4-mavzu. Noodatiy fikrlash asoslari (qutichadan tashqarida fikrash) Reja



Yüklə 343,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix02.06.2023
ölçüsü343,27 Kb.
#123446
  1   2   3   4


4-mavzu. Noodatiy fikrlash asoslari (qutichadan tashqarida fikrash) 
 Reja: 
4.1. 
Noodatiy 
fikrlashning mazmun 
va 
mohiyati 
4.2. Noodatiy fikrlashni shakllantirish 4.3. Noodatiy fikrlash usullari 
Mavzuni 
o‘zlashtirish 
jarayonida 
talaba: 
Noodatiy fikrlash va uning mazmun-mohiyati, shakllantirish, shuningdek Noodatiy 
fikrlash usullaridan samarali foydalanish qoidalari va usullari haqida tasavvur va 
bilimga; 
Noodatiy fikrlash foydalanishni shakllantirish va takomillashtirish,
berilgan muammolarni noodatiy fikrlash orqali yechim berish,
tahlil qilish, tavsiflash ko‘nikmalariga; 
Noodatiy fikrlash jarayonini qo’llash va noodatiy fikrlash usullardan 
foydalanish malakasiga ega bo‘ladi. 
4.1. Noodatiy fikrlashning mazmun va mohiyati 
Noodatiy fikrlash – bu ixtiyoriy vaziyatdan chiqish maqsadida noizchil va hatto, 
mantiqsiz usullar orqali noodatiy, yangi, eng ma’qul qarorlarni izlab topa olish 
qobiliyatidir. 
Noodatiy fikrlash kishilarning odatiy fikrlash tarziga nomuvofiq, g‘ayrioddiy 
fikrlashi, noodatiy usul va yo‘llar bilan xulosalar chiqarishi; vaziyatdan 
chiqishning hatto g‘ayritabiiy, ammo eng maqbul muqobillarini izlab topish, 
masalalar va hodisalarga nisbatan har doim ijodiy fikrlash orqali yondashish 
ko‘nikmasidir. Har qanday kuchli iqtidor egasi noodatiy fikrlash tarzi mahsulidir. 
Odatiy fikrlash tarzi kishidagi iqtidorni yuzaga chiqarmaydi, uning ijodiy, 
intellektual va ilmiy salohiyatining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Oqibatda, 
qanchalik iqtidor va salohiyat egasi bo‘lmasin, odatiy fikrlash tarziga ko‘nikkan 
inson nari borsa boy informatsion bazaga ega “bilimli o‘quvchi” yoki “xodim”dan 
nariga 
o‘ta 
olmaydi. 
Vaholanki, agar ularda noodatiy fikrlash ko‘nikmasi shakllantirilganda, bu 
boradagi ularning intilishlari rag‘batlantirilganda mamlakatimizdagi fan va 
texnologiyalar sohasi bugungidan ko‘ra ancha yuksak marralarni zabt etgan 
bo‘lardi. Xush, ilm-fan rivoji uchun shunchalik ahamiyatli bo‘lgan “noodatiy 
fikrlash” deganda nimani tushunish kerak? U qanday namoyon bo‘ladi va qanday 
natijalarga olib keladi? Bir kuni universitet o‘qituvchisi Qirollik Akademiyasi 
Prezidenti, fizika fani bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Ernest Rezerfordga bir 
masalada yordam so‘rab, murojaat qiladi. U bir talabasiga fizika fanidan imtihonda 
eng past baho qo‘ymoqchi ekanligini, lekin talaba bu bahoga rozi emasligini 
aytadi. Ularning har ikkisi - o‘qituvchi ham, talaba ham uchinchi bir xolis 
shaxsning fikrini so‘rab ko‘rishga rozi bo‘ladilar. Ular bu masalada Rezerfordni 
tanlaydilar. Imtihonda berilgan savol quyidagicha edi: “Barometr - yordamida bino 


balandligini 
qanday 
o‘lchash 
mumkinligini 
tushuntiring”. 
Talabaning javobi quyidagicha edi: “Barometr bilan binoning tomiga chiqib, uzun 
arqonga barometrni bog‘lab, pastga tushirish, so‘ngra uni yana yuqoriga ko‘tarib, 
arqon uzunligini o‘lchash lozim, shu uzunlik binoning balandligini ko‘rsatadi”. 
Vaziyat murakkab edi, o‘z navbatida, javob ham to‘liq va to‘g‘ri bo‘lgan. Boshqa 
bir tomondan, imtihon fizika fanidan bo‘lgan, biroq javob esa bu sohada qo‘llash 
mumkin 
bo‘lgan 
bilimlarga 
unchalik 
mos 
kelmas 
edi. 
Rezerford talabadan javobni yana bir marta takrorlashni so‘raydi. Tayyorgarlik 
uchun olti daqiqa ajratib, talabaga javobda fizik qonuniyatlar aks etishi lozimligini 
tayinlaydi. Besh daqiqa o‘tgunga qadar talaba imtihon varaqasiga hech narsa 
yozmaydi. Rezerford talabadan imtihonni topshirish yoki topshirmasligini 
so‘raganida, u muammoning bir necha echimi borligini, shunchaki ular orasidan 
eng maqbulini tanlayotganini aytadi. Qiziqishi ortgan Rezerford vaqt tugamagan 
bo‘lsa ham, yosh talabadan javobni aytishini so‘raydi. Savolga endi quyidagicha 
javob yangraydi: “Barometr bilan binoning tomiga chiqing va barometrni ipga 
bog‘lab, pastga tashlang, tushish vaqtini belgilab qo‘ying. So‘ngra formuladan 
foydalanib, 
bino balandligini hisoblash mumkin”. SHunda Rezerford o‘z hamkasbi – 
o‘qituvchidan javobning ma’qul bo‘lgan yoki ma’qul emasligini so‘raydi. 
O‘qituvchi javob qoniqarli ekanligini tan oladi. Biroq, talaba bir necha javobni 
bilishini eslatadi va qolgan javoblarni ham aytishini so‘raydilar. 
Barometr yordamida bino balandligini o‘lchashning bir necha usullari mavjud, - 
deb boshlaydi talaba. 
Masalan, quyoshli kunda ko‘chaga chiqib, barometr va uning soyasi uzunligini 
o‘lchash mumkin. Xuddi shuningdek, bino soyasining uzunligi ham o‘lchanadi. 
So‘ng oddiy proporsiyani hisoblash orqali binoning uzunligini ham topish 
mumkin. 
Yomon emas, - dedi Rezerford. – Boshqa usullar ham bormi? 
Ha. Juda oddiy usul bor, bu usulning sizlarga yoqib qolishigi ishonchim komil. 
Barometrni qo‘lingizga olib, zinadan ko‘tarilasiz. 
Barometrni devorga tirab, belgilar qo‘yib borasiz. Belgilar sonini barometr 
uzunligiga ko‘paytirib, bino balandiligini bilib olasiz. Bu eng ajoyib usul. 
Agar sal murakkabroq usulni hohlasangiz, - davom ettirdi u, - barometrga ip 
bog‘lab, uni mayatnik kabi tebratib, binoning asosi va tomida gravitatsion 
kattalikni aniqlang. Bu kattalliklar orasidagi tafovutdan bino balandligini hisoblash 
mumkin. 
Nihoyat, - yakunladi talaba, - boshqa ko‘pgina usullar orasida bu masalaning eng 
ma’qul echimi shuki, barometrni olib, bino boshqaruvchisini topish va unga: 


“Janob boshqaruvchi, menda g‘aroyib barometr bor. SHu binoning balandligini ayt 
sangiz, uni sizga tuhfa qilaman” – deb aytish. 
Shunda Rezerford talabadan nahotki bu masalaning hammaga ma’lum bo‘lgan 
echimini bilmasligini so‘radi. U echimni bilishini tan oldi, biroq o‘quvchilarga o‘z 
fikrlash usullarini ro‘kach qilib, shunday fikrlashga majburlovchi o‘qituvchilardan 
zerikkanini, shuning uchun o‘zi to‘g‘ri deb hisoblagan javobni aytganligini 
ta’kidladi. 
(Bu talaba buyuk fizik, Nobel mukofoti sovrindori Nils Bor ( 1885-1962) edi.) 
Yer yuzasining aksariyat aholisi vakillari mantiqiy fikr yuritadilar. Bu oddiy 
hayotiy formula: “Hamma shunday qilyaptimi, demak, men ham shunday qilishim 
kerak”, 

degan 
fikrni 
anglatadi. 
Obrazli fikrlashni xuddi vertolyotdagi insonning yuqoridan turib, poezdning 
parovozidan to oxirgi vagonigacha, hatto, undan uzoqroqni ham kuzatayotgani 
kabi tasavvur etish mumkin. Ya’ni masala yuqoriroq, teranroq, kengroq, uzoqroq 
va 
har 
tomondan 
kuzatiladi. 
Noodatiy fikrlay olish yaxshi xislat. Noodatiy fikrlovchi kishi o‘z faoliyatida va 
oldingi natijalarda ham qoqilmaydi. U o‘zigacha hech kim qo‘llamagan, boshqalar 
uchun g‘ayrioddiy va mantiqsiz tuyulgan yangicha yo‘llar, metodlar va usullarni 
qidiradi. U faqat kelajak bilan yashaydi. Butun taraqqiyot shunday kishilar 
hisobiga amalga oshadi. Biroq bunday kishilar kamdan-kam uchraydi. Barcha 
insonlar ma’lum ma’noda noodatiy fikrlashga ega bo‘lishi mumkin: 
ijodiy fikrlash; 
kreativ fikrlash; 
yangi g‘oyalarni o‘ylab topish imkoniyati; 
noodatiy qarorlarni o‘ylab topish qobiliyati. 
Nima sababdan kishilar noodatiy fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirishni istashadi? 
Bunga erishish mumkinmi? Yoki biz tug‘ilganimizdayoq bizga berilgan ijod 
miqdori bilan yashashga mahkummizmi? Ijodiy fikrlashni rivojlantirish zarur ekan, 
buni qanday amalga oshirish mumkin? Ijodiy qobiliyatga ega bo‘lishning oqibati 
nimadan 
iborat? 
Diqqat! O‘z kelajagingiz haqida bir lahza o‘ylab ko‘ring. Sizni o‘z kelajagingiz 
qanday bo‘lishi o‘ylantiryaptimi? O‘ziga xos hayot kechirishshni istaysizmi? 
“Boshqalardan farqli” daromad egasi bo‘lishni hohlaysizmi? Noyob kasb egasi 
bo‘lmoqchimisiz? Ko‘pchilik erisha olmagan narsalarga erishish istagidamisiz? 
Demak, sizning tafakkuringiz siz o‘zib ketmoqchi bo‘lgan kishilarning standart, 
o‘rtamiyona 
fikrlaridan 
farq 
qilmog‘i 
zarur. 
A.Eynshteyn faraz qilish ko‘nikmasini bilimdonlikning eng yuqori pog‘onasi deb 
hisoblagan, 
farazsiz 
yangilik 
ochish 
mumkin 
emasligiga 
ishongan. 


Bas, balki oramizda insoniyat hayotini o‘zgartirishga qodir, buyuk nimadir yaratish 
istagida bo‘lgan kishilar bordir. Hech bo‘lmaganda, o‘z hayotini engillashtirishga 
uringan kishilar bo‘lishi mumkin.Unday bo‘lsa, buyuk olim xitoblariga amal qilib, 
darhol 
o‘z 
tasavvuringizni 
rivojlantirishga 
kirishishingiz 
darkor. 
Xo‘sh, nima uchun biz noodatiy tafakkurni shakllantirishimiz zarur? 
Buning sabablarini sanab o‘tishimiz mumkin: 
siz tanlagan har bir ishda muvaffaqiyatga erishish; 
hayotingiz yorqin, qiziqarli va baxtga yo‘g‘rilgan bo‘lishi; 
ko‘pchilik topa olmagan ixtiyoriy mushkul vaziyatdan chiqish yo‘lini topa olish 
(Stiven Spilbergning “Indiana Jons” filmini eslang, unda bosh qahramon unga 
xiyonat qilganlarida ham yoki qo‘lga tushganida ham doim g‘olib chiquvchi 
sayohatchi va arxeolog bo‘ladi); 
doimo hazil-mutoyiba qilish va doim ko‘tarinki kayfiyatda yurish imkoniga ega 
bo‘lish; 
osongina millioner bo‘lish, mayli, hech bo‘lmasa, shunchaki, boy 
bo‘lish(hayotda, 
asosan, 
boy 
kishilar 
noodatiy 
fikr 
yuritadilar); 
yaqin do‘stlar qurshovida bo‘lish (xuddi shunday noodatiy tafakkur bilan). 
Menimcha, odamlar kimning noodatiy tafakkuri kuchli bo‘lsa, shunday kishilarga 
intiladilar. 
Hozirgi zamonamiz HR-lari shunday fikrlarni ta’kidlaydilar (HR – ixtiyoriy 
tashkilotdagi shunday mutaxassiski, uning majburiyati ishchilarni tanlash, 
rivojlantirish, 
yo‘naltirish, 
ishdan 
bo‘shatishdan 
iborat): 
“Kompaniya 
menejerlarining yangi g‘oyalarni kashf etish qobiliyatiga kompaniyaning 
kelgusidagi 
taraqqiyoti 
bevosita 
bog‘liq”. 
Har qanday tijoratda shu kabi lahzalar bo‘ladi: mahsulot sifati va xizmatlarni 
ko‘tarish imkoni yo‘q, ammo uning narxini esa hech ham kamaytirish mumkin 
emas. 
Nima qilmoq kerak? Bunday paytda tijorat uchun yangi g‘oya izlab topish va 
rivojlanishning yangi bosqichiga chiqish uchun noodatiy tafakkurga ega xodimlar 
zarur bo‘ladi. “Noodatiy fikrlovchi” rahbarlar – bu inqiroz paytida tijorat uchun 
noyob topilmadir, ammo bunday rahbarlar juda kam uchraydi. Shuning uchun 
ularning qimmati oltinga teng. Shunday rahbarlar toifasiga kirishni istaysizmi? 
Qiziq, agar kreativ va noodatiy tafakkur dolzarb bo‘lgan kishilar ro‘yxati tuzilsa, 
ularga 
kimlar 
kiradi: 
kompaniyalar rahbarlari va top-menejerlari (agar ular tijoratning jadal rivojlanishi 
va yuqori daromad keltirishini hohlasalar); 
o‘z tijoratlarining doimo peshqadam bo‘lishini istovchi tijorat egalari, tijorat 
taraqqiyotiga ma’sul direktorlar, kompaniyaning art-direktorlari; 


o‘z faoliyatlari davomida agar ular uchun jamoaviy kreativlikni boshqarishni 
o‘rganish muhim bo‘lsa, jamoaviy muzokaralar (yig‘ilishlar, kengashlar
munozaralar, aqliy hujum tadbirlari) o‘tkazish imkoniyatidan foydalanuvchi 
mutaxassis va rahbar xodimlar; 
reklama agentliklarida tijorat bo‘yicha mutaxassis-frilanser bo‘lib faoliyat 
yurituvchi yoki ish boshlamoqchi bo‘lgan mutaxassislar va “erkin ijodkorlar” 
(maslahatchilar, trenerlar, koucherlar, jurnalistlar va boshqa mutaxassislar); 
ixtiyoriy ijod va “ijodga yaqin” kasb vakillari; 
yanada oqilroq, samaraliroq va “ildamroq”ishlashni hohlovchilar; 
yanada oson va jo‘shqinroq ish yuritishni istovchilar; 
kasbiy faoliyatda va mansabdatez yuksalish va martabaga erishish istagida 
bo‘lganlar; 
shaxsiy hayotida kreativ usullarni qo‘llashni hohlaganlar; 
yangiliklardan hayratga tushadigan va boshqalarni ham hayratga solishni istovchi 
kishilar va boshqalar. 
Qiziq, nima uchun ayrim toifa kishilar kashfiyotlar qilish va yangiliklar yaratishga 
qodir, boshqa bir toifadagilar esa bunday qila olmasliklarini shaxsan siz qanday 
izohlagan bo‘lar edingiz? 

Yüklə 343,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin