4-Mavzu: Pedagogik akmeologiyaning metodologik prinsiplari va yondashuvlari. Mavzu rejasi



Yüklə 59,43 Kb.
səhifə1/11
tarix02.08.2023
ölçüsü59,43 Kb.
#138374
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4-MARUZA


Mashg’ulot turi: ma’ruza.(29.09.2021.)

4-Mavzu: Pedagogik akmeologiyaning metodologik prinsiplari va yondashuvlari.
Mavzu rejasi:
1.Akmeologiyaning metodologik prinsiplari va yondashuvlari.
2.Pedagogik akmeologiyadagi umummetodologik yondashuvlar.
3.Pedagogik akmeologiyadagi umumiy metodologik prinsiplari.
4.Pedagogik akmenologiyada tadqiqotning muayyan metodologik prinsiplari
Tayanch tushunchalar: metodologiya, umumilmiy ta’limot, muayyan-ilmiy ta’limot, majmuaviy yondashuv, tizimli yondashuv,sub’ektga oid yondashuv. determinizm, rivojlanish, insonparvarlik prinsiplari. faoliyat sub’ektini, hayot faoliyatini, yashirin va dolzarb, operatsional-texnologik, aks aloqani o‘rganish prinsipi


IV.1. Pedagogik akmeologiyadagi umummetodologik yondashuvlar, majmuaviy, tizimli, sub’ektga oid.
Pedagogik akmeologiya o‘ziga xos ilmiy metodologiyaga egadir.

  • metodologiya (ta’limot) – nazariy va amaliy faoliyatni tashkillashtirish va qurish prinsiplari va usullari tizimi, shuningdek, ushbu tizim haqidagi ta’limot;

  • umumilmiy ta’limot – ilmiy fanlarning еtarli darajadagi katta majmuaga tarqaluvchi umumilmiy mohiyatga oid qarashlar tizimi, prinsiplar, yondashuvlar, umumilmiy tushuncha va toifalar;

  • muayyan-ilmiy ta’limot – u yoki bu maxsus ilmiy fanda qo‘llaniladigan prinsiplar, usullar, jarayonlar.

Pedagogik akmeologiyadagi umummetodologik yondashuvlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Majmuaviy yondashuv. XX asrda majmuaviy yondashuvning rivojlanishi polideterminatsiyalangan, murakkab tizimlashtirilgan ob’ektlar va mavjudlik sohasining mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib qoldi. U bilim va fanlarning turli sohalarining o‘zaro munosabatlarining ortib borishi tamoyilini, fanlararo tadqiqotlarning zarurligini ifodalaydi. Majmuaviy (kompleks) yondashuvning dastlabki rivojlanishi yondash biokimyo, geobiokimyo, psixofiziologiya kabi fanlarning tadqiqot sohalari paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Keyinroq, bilimlarning ushbu yangi chegara sohalaridan tashqari, inson hayot faoliyatining chegaradoshlik prinsipi bilan ifodalanmagan turli sohalarini qamrab oluvchi muammolar vujudga kela boshladi. Ushbu muammolarning ko‘pchiligi gipotetik mavhum tabiatga ega bo‘lmagan, balki insoniyatning XX asrdagi rivojlanishining amaliy vaziyati tufayli vujudga kelgan. Bu atom va ekologik halokatlar, insonning kosmosga uchishi, OITS va saraton kabi o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan kasalliklarning paydo bo‘lishi va tarqalishi, shuningdek, inson omilining turli jihat va o‘zgarishlaridagi muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan texnik taraqqiyotining uzluksiz o‘sib borishi.
Insonni anglashning yangi sohasiga olib kelgan majmuaviy yondashuvni ishlab chiqish taniqli pedagog olim B.G.Ananevning nomi bilan bog‘liq. U insonni to‘laqonli o‘rganish va u haqidagi bilimlarni bilimning mustaqil sohasiga aylantirish yondashuvini izlash maqsadiga to‘liq javob bergan. U tashkil etgan va rahbarlik qilgan kompleks tadqiqotlar ham aynan shu maqsadga yo‘naltirilgan. Biroq, tabiatning turli jihatlari va insonning ijtimoiy mohiyati o‘rtasida izlanayotgan aloqalar umumiy metodologik-nazariy andozalarga tayanmaganda, ular ushbu andozani izlash usullariga aylanib qolgan bo‘lar edi. B.G.Ananev tomonidan ishlab chiqilgan kompleks yondashuvni tarixiy-psixologik jihatdan retrospektiv tahlil qilar ekan, uning o‘quvchisi N.A.Loginova kompleks yondashuvning ko‘p jihatlilik, ko‘p omillilik, ontologik determinant va ontologik tarkibiy qismlar kabi ayrim umumiy ta’riflarini keltirib chiqardi. Uning nuqtai nazariga ko‘ra ob’ektning yoki uning faoliyat sohasining umumiyligi, tartibliligi va tashkillashtirilganligidan iborat bo‘lgan tizimli yondashuvdan farq qiladi.
Kompleks yondashuvning psixologiyadagi o‘ziga xosligini ochib berar ekan, B.F.Lomov, uni rivojlantirish tamoyili kompleks ravishda o‘rganishni talab etuvchi fundamental muhim muammolarni aniqlash bilan bog‘liq, degan fikrni ilgari surdi. Qator mualliflar kompleks yondashuvning jamlanmaligini, ko‘p jihatliligini, muammoga oid ekanligini darajalarga ajratadilar.
Akmeologiyaning mantiqqa to‘g‘ri kelmasligi shundan iboratki, umumiy metodologik prinsiplar va yondashuvlar unda yo‘naltiruvchi vazifasini, uning predmetini aniqlovchi vazifasini bajargan holda osongina o‘z ifodasini topadi.
Akmeologiyada kompleks yondashuvning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u insonni o‘rganishdagi umumiylik va haqiqiy amaliy takomillashtirilishida yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi. U haqiqiy va ideal holat, tabiiy ravishda shakllangan va optimal xususiyatlar kabi turli jihatlarga ega bo‘lgan aniqlovchilarni taqqoslashga yo‘naltiradi. U rivojlanishning shaxsiy darajasini oliy, eng maqbul darajaga o‘zgartirish usullarini taqdim qiladi, u ko‘pincha inson faoliyati va uning rivojlanishining tarqoq jihatlarini birlashtiradi. Akmeologiyadagi kompleks yondashuv individuallik va sub’ekt sifatidagi istiqbollarni ochib beradi. U hayot va faoliyatdagi shaxs haqidagi tasavvurlarni birlashtiradi. Boshqacha aytganda, akmeologiyadagi kompleks yondashuvning asosiy vazifasi inson mavjudigining turli xislatlari, xususiyatlari, holatlari, modalliklarini rivojlantirishdan iborat. Shu jihatidan u Ananevning inson haqidagi fanlarni insonni anglashning alohida sohasiga qadar rivojlantirish fikrlarining bevosita davomi sifatida o‘rganilishi mumkin. Biroq, agar insonni anglashda, Ananevning fikriga ko‘ra, kompleksning asosi inson bo‘lsa, akmeologiyada kompleksning asosi inson mavjudligining eng murakkab va aniq darajasi sifatidagi shaxs hisoblanadi.
Akmeologiyadagi kompleks yondashuv nafaqat inson haqidagi fanlar, bilimlarning birligini, balki uning ontologik jihatdan turlicha bo‘lgan xislatlari aloqalarining birligi va usullarini aniqlashga yo‘naltirilgan. U gnoseologik emas, balki ontologik rolni bajaradi. Akmeologik kompleksdagi eng murakkab holat, tadqiqot va diagnostika yordamida shaxs rivojlanishining jarayon-amaliyotga oid bo‘g‘imi uning eng maqbul ravishda o‘zgartirilishi bo‘lgan dastlabki bosqichini aniqlashdir. Tadqiqot odatdagi kabi amaliyotga tatbiq qilinmaydi, yoki u tomonidan tasdiqlanmaydi, balki keyingi bosqichi akmeologik qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lgan kompleksning vazifaga oid mustaqil bo‘g‘imi bo‘lib xizmat qiladi. Akmeologik qo‘llab-quvvatlash diagnostik va tadqiqot bosqichi kabi, shaxsning hozirda mavjud bo‘lmagan, biroq, kelajakdagi maqbul holati, maqbul modeli bilan ham bog‘liq. Kompleks bo‘g‘imlari izchil ravishda va bir vaqtning o‘zida nazariy maydonda ochib berilgan.

Yüklə 59,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin