4-Mavzu: Pedagogik akmeologiyaning metodologik prinsiplari va yondashuvlari. Mavzu rejasi



Yüklə 59,43 Kb.
səhifə3/11
tarix02.08.2023
ölçüsü59,43 Kb.
#138374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4-MARUZA

Sub’ektga oid yondashuv.Agar akmeologiyadagi kompleksning asosi avval aytib o‘tilganidek, shaxs bo‘lsa, akmeologik tizimning tizim hosil qiluvchi omili (B.F.Lomov ta’rifiga ko‘ra) sub’ekt, ya’ni sub’ekt sifatida namoyon bo‘luvchi shaxs hisoblanadi. Bu akmeologiya shaxsni ob’ekt sifatida o‘rganmaydi, degani emas, biroq, bu faqatgina ma’lum chegaralarga qadar shunday demakdir: uning dastlabki holatini o‘rganish, diagnostika qilish, malakalashtirish. Shaxsni ob’ekt sifatida diagnostik jihatdan o‘rganish natijalari shaxsni amaliy, real takomillashtirish jarayonlarining, ham sub’ektning o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan (I.N.Semenovga ko‘ra, o‘z-o‘zini takomillashtirishning refleksiv usullar asosi sifatida) takomillashtirish jarayoni kabi, ham akmeolog tomonidan sub’ekt bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan akmeologik qo‘llab-quvvatlash, treninglar, o‘yin texnikalari kabi zahiralari, manbalariga aylanadi. Pedagogika o‘zining ta’sir ko‘rsatuvchi, vazifa bajaruvchi, shakllantiruvchi yo‘naltirilganligi bilan akmeologiyaga yaqin. Yaqin kunlarga qadar aynan pedagogika nafaqat shaxsda takomillashtirish jarayoni sub’ektini ko‘rmagan, balki uni hattoki, shakllantiruvchi ta’sirlarni shaxsning real, mavjud xususiyatlari va xislatlariga bog‘lash uchun tadqiqot, o‘rganish ob’ekti sifatida ham nazarda tutmagan.
Sub’ekt prinsipi akmeologiya uchun paradigmal hisoblanadi. Shaxs bevosita takomillashtirish kabi, o‘z faoliyati va akmeologik texnologiyalari vositasida bilvosita ifodalangan takomillashtirish sub’ektiga aylanadi. O‘z-o‘zini takomillashtirish muammosi faqatgina bir qarashda o‘ta oddiy bo‘lib ko‘rinadi. S.L.Rubinshteynning fikriga ko‘ra inson ichidagi mohiyatga oid dunyo uning hayoti va faoliyati natijasidir. Aslini olganda insonni o‘z-o‘zini takomillashtirish muammosiga ham aynan shu narsa taalluqli: o‘zini yaxshilash emas, balki hayotda nimadir yaxshilik qilish zarur, maqsad shunday bo‘lishi lozim, o‘z-o‘zini takomillashtirish esa faqatgina uning natijasidir.
Avval aytib o‘tilganidek, sub’ektga oid yondashuv yoki prinsip akmeologiya paradigmasi hisoblanadi. Falsafa tarixida, mamlakatimiz psixologisi doirasida asrlar davomida u yoki bu darajadagi sur’atlar bilan o‘rganib kelinayotgan sub’ekt prinsipi S.L.Rubinshteyn tomonidan uning ko‘p jihatli va shu bilan birga tizim hosil qiluvchi sifatida faollashtirilgan va ishlab chiqilgan. Sub’ektni Gegel ta’rifiga ko‘ra tafakkur faolligi manbai sifatida tushunishdan farqli ravishda Rubinshteyn uning ta’rifining boshqa toifalari, jihatlarini ajratib ko‘rsatdi. XX asrning 20-yillaridayoq u sub’ektni insonning dunyodagi chekka emas, balki markaziy holatini ko‘rsatib bergan holda mavjudlikni tashkillashtirish markazi sifatida belgilab berdi. U uning o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini aniqlashtirish, o‘z-o‘zini takomillashtirish qobiliyatini ochib berdi. Sub’ektning asosiy jihati sifatida Rubinshteyn uning takomillashtirish qobiliyatini, insonning o‘z rivojlanishi, idealining eng maqbul darajasiga erisha olish qobiliyatini ajratib ko‘rsatdi. Shu vaqtdan boshlab rivojlanish ta’limoti gorizontal bo‘ylab harakatlanish, bosqichma-bosqichlikka bog‘lanmaydigan bo‘ldi. Inson rivojlanishidagi “vertikal”, uning yuqoriga yo‘naltirilgan tabiati namoyon bo‘ldi. Shubhasiz, sub’ektni bu kabi anglash g‘arbning insonning loyiha sifatidagi falsafiy g‘oyasiga, Sh.Blyurning shaxsning o‘z-o‘zini amalga oshirishga bo‘lgan tug‘ma ehtiyoji haqidagi g‘oyasiga juda yaqin. Biroq, S.L.Rubinshteyn tomonidan sub’ektga takomillashishga bo‘lgan talabi va qobiliyati orqali berilgan falsafiy ta’rifi, gap shaxs haqida borganda psixologik va akmeologik jihatdan aniqlashtirishga muhtoj. Shaxs sifatida o‘sish, shaxsni “etishtirish” (V.V.Davidov g‘oyasiga ko‘ra) g‘oyasi avval aytib o‘tilganidek, inson e’tiborini o‘z “Men”iga yo‘naltirishni anglatmaydi, o‘z yutuq-kamchiliklarini refleksiv tarzda qayta ko‘rib chiqishni taqozo qilmaydi, o‘z-o‘zini takomillashtirishni bevosita hayot maqsadiga mujassamlashtirmaydi.
L.S.Vigotskiy shaxsni insoniyat madaniyatiga olib kirish kabi muhim vazifani qo‘ydi, biroq, uni o‘rgatish, ta’lim berish vazifasiga bog‘ladi. Aslida, shaxsni takomillashtirish bu nafaqat shaxs tomonidan insoniyat madaniyatini egallash, balki shaxs tomonidan “madaniy darajaga” erishish, shaxs tomonidan madaniyatni ishlab chiqish deb aytish mumkin. Ushbu vazifa faqatgina sub’ektning o‘zi tomonidangina hal etilishi mumkin. Insoniyat uchun sub’ektlilik prinsipi tarixiy taraqqiyot g‘oyasida namoyon bo‘ldi (garchi tarix na xukmdorlar, na xalqlar, umuman tarixiy jarayon taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsata olmasligini isbotlab bergan bo‘lsa-da). Shaxs uchun sub’ektlilikka erishish avvaldan belgilab qo‘yilgan me’yorga erishish emas (garchi shaxsga oid madaniyat mezonlari akmeologi va unga yaqin bo‘lgan yo‘nalishlarda izohlangan bo‘lsa-da), balki uzluksiz ravishda o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilish demakdir. Shu nuqtai nazardan “akme” tushunchasi hayotiy harakat va rivojlanishning yakuniy nuqtasini emas, balki kelgusida harakatlanish uchun yangi sarhadlarni ochib beruvchi cho‘qqini anglatadi. Bir vaqtning o‘zida sub’ekt bu muxtorit, mustaqillik, tashabbuskorlik va mas’uliyat demakdir.
Sub’ektning ko‘plab turli yondashuvlari va ta’riflari shakllantirilgan. Sub’ektning falsafadagi, madaniyatdagi, revolyusiyaga qadar, Rossiya va chet el psixologiyasidagi turli konsepsiya va tushunchlarni tahlil qilish V.A.Tatenko tomonidan “Sub’ektga oid o‘lchamlar psixologisi” kitobida keltirilgan. Psixologiyadagi sub’ekt muammosiga bag‘ishlangan monografiya muallifi A.V.Brushlinskiy, shaxs doimo sub’ekt bo‘ladi, deb hisoblaydi. Sub’ektning akmeologik prinsipining o‘ziga xosligi egotsentrizm bilan ham emas, o‘z-o‘ziga munosabat bilan ham emas, tahlil qilish qobiliyatiga ham emas, va hattoki tashabbuskorlik va mas’uliyat faolligining namoyon bo‘lishi bilan ham emas, balki avvalambor turli ko‘rinishdagi qarama-qarshiliklarni hal etish bilan, ya’ni K.A.Abulxanova shaxsni sub’ekt sifatida baholashda birinchi va asosiy sifatda ajratib ko‘rsatgan mezoni bilan bog‘liq. Aynan qarama-qarshiliklarni hal etish sub’ektga erkinlik, o‘ziga ishonch, mustaqillik kabi tajribalarni taqdim qiladi, mutanosiblikka erishishiga sabab bo‘ladi.
Qanday qarama-qarshiliklar nazarda tutiladi? Shaxs rivojlanishining mavjud holati, sifati, darajasi o‘rtasidagi, uni tashkillashtirish va ijtimoiy sharoitlar hamda ideal bilan muvofiqlashtirish o‘rtasidagi ziddiyatlar demakdir. Bu ushbu shaxs qobiliyatlari, individualligi, o‘ziga xosligi, ehtiyojlari va u tegishli bo‘lgan jamiyat va hayot talablari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar. Bu shaxsning genetik jihatdan belgilab qo‘yilgan ehtiyojlari, uning imkoniyatlari va ularni amalga oshirish me’yori, u erisha olgan o‘z-o‘zini amalga oshirish darajasi o‘rtasidagi ziddiyatlardir. Bu shaxs faoliyati, intilishlari va ularning natijalari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar va h.k. Ularni hal etar ekan shaxs sub’ekt sifatida o‘z еtukligiga erishadi.
Akmeologiya uchun sub’ektlilikning ikkinchi mezoni o‘z hayot faoliyatining tashqi va ichki sharoitlariga egalik qilish erkinligi, shaxsning o‘zini va boshqa odamlarni hayot munosabatlarining tarixiy еtuk munosabatlari sub’ekti sifatidagi eng maqbul rivojlanishini qurish qobiliyati hisoblanadi. Shaxsning hayotiy munosabatlari tizimi va uning rivojlanishining umumiy psixologik-pedagogik prinsipi. Va nihoyat, shaxs sub’ektliligining eng muhim mezoni, shubhasiz bazaviy shaxsiy ta’limni aks ettiruvchi “Men-konsepsiyasi”ning mavjudligi, biroq, u o‘zining muayyan arxitektonikasida, o‘zining mutanosibligida shaxsning sub’ektliligi darajasi haqida fikr yuritish imkonini beradi. O‘z davrida shaxsga oid tuzilmaning asosiy tarkibiy qismlarini o‘zining “Umumiy psixologiya asoslari” asarida ta’riflar ekan, Rubinshteyn uning tarkibiy qismlari sirasiga uch jihatni kiritadi: inson nimani xohlaydi (bu uning talablari, sabablari, faoliyati), u nima qila oladi (uning qobiliyatlari, imkoniyatlari, manbalari), va nihoyat uning o‘zi nima (uning dunyoqarashi, tabiati qanday va h.k.). Agar istaklar qobiliyatlarga mos kelmasa, tabiat esa qobiliyatlarni istaklarni amalga oshirish yo‘lida qo‘llash imkonini bermasa, shaxsiy ziddiyatlar sotsium bilan qarama-qarshiliklarga olib keladi. Ushbu tarkibiy qismlarni uyg‘unlashtirish sub’ektning yuqori darajadagi imkoniyatlarini ta’minlaydi.
Psixoijtimoiy yondashuv mamlakatimiz fani uchun, garchi u chet el asarlarida ancha yildan buyon o‘rganib kelinayotgan bo‘lsa-da, еtarli darajadagi yangi metodologik tabiatga ega. Mamlakatimiz psixologiyasida K.A.Abulxanova-Slavskaya Rossiya mentaliteti va ijtimoiy tafakkur krossmadaniy tadqiqotlarini olib borish bilan bog‘liq ravishda ushbu prinsipni ishlab chiqishga murojaat qildi. Psixoijtimoiy yondashuv mohiyati o‘rganilayotgan ob’ektga tomon aprior andoza yoki nazariyadan emas, balki uning haqiqiy holatining tarixiy, ijtimoiy, madaniy, shaxsga oid determinatalarini aniqlashdan, harakatlanishdan iborat. Psixoijtimoiy tadqiqot predmeti mavhum shaxs emas, balki muayyan Rossiya, Fransiya yoki boshqa jamiyatda yashovchi shaxs, uning tafakkurining o‘z hayotining tarixiy, biografik holatlari, hayotiy qarashlari, milliy, kasbiy tegishliligi, yoshi, jinsi bilan belgilanuvchi o‘ziga xosligidir.
Akmeologiya aynan shu turdagi tadqiqotlarni olib boradi. Avval aytib o‘tganimizdek, uni davlat xizmatchisi, boshqaruvchi, pedagog shaxsi, ushbu shaxsning kasbiy maqomi, uning ta’limi, kasbiy staji, yoshi va h.k.lar qiziqtiradi. Tadqiqotning bu kabi turi mumtoz psixologik tadqiqotlardan nimasi bilan ajralib turadi? Axir psixologiyada tanlovlar sifatida shakllangan holda goh o‘qituvchilar, goh talabalar, goh vrachlar o‘rganiladi, ularning yoshi va jinsi e’tiborga olinadi. Biroq, akmeologiyada tanlov asosiy emas, balki qo‘shimcha o‘zgaruvchi sifatida xizmat qiladi, vaholanki bunda kompleks o‘zgaruvchi sifatida o‘z jihatlarining jamiki majmuida kasbiy faoliyatining muayyan turi sub’ekti sifatidagi shaxs namoyon bo‘ladi.

Yüklə 59,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin