Insonparvarlik prinsipi. Akmeologiya asosini tashkil etuvchi metodologik prinsiplardan oxirgisi insonparvarlik prinsipi hisoblanadi. Inson rivojlanishidagi asosiy prinsiplardan biri bo‘lgan ushbu prinsipning umumiy falsafiy-metodologik mohiyatini qisqacha ochib berar ekanmiz (uning ko‘p jihatliligi, tarixiy jihatdan o‘zgaruvchanligi va boshqa sabablar tufayli), shuni aytib o‘tish mumkinki, dastavval jamiyat tomonidan foyda, manfaat, maqsad sifatidagi ideal yoki qadriyat toifasining o‘zi ishlab chiqilgan, so‘ngra esa insonning ushbu maqsadlarga erishishga intiluvchi sifatida tushunilishi ishlab chiqiladi. Oxirgi g‘oya voqelik va ideal, ijtimoiy shafqatsizlik, zulm, insonning jabrdiydaligi va qadriyatlarda qamrab olingan ideallar o‘rtasidagi keskin ravishda vujudga kelgan ziddiyatlar ta’siri ostida vujudga keldi. Shu sababli inson nafaqat qadriyatlar “tashuvchisi” sifatida, balki voqelik va ideal kuchlarning ziddiyatlari bilan kurashuvchi sifatida namoyon bo‘ladi. Kant insonning ushbu zarurat, shafqatsizlik, betartiblik dunyosidan ustun bo‘la olish va o‘z xulqini insoniyatning oliy qonunlariga ko‘ra o‘zi belgilay olish kabi ma’naviy qobiliyatini ajratib ko‘rsata oladi.
Zamonaviy ekzistensializm, avvalambor M.Xaydegger timsolida, ushbu imkoniyatni mushohadaga asoslangan mavhumlik sifatida emas, balki mavjudligi yolg‘izlikka, qarovsizlik, xavotirlik va shu kabi kechinmalarga mahkumlik bilan kechadigan hayotiy holat sifatida ifodalab berdi. Ekzistensializm ma’naviy problematikani yaxshilik va yomonlik kabi yuqori jihatlardan odatiy hayot darajasiga olib tushdi. Biroq, u hal etish kalitini taklif qilmagan holda mavjud holatni ifodalab berdi xolos. U yashirin holda ideallarni qanday saqlab qolish va ayniqsa, maydalashib ketayotgan, kundalik, ahamiyatsiz, nohaqqoniy bo‘lib borayotgan hayot oldida ular uchun kurashish imkoniyati muammosini ilgari surdi.
Ekzistensializmda bazo‘r namoyon bo‘lgan ushbu muammo ekzistesializmni hayotning kundalik falsafasi sifatida, psixotahlilni psixoterapevtik amaliyot sifatida, insonni psixoterapiyada patsient sifatida anglash qiyoslashga muvaffaq bo‘linganda aniq namoyon bo‘ladi. Muammo hayot qiyinchiliklariga qaramasdan ideallarga ergashishda emas, balki ushbu qiyinchiliklardan (endilikda qahramonona falsafiy g‘oya ilgari surgan yovuzlik, adolatsizlik emas), hayot “mojarolari” va “muammolari”dan xalos bo‘lish maqsadida psixoterapevt (vosita) topishdan iborat. Biroq, ko‘rinib turibdiki, psixoterapevt o‘z harakatlarini ideallar va qadriyatlarga yo‘naltirmaydi, balki u patsient shaxsi bilan amalga oshiradigan noma’lum harkatlarni amalga oshiruvchi texnologiya, metodikalar bilan ishlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu еrda sub’ekt paradigmasiga qarama-qarshi bo‘lgan paradigma mavjud bo‘ladi: o‘z nomukammalligini, hayot qiyinchiliklarini insonning o‘zi еngib o‘tmaydi, balki buni boshqa kishi yordamida amalga oshiradi, aslida u mijoz, ob’ekt.
Psixoterapevt sub’ekt bo‘lishning ushbu yaxlit qobiliyatini qanchalik tiklay olishi haqida, psixoterapiyaning samarali ekanligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lmasdan turib hukm chiqarish mumkin emas. Aniqrog‘i, g‘arb va еvropa mamlakatlarida katta mablag‘ga ega bo‘lgan inson uchun psixoterapevt usiz hayotini tasavvur qila olmaydigan, hayotining xizmat ko‘rsatuvchi tarkibiy qismiga aylanib qoladi. Shu sababli zamonaviy psixologiyada optimizm-pessimizmga, baxtga, ya’ni insonning yaxshiroq kelajakka, va shu bilan birga ideallar va qadriyatlarga ishonishga psixologik layoqatliligi-layoqatsizligiga bag‘ishlangan tadqiqotlar, shuningdek, shaxsning o‘zidagi nekbinlik - baxtga (uning immanent xususiyati kabi) intilishini yoki ularning hayot yo‘li, uning muvaffaqiyatli-muvaffaqiyatsizligini o‘rganish dolzarb masalaga aylanib bormoqda.
Akmeologiya qadriyatlarni inson ongiga zo‘rlab singdirgan ideologiya(mafkura)dan farqli ravishda shaxs haqidagi fan ekanligi muhim ahamiyatga ega, va aynan shu sababli u odamlarga qator tushunchalarni, ular asosida yangidan qadriyatlar o‘sib chiqishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatmalar, muammolar majmuini taklif qila oladi va taklif qilgan. Individuallik deklaratsiyasi ayblovlaridan qo‘rqmagan holda akmeologiya shaxsning e’tiborini uning o‘ziga, uning “men”iga, uning shaxsiy hayotiga, ya’ni totalitarizm davrida begonalashtirilgan barcha narsalarga e’tibor qaratgan holda yo‘naltiradi. Masalan, insonning rivojlanish ideallari haqidagi fan bo‘lgan akmeologiya nima uchun asosiy tushunchalar qatoriga “individ” tushunchasini kiritadi? Chunki insonga uning salomatligi qadrli ekanligi, o‘zining ishga layoqatliligi haqidagi g‘amxo‘rlikni, organizmi uchun ijobiy va salbiy yuklamalar haqidagi tasavvurlarni singdirish, ya’ni shaxs tomonidan yupqalashib ketgan hayotiy asosni anglash orqali voqelikni tiklashni boshlash hissini qaytarish zarur.
B.G.Ananevning fikrini eslatib o‘tar ekanmiz, shuni ta’kidlash lozimki, u nafaqat insonning bilimliligi va ko‘nikmalari haqida qayg‘urgan, balki uning asosiy muammo bo‘lgan jismoniy, hayotiy, shuningdek, hissiy, shaxsga oid kuchlari jihatidan hayotga tayyorligi haqida ham qayg‘urgan. Shu sababli akmeologiya uchun qadriyat prinsipi insonparvarlik prinsipiga mos keladi va inson hayoti sarhadlaridan tashqarida bo‘lgan mavhumlikda emas, balki uning shaxsiy o‘zligi, uning salomatligi, nekbinligi, mehnatga layoqatida namoyon bo‘ladi. Ushbu qadriyatlarni aftidan, yaqin kunlardagidek, rivojlanish uyg‘unligi haqidagi quruq formula bilan bog‘lamaslik zarur.
Shaxsning o‘zining qadriyatlarini, uning qadr-qimmatini va ma’naviyatini (endilikda nafaqat uning salomatligini) qayta tiklashni shuningdek, tafakkurdan emas, qadriyatga oid mavhumliklardan ham emas, balki shaxsning qadriyatga oid-hissiy va avvalambor ta’lim sohasidagi asoslarini qayta tiklashdan boshlashga to‘g‘ri keladi. Bola shaxsiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishni insonparvarlashtirish vazifasi V.A.Ponomarenko fikriga ko‘ra, uning vijdonini qiynalishga o‘rgatishdan, uni boshqalarning azoblanishidan qiynalishga o‘rgatishdan, uni o‘zi ustidan g‘alaba qozonganligidan xursand bo‘lishga o‘rgatishdan va itoatkorlikni hurmat qilishga o‘rgatishdan iborat. Bu “sahovatning jonli etikasi”ni qayta tiklash vazifasidir.
Katta yoshli kishining ma’naviyat sohasi qanday yo‘l bilan qayta tiklanishi mumkin? Ushbu savolga javob akmeologlar va psixologlar tomonidan izlanmoqda. Ushbu savolga javobni qisman hayotning o‘zi, uning shaxsning eng oliy qadriyalari sinovdan o‘tuvchi vaziyatlari beradi. Aynan shu sababli akmeologiyaning hayot ziddiyatlarini tahlil qilishga va ularni hal etish usullariga, inson keltiruvchi xulosalarga va u qiyinchiliklarni еngib o‘tish orqali aylangan shaxsga yo‘naltirilganligi muhim ahamiyatga ega.
“Inson bu dunyoga nima bilan keladi, u nimani yaratadi va ketayotib o‘zining ortida nima qoldiradi? Ushbu savollarga javoblar, aslini olganda, inson hayotining asosiy jihatlarini belgilab beradi. Biroq, ular o‘z ta’riflari bilan inson bu dunyoda duch keladigan, еngib o‘tadigan va yutib chiqadigan narsalarni qamrab ololmaydilar”, - deb yozgan edi S.L.Rubinshteyn o‘zining nafaqat falsafiy antropologiya va ontologiya, balki akmeologiya sohasidagi asari hisoblangan, hayotidagi so‘ngi asari bo‘lgan “Inson va dunyo” kitobiga yozilgan izoh-kundaligida. Ushbu so‘zlar akmeologlar tomonidan hayot vaziyatlarini va odamlar tomonidan ularni hal etish usullarini umumlashtirish uchun dastur, asos bo‘lishi mumkin edi.
L.I.Ansiferova murakkab va inqirozli hayot vaziyatlari muammolariga bag‘ishlangan jamiki jahon psixologik adabiyotini umumlashtirgan holda, shaxsning hayot qiyinchiliklari bilan “mos kelishi” strategiyalari, deb atagan qator strategiyalarni ajratib ko‘rsatdi. Biroq inson hayotida murakkab, tang va qiyin vaziyatlardan tashqari, u tashqi va ichki sharoitlardan kelib chiqqan holda o‘z-o‘zini qadriyatga oid ravishda o‘zgartirish yoki boshqa kishini qadriyatga oid-ma’nan qo‘llab-quvvatlash, o‘z munosabati bilan uning insoniy mohiyatini undagi eng yaxshi, kuchli va ezguliklarni uning o‘ziga ko‘rsatgan holda mustahkamlashi mumkin bo‘lgan qator hayotiy vaziyatlar mavjud. Boshqa kishining sevgi, insonparvarlik sifatidagi oliy mohiyatini mustahkamlash haqida S.L.Rubinshteyn ham o‘z kitobida yozgan.
Shunday qilib, qadriyatlar va insonparvarlik prinsiplari shaxsni qo‘llab-quvvatlashning uch ko‘rinishiga yo‘naltirilgan: 1) uning xislatlarini sub’ekt sifatida va uning hayotiy ziddiyatlarni mustaqil ravishda hal etish qobiliyatini tan olish; 2) uning intellektual imkoniyatlarini faollashtirish, “ozod qilish”, uni ularni egallash shaxsga ziddiyatlarni eng maqyuul ravishda hal etish imkoniyatini beruvchi usullar sifatida anglash; 3) shaxs uchun u o‘z imkoniyatlarini ochib berishning yangi darajasiga ko‘tariluvchi nisbatan tabiiy yoki sun’iy vaziyatlarni modellashtirish yo‘li bilan. Akmeologiyaning har uch yo‘nalishdagi vazifalari insonni jamiyat yoki mehnat (ishchi kuchsi sifatida) tomonidlan talab etiladigan darajaga qadar, yoki u o‘zi belgilagan darajaga qadar (individuallikka qadar) rivojlantirishdan emas, balki uning o‘zi uchun rivojlantirishdan iborat. Akmeologiyaning insonparvarlik vazifasi, inson hayotining haqiqiyligi, uning o‘z-o‘zini amalga oshirish to‘liqligiga imkoniyat yaratishdan iborat.