4-Mavzu: Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari. Ijtimoiy tarbiyada mahallaning o‘rni. Mavzu rejasi



Yüklə 59,72 Kb.
səhifə2/6
tarix01.12.2023
ölçüsü59,72 Kb.
#170881
1   2   3   4   5   6
4 maruza

Shaxsning ijtimoyilashuvi. SHaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. CHunki ta’lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog’liq bo’lgan holat va hodisalar o’rgatiladi. Bu jarayonda o’quvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Ular ma’lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko’rsatma) orttiradilar, ya’ni, ijtimoiylashadilar.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. CHunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallr, axloqiy me’yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o’rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a’zosi bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta’sir etadi. Bu ta’sir ta’lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g’oyalar, ijtimoiy muhit ta’sir ko’rsatadi.
Odamlar ijtimiy me’yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o’rganadilar.
2. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari
Har bir fanni shu fanning oʼrganish predmetiga asoslangan bilimlar tizimi ajratib turadi. Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va kategoriyalarida aks etadi. Tushuncha - real olamni bilish jarayonida aks etish shakllaridan biri. Reallikning oʼzgaruvchanligi va koʼp qirraliligi tufayli tushunchalar dinamik, rivojlanadigan xarakterga ega. Ular tarixiy holat va hayot sharoitlariga bogʼliq ravishda oʼzgaradi.
Har qanday fan rivojlanishi jarayonida tushunchalar fan kategoriyalariga birlashadi. Fan kategoriyalari shu fanda qoʼllaniladigan yanada kattaroq, amaliy tushunchalardir. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalariga olimlar “ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “ijtimoiy taʼlim” va “ijtimoiy tarbiya”ni kiritishadi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat va ijtimoiy taʼlim. Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom va rol, ijtimoiy xulq-atvorning meʼyor va qoidalari haqida koʼp bilimlarni oʼzlashtiradi. U shuningdek, uning jamiyatga koʼnikishiga yordam beruvchi turli koʼnikma va malakalarni ham oʼzlashtiradi. Bu jarayon ayniqsa da juda jadal amalga oshadi. Maʼlumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida oʼz aksini topuvchi nihoyatda koʼp bilimlarni oladi.
Bolalar ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati shuki, bola jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish meʼyorlariga baho berishi va nazorat qilishi qiyin. U bularni faqat oʼzlashtirib boradi. Shuning uchun bolalarning ijtimoiylashuv jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxassislarning (psixolog, shifokor, pedagoglar, “agent”lar) taʼsiri katta boʼlib, bolalarni hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshiroq oʼzlashtirishlari, ularni hayotda qoʼllashga intilishlari aynan ularga bogʼliqdir. Buning ijtimoiy pedagogika bilan bogʼliqligi shundaki, maktab yoki boshqa taʼlim muassasida taʼlim olish jarayonida maʼlumki bola avvalo akademik bilimlarni oʼzlashtiradi. Biroq shu bilan bir paytda u muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, koʼnikma va malakalarni qoʼlga kiritadi. Bu bilim, koʼnikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida bolaga maxsus yordam kerak boʼlganda juda zarur boʼladi.
Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni bolaga yetkazish, unda ijtimoiy malaka va koʼnikmalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy taʼlim deyiladi..

Yüklə 59,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin