3. Agrar sohada yerlardan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan islohotlar. Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan
biridir. Qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda uning asosiy omili vavositasi bu yerdir. Ayni vaqtda yer ulkan boylik boʻlibgina qolmay, mamlakatning kelajaginibelgilab beradigan omil hamdir, yerlardan foydalanishda Respublikadaqator muammolar mavjud boʻlib, bu muammolar oʻzining ilmiy-amaliyechimini kutmoqda. Agrar sohada olib borilayotgan islohotlarning asosiye’tibori ham aynan sugʻoriladigan yerlardan samarali foydalanishnitashkil etishga qaratilgan.
Yerdan samarali foydalanishning optimal yoʻllaridan biri uning unumdorligini toʻgʻri oshirishga erishishdir. Qishloq xoʻjaligini isloh qilishga alohida e’tibor berishni tarmoqning mamlakat iqtisodiyotida tutgan oʻrni ham taqozo etadi.Mamlakatimiz ishlab chiqarish va intelektual
salohiyatining yarmidan koʻprogʻi mutanosib tarzda bevosita qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq. Qishloq xoʻjaligi mahsuloti mamlakatga valyuta tushumlarining katta qismini ta’minlaydigan muhim eksport manbalaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida yer bilan bogʻliq munosabatlarning huquqiy asoslari yetarli darajada shakllantirilgan.
Amaldagi “Yer kodeksig”ga oʻzgartirishlar kiritishni koʻpgina olimlar tavsiya qilganlar. Bunda yerdan samaraciz foydalanganlik, uning degradasiyasini keltirib chiqaruvchi faoliyatlar uchun subʼyektlarga jazo choralarini kuchaytirish, yerdan foydalanish jarayonlari ustidan davlatning toʻliq nazoratini oʻrnatish zarur.
Iqtisodiy adabiyotlarda yerlarni iqtisodiy baholash muammosi keng yoritilgan, biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida yerlar maxsus tadqiqot obʼyekti sifatida kam oʻrganilgan.
Jumladan, N.M.Sagatov, A.A.Abdugʻaniyev, F.Aminovlar oʻz asarlarida yerlardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi koʻrsatkichlarni tavsiflab berganlar. Ularning tavsiflarini e’tirof etgan holda, shuni takidlaymizki, ushbu mualliflarning asarlarida sugʻoriladigan yerlardan foydalanish samaradorligi muammosi erkin iqtisodiyot sharoitida deyarli oʻrganilmagan.
Yerlarning iqtisodiy - ekologik holatini va rivojlanish darajasini tavsiflovchi bir qancha koʻrsatkichlar mavjud.Yer resurslarini baholashda asosan yerning miqdor va sifatini hisobga olish hamda iqtisodiy baholash muallif tomonidan maqsadga muvofiq jarayon deb qaraladi. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlardan intensiv foydalanish samaradorligining asosiy koʻrsatkichlari bu yer qaytimi va yer sigʻimidir.
1–jadval