Ya’ni, xayolparast rolida
hech qanday chegarasiz xayol suradi, fantaziya yaratadi. Bu jarayonda u Baxning
“Tokkata, fuga re minar” musiqasini eshitishini aytgan. Xayolida obrazlar
yaratilgandan keyin uni reallik bilan uyg‘unlashtiradi. Personaj qanday
harakatlanadi, qanday gapiradi — barchasini konstruktor sifatida jonlantiradi,
reallashtiradi.
Shundan keyin xayolparast va realist ishini tanqidchi ko‘rib chiqadi. Tanqidchi
“filtr” vazifasini bajaradi. Uolt Disneyning yutug‘i xayolparast, realist, tanqidchini
bitta shaxsda jamlay olganidir. Odatiy fikrlovchilarda ularning bittasi ustuvorlik
qiladi.
Tasodiflarga befarq bo‘lmang. Juda ko‘plab ixtirolar favqulodda va tasodifiy
holatlarda amalga oshirilgan. Ya’ni, taqdirning o‘zi insonga nozik ishoralar beradi.
Bu Isaak Nyutonningboshiga tushgan olma, antibiotikni kashf etgan olim
Aleksandr Flemingning yuvilmay qolib, mog‘orlagan laboratoriya idishlari
ko‘rinishida
bo‘lishi
mumkin.
Bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan narsalarni bog‘lash. Mobil telefon va kompyuter
imkoniyatlarini birlashtirish orqali planshet, yuk mashinasiga antenna o‘rnatilib
ko‘chma stansiya, qayiqqa osib qo‘yilgan mato tufayli yelkanli kemalar paydo
bo‘lgan. Shotlandiyalik shifokor J.Danlopning o‘g‘li tosh yo‘ldan velosipedda
yurib qiynalar edi. Danlop bog‘ini shlang bilan sug‘ora turib, uning yengil
prujinasimon sakrashiga e’tibor berdi. Natijada birinchi bo‘lib shinani kashf etdi.
Shuningdek, kreativlikning mikro va makrosignallarini anglash, uning inson
fiziologiyasi bilan bog‘liq jihatlari, ya’ni qanday holatlarda inson xayoliga yangi
fikrlar kelishini bilish ham muhimdir.
Dostları ilə paylaş: |