4-Mavzu: Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari. Ijtimoiy tarbiyada mahallaning o‘rni. Mavzu rejasi



Yüklə 59,72 Kb.
səhifə5/6
tarix01.12.2023
ölçüsü59,72 Kb.
#170881
1   2   3   4   5   6
4 maruza

Mavzu rejasi:
1. Milliy mentalitet va uning ijtimoiylashuvda tutgan o‘rni.
2.Mahalla ijtimoiylashuvning an’anaviy omili sifatida.
3.Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni.
Tayanch ibora va atamalar: shaxs tushunchasi, individ, inson, ruh, aql, bosh miya, rivojlanish, salomatlik, ta'lim-tarbiya, shaxsning rivojlanishi, shaxsni rivojlantiruvchi omillar, ta'lim-tarbiya, biologik, ijtimoiy omillar, irsiyat, muhit, oila muhiti, ijtimoiy muhit, mahalla, maktab, tarbiya, shaxsning kamol topishida tarbiya va faoliyatning bog'liqligi, go'daklik davri, yangi davr, maktabgacha tarbiya yoshi, kichik maktab yoshi, O'smirlik davri, o'spirinlik davri, jismoniy va ruhiy kamolot, barkamol shaxs.
Milliy mentalitet va uning ijtimoiylashuvda tutgan o‘rni.
Ijtimoiy pedagogikaning amaliyoti va nazariyasi xalqning etnografik, tarixiy, madaniy an’analari va xususiyatlariga bog‘liq va inson, insoniy qadriyatlar haqidagi diniy va axloqiy qarashlarga suyanadi. Inson sivilizatsiyasi davomida har qanday jamiyat o‘zi mustaqil mavjud bo‘lishini ta’minlay olmaydigan a’zolari: bolalar, qariyalar, kasallarga munosabat mavzusi bilan bir necha bor duch kelgan. Bunday odamlarga munosabat jamiyatning g‘oyaviy, ijtimoiy, iqtisodiy, axloqiy va milliy xususiyatlariga bog‘liq ravishda rivojlangan va ularning jismoniy yo‘q qilinishidan tortib, jamiyatda to‘liq integratsiyalashuvlarigacha bo‘lgan ko‘rinishlarda ifodalangan.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, davlat va jamiyat rivojining o‘ziga xos yo‘lini tanlashi, milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarni tiklash, saqlab qolish imkonini berdi va hayotning barcha jabhalarida milliy xususiyatlarni inobatga olish vazifasini qo‘ydi.
Bugun shaxs shakllanishiga bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi omillarni alohida inobatga olish kerak. Bunday omillarga nafaqat moddiy, g‘oyaviy va psixologik sharoitlar, balki shaxsning shakllanishi ro‘y bergan muhit ham mansubdir. Bu jarayonga mustaqil davlatlarda olib beriladigan millatlararo munosabatlar milliy siyosat ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu ayniqsa shaxsiy hislatlarning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bunday xislatlarga milliy o‘z-o‘zini anglash, g‘urur, iftixor kabi tushunchalar kirishini e’tiborga olsak, shaxsning axloqiy shakllanishi umuminsoniy qadriyatlar bilan birga chambarchas bog‘liq holda kechadi, dab xulosa qilish mumkin.
O‘zbek xalqi o‘ziga xos etnik muhit egadir. Bunday muhitda bolalar yoshligidan o‘z ona (milliy) tillarining va unda aksini topgan ertaklar, afsonalar, rivoyatlar, maqollar, ashulalarning ta’sirida bo‘ladilar. Bolalar asta-sekin milliy an’analar, urf-odatlarning aniq me’yorlariga ko‘nikishadi. O‘quvchilarda milliy tarixni, adabiyotni o‘rganishi va ona tillarida turli ma’lumotlarni olishi orqali o‘smirlik yoshida o‘z mansubligini va etnik umummilliylikni anglash ro‘y beradi.
Etnomadaniy sharoitlarning ijtimoiylashuviga ta’lim mentalitet (bu tushuncha XX asr boshida fransuz olimi L.Levi Bryul tomonidan fanga kiritilgan) darajasida namoyon bo‘ladi. Mentalitetning tarqalishi xalq tushunchasidan xoli bo‘lmaydi. Etnos-bu tarixan bir hududda shakllangan, til, madaniyat, ruhiyatning umumiy, nisbatan barqaror xususiyatlariga ega, shuningdek boshqa shunday tuzilmalardan o‘z-o‘zini anglashi bilan ajralib turuvchi insonlar majmuasidir. Etnos (xalq)ga mansublik tug‘ilishdanoq bo‘lmay, ijtimoiylashuv, shaxsning muayyan madaniy sohadagi shakllanishi, bolaning axloqiy steriotiplarni o‘zlashtirishi davomida paydo bo‘ladi. Etnosning muhim hususiyatlaridan biri etnik o‘z-o‘zini anglashning mavjudligidir. Etnosni boshqa etnoslardan ajratib turuvchi xususiyatlarga (til, qadriyat, me’yor, din, ilmiy xarakter, san’at) asosan shu etnosning a’zosi deb hisoblanadigan kishilarning mavjudligi bo‘yicha aniqlasa bo‘ladi.
Etnos insonlarning ijtimoiy-pedagogik birligi sifatida har bir inson uchun muhim vazifalarni bajarishi mumkin: himoya qilish, nafaqat ijtimoiy, balki jismoniy o‘zini his qilishi uchun. Etnik jamiyat vaqtda muqimdir, uning tarkibi barqarordir. Inson etnik maqomga ega va uni etnosdan ajratib bo‘lmaydi. Shu xususiyatlar uchun etnos inson uchun qo‘llab-quvvatlash guruhi hisoblanadi.
Etnosning shaxsiy, ijtimoiy, faoliyat darajalaridagi xususiyatlari etnopsixologiya orqali ifodalanadi. Etnopsixologiya o‘z ichiga milliy hissiyat va kayfiyat, milliy madaniyat va mo‘ljal, milliy an’analarni oladi. So‘ngi paytlarda etnopsixologiyada “milliy xarakter” tushunchasi kam ishlatilmoqda. Etnik guruhlarning psixologik xususiyatlarini ifodalash uchun esa mentallik va mentalitet tushunchalari qo‘llanilmoqda.
Mentallik insonning olam, o‘zining bu olamda tutgan o‘rni haqidagi tasavvurlari asosida yetgan obrazlar tizimidir, ya’ni mentallik etnik guruhga u yoki bu davrga xos bo‘lgan o‘ziga yarasha dunyoqarashdir.
“Mentalitet” kategoriyasi gumanitar fanlarda an’analar va madaniyat orqali aniqlab beriluvchi ommaviy dunyoqarashning tarkiblarini ifodalash uchun ishlatilmoqda. Mentalitetning turli ta’riflari mavjud. Mentalitet bu anglanmagan darajadagi jamoa tasavvurlari majmuasi bo‘lib, muayyan tabiiy-iqlimiy va tarixiy-madaniy sharoitlarda shakllangandir. (A.V. Mudrik)
Mentalitet – bu shaxs yoki ijtimoiy guruhning dunyoni muayyan obrazda qabul qilish, his qilish va unda tafakkur yuritishini ichiga oluvchi individual va jamoa ongining darajasidir. Mentalitet shu xalqning uzoq tarixiy rivojlanishi natijasida shakllanadi va milliy xarakter, iqtisodiy va ijtimoiy xulq atvorning milliy modelini belgilab beradi.
Mentalitet hatto bir mafkura boshqasiga o‘zgarganda ham o‘zining asosiy parametrlarini saqlab qolish mumkin. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda mentalitet madaniyatga tegishli odamlarda umumiy aqliy qurilmalari ning mavjudligi bilan aniqlanadi. Turli xalqlarning mentalitlari farqi ular quyidagi ijtimoiy hodisalar: ijtimoiy tuzilmaga baho berish, huquq va odat haqidagi qarashlari, ozodlikka munosabati, ozodlikni tushunishlari, mehnat, mulkchilik, boylikka munosabatlari, zamon va makonni tushunishlarini qanday qabul qilishlarida namoyon bo‘ladi.
Mentalitet – bu xalq madaniyatining keng maydondagi kvint-esseksiyasidir. “Mentalitet” kategoriyasi, odatda ijtimoiy psixologik kategoriya sifatida tushuniladi. Mentalitet tushunchasining tarkibini psixologik tahlili mentalitet tushunchasini muayyan madaniyatda yashovchi odamlarning integral tasviri sifatida tushunish imkonini beradi. Bu tahlil I.G.Dubrov, V.I.Kukushkin, A.S.Pamarin, V.S.Barulinlar tomonidan o‘tkazilgan. Boshqacha aytganda mentalitet jamiyatning ma’naviy-ruhiy qiyofasi, jamiyat dunyoqarashining asosiy o‘lchovi sifatida tushuniladi.
Mentalitet ijtimoiylashuv jarayonida muhim o‘rin tutadi, chunki u ijtimoiy axborot tashuvchisi hisoblanadi. Ijtimoiy axborot bu holatda 3 asosiy guruhda bo‘ladi:
ishlab chiqarish qurollari va mehnatning jamoaviy natijalari;
ob’ektiv ijtimoiy munosabatlar;
til va muloqot.
Mentalitet ijtimoiy axborotning o‘ziga xos qismi sifatida o‘zining uzatish kanallariga ega. Ular orasida eng asosiylari tabiiy muhit, mumtoz va boshqa keng tarqalgan matnlar, til strukturalari, kundalik yumushlar hisoblanadi. Hozirgi kunda hali fanda mentalitet tushunchasi tor va keng ma’noda tushuniladi.
Keng ma’noda mentalitet jamiyat, jamiyat ongini qabul qilish o‘ziga xosligi sifatida o‘zining tabiat va ijtimoiylashtirishni qabul qilishga o‘zicha dunyoga munosabatda bo‘lish imkonini beradi.
1-chizma.

Mentalitet (keng ma’noda) dunyo=arash, jamiyat ongi, bu jamiyatning umumiy a=liy asbobi sifatida


Jamiyat ongi



Ommaviy ong

Ixtisoslashgan (ilmiy ong) (fan, madaniy, g‘oya, siyosat)



Ong elementlari: kongnitiv, hissiy-aqliy kam o‘zgaruvchan

Ommaviy fikr, ommaviy kayfiyat

Tarbiyalanuvchilarning milliy psixologik xususiyatlarini ijtimoiy pedagog inobatga olishi kerak. Milliy psixologiyani bila turib, u tarbiya ishining sifatini oshirishda kerakli qoidalarni topa olish mumkin. Etnopsixologiya pedagogika faniga muayyan milliy guruhlar vakillari tomonidan tarbiyaviy ta’sir choralarini qabul qilishning o‘ziga xoslik, turli xalqlarning tarixiy tajribasini inobatga olib, tarbiya tadbirlarining mazmunini, u yoki bu millat vakillarining tarbiya choralariga ko‘nikishlari xususiyatlarini, aniq etnik guruh vakillarida milliy psixologiyaning ifodalanishini, turli xalqlarda tarbiyaviy ta’sir paytida nizomiy munosabatlarning ifodalanishi xususiyatlarini, milliy mintaqalarda odamlarga nisbatan qo‘llanilayotgan psixologik ta’sirga bog‘liq ravishda tarbiya ishining mahsuldorligi, turli millat vakillarining muomalasi jarayonida shaxslararo munosabatlarning shakllanishini o‘rganishga yordam beradi.


Insonlarning milliy psixologik xususiyatlari ularning faoliyatiga quyidagi shakllarda ta’sir ko‘rsatadi:
faoliyatning milliy o‘ziga xosligi;
inson xislatlarining milliy xususiyati;
axloqiy holatning milliy o‘ziga xosligi.
Milliy psixologik xususiyatlar nafaqat inson ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatadi, balki bu jarayonga muayyan tuzilish va mazmun beradi.
Milliy psixologiyada ijtimoiy ong hodisasi sifatida to‘rtta sohani ajratsa bo‘ladi.
Motivatsion fan sohasi milliy umumiylikning sabablari va g‘oyalarining o‘ziga xosligini xarakterlaydi.
Intellektual soha esa milliy psixika tashuvchilari tafakkurining o‘ziga xosligini xarakterlaydi. Bu jihat ularda aqliy hislatlar mavjudligida ifodalanadi.
Kommunikativ soha esa har bir xalqning o‘rnatilib bo‘lingan o‘zaro munosabatlar me’yorlari, o‘z axloq stereotiplari, o‘z rahbarlik shakllari mavjudligidan dalolat beradi.
Shunday xalq gipotezasi mavjudki, har bir xalq nerv tizimi va aqlining tug‘ma xususiyatlarining faoliyat yuritishida o‘z xususiyatlariga ega. Bu esa milliy xarakterning emotsional-irodaviy sohalarining o‘ziga xosligini keltirib chiqaradi.
Milliy psixologik xususiyatlar ko‘nikma va stereotiplar mexanizmlari orqali namoyon bo‘ladi. Qurilmalar insonning muayyan shaklda u yoki bu hodisani qabul qilishidir, ya’ni qurilma muayyan faoliyat yuritishga tayyorlik, biror bir milliy jamoa vakili o‘z etnik sharoitlaridan kelib chiqib milliy mentaliteti shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida milliy axloqiy me’yorlari va qadriyatlar, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanish yo‘nalishlarini mustahkamlash, atrof-muhitdagi odamlarga baho berish, o‘z millati nuqtai nazariga mos kelmaydigan g‘oyalarni qoralash vazifasini bajaradi.
Ijtimoiy va pedagogik amaliyot, bir qator tadqiqotlar insonning milliy majburiyatini shakllantiruvchi asosiy ijtimoiy institutlar sifatida oilani e’tirof etadi. Oila:
milliy axloqiy normalarni o‘zlashtirish, milliy madaniy muhitga va uning qadriyatlariga ko‘nikishning eng bevosita va abadiy manbasi hisoblanadi.
millat psixologiyasi jihatlarining taqlid yo‘li orqali alohida shaxslar ongi va ruhiy olamiga kirishini ta’kidlaydi.
milliy qadriyatlarga amal qiladi, ularni saqlaydi.
o‘zining milliy tarbiyaviy ahamiyati inson hayoti davomida saqlab qoladi.
milliy odatlar, urf va an’analarning asosiy tashuvchisi hisoblanadi.
Oilaning barcha sanab o‘tilgan xususiyatlari o‘zbek oilasida o‘zining yorqin ifodasini topadi.
O‘zbek xalqi shaxsiy xislatlarida ifodalangan milliy xususiyatlari oilada milliy va diniy qadriyatlar asosida shakllangan va avloddan-avlodga o‘tib ta’lim-tarbiya, odat, marosimlar, qoidalar shaklida mustahkamlangan. Bunday qadriyatlarga avvalo o‘z yurtining o‘tmishiga hurmat, milliy an’analarga sodiqlik va ularni hayotga tadbiq etish kiradi. Milliy xususiyatlarning shakllanishiga mehnat faoliyatining xarakteri va yo‘naltirilganligi, ijtimoiy jarayonlarda qatnashish darajasi, madaniy ta’lim darajasi ta’sir qiladi.
Milliy xislatlar shakllanishining asosi milliy, tarixiy, madaniy, diniy, axloqiy qadriyatlar hisoblanadi. Ularning shakllanishi, saqlanishi va boshqa avlodlarga uzatilishi vositasi- milliy odat va an’analar hisoblanadi.
Axloqiy qadriyatlar asosida o‘zbek oilasida rostgo‘ylik, vazminlik kabi xislatlar shakllanadi. O‘zbek oilasining pedagogik va psixologik xususiyatlari alohida e’tiborga loyiq. Chunki ular hayot tarzi, ma’naviy axloqiy muhit, tarbiyaviy tamoyillarni belgilab beradi. Bularga milliy qadriyatlarga sodiqlik, diniy amallarga hurmat, bolalarni yaxshi, xayrli ishlarni qilishga undash, o‘z so‘zida turish, kattalarning yoshlarga namuna bo‘lishi, sabr-toqatli bo‘lish, yosh xususiyatlarining inobatga olinishi, munosabatlarning hamkorligi, o‘zaro hurmat tamoyillari asosida qurilishi kiradi.
Bir qator tadqiqotlar va shaxsiy kuzatuvlar asosida biz shunday xulosaga keldikki, tarbiyaviy ta’sirlarning natijalari o‘zbek millatining o‘ziga xos xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Ularni esa shartli ravishda ikkiga bo‘lsak bo‘ladi:
xarakterli-ishonuvchanlik, hissiyotlik, sodiqlik, sabrlilik, bolalarni sevish;
axloqiy-tarbiyalanganlik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, mehribonlik, insoniylik, insoflilik, g‘amxo‘rlik, saxiylik. vatanparvarlik.
An’analar iqtisodiy va ma’naviy borliqning tarkibiy unsuri sifatida qaysidir ma’noda bizning hayotimizni kelajak bilan bog‘laydi. Har bir rivojlanish bosqichida an’analarning mazmuni va ahamiyati aniq ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va vazifalar bilan belgilanadi.
Ijtimoiy hayotning barcha jabhalari-maishiy, ijtimoiy, san’at sohasining zaruriy tarkibiy qismi bo‘lish bilan birga, an’ana va odatlar odamlarning har bir davrdagi ko‘p asrli qarashlarini mujassamlashtiradilar. Aksariyat hollarda an’analarning kelib chiqishi muhim tarixiy hodisalarga borib taqaladi.
Xalqda faqatgina insonlarni tashqi va ichki holatda birlashtiruvchi shu qadriyatlar qadrlanadi. An’analar qanchalik qadimiylik ega bo‘lsa, shuncha ishonch bilan ularning ahamiyati va uning jamiyat institutlari tomonidan qabul qilinishiga e’tibor qaratsa bo‘ladi.
An’analar o‘z ifodalarini topish bo‘yicha nihoyatda milliylik xususiyatiga egadirlar,, biroq tarixiy rivojlanish mobaynida ular boshqa xalqlari tomonidan ham boyitiladi va shu paytning o‘zidayoq umumxalq, xalqaro qiyofaga ega bo‘lishadi. An’ana va odatlarga ikki o‘zaro bog‘liq ijtimoiy vazifa xosdir: a) shu jamiyatda o‘rnatilgan munosabatlarni barqarorlashtirish vositalari, b) bu munosabatlarni yangi avlod hayotida amalga oshirish. Bu vazifalar turli yo‘llar bilan amalga oshiriladi: agar an’analar bu hayotda qanday harakat qilish lozimligini aniq belgilab qo‘ygan bo‘lsa, unda an’analar, yurish-turishning umumiy me’yorlari yoki tamoyillarini ilgari surishadi.
Hozirgi kunda o‘zbek xalqining mentaliteti milliy istiqlol g‘oyasiga asoslanadi. O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning fikricha quyidagilar milliy mentalitetning asosiy tushunchalari hisoblanadi:
Vatanga muhabbat:
ona tiliga muhabbat:
milliy axloqiy, madaniy, ma’naviy qadriyatlar:
oila:
mahalla:
islom dini:
ta’lim va ma’rifatning o‘rni:
umuminsoniy qadriyatlarga tayanish.
2. Mahalla ijtimoiylashuvning an’anaviy omili sifatida. O‘zbek mentalitetining muhim xususiyatlaridan biri maxsus ijtimoiy tuzilma mahallaning mavjudligidir.
Toshkent shahrida XIX asrdan boshlab mahalla mavjud. Ularning tashkil topishi va faoliyat yuritishi bir tomondan milliy- psixologik xususiyatlari, boshqa tomondan esa aholiga yoshligidanoq ijtimoiy munosabatlarga g‘arq bo‘lishlariga imkon yaratish bilan bog‘liqdir. Boshqacha aytganda, mahalla mikrotsizm bo‘lib, unda axloqiy tamoyil va qoidalarga amal qilish, marosim va jamoat faoliyatining boshqa turlarida ishtirok etish orqali shaxsning yanada kattaroq hamjamiyatda ijtimoiylashuvi usullari shakllanadi. Mahallaning demokratiyalashuv, ijtimoiylashuv, insoniylashuv va mukammallashuv jarayonlariga faol ta’sir qila olishini O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov quyidagicha ta’kidlab o‘tgan: “Mahalla-bizning jamiyat hayotida insoniy tarbiya va kelishuvning o‘zgarmas manbasi. Tarixning guvohlik berishicha, bizning davlat daryolar bo‘yida paydo bo‘lgan. Tabiat kataklizmalari, tashqi hayvonlarni birgalikda yengish, qiyin kunlarda qo‘llab-quvvatlash bizning ajdodlarimizni jamoa bo‘lib yashashga o‘rgatgan.
Mehribonlik, rahmdillik kabi insoniy hislatlar aynan mahallada shakllanadi. Bu ma’noda mahallani o‘z-o‘zini boshqarish maktabi, kerak bo‘lsa, demokratiya maktabi desa bo‘ladi”.
Ijtimoiylashuv nafaqat shaxsning jamiyatda qulayliklarga ega bo‘lishini ko‘zda tutadi, balki shaxsning muayyan axloqiy va etnik qoidalarni egallashini ham ko‘zda tutadi. Shu borada mahalla ijtimoiylashuvining unikal mexanizmi hisoblanadi. Chunki unda:
har bir inson amal qilishi kerak bo‘lgan muayyan axloqiy qonunlar ishlab turadi;
muomala bir qator axloqiy tamoyillarga asoslanadi;
hokimiyatga ishonch va xizmat, shaxsiy namuna kuchi kattalarga hurmat, bolalar haqida g‘amxo‘rlik;
axloq va jamoatchilikning tarbiyasi amaliy faoliyatga kiritish orqali amalga oshiriladi;
ommaviy ong qadriyatlari mahalladan oila va shaxsga uzaytiriladi;
alohida shaxs hayotining asosiy bosqichlari jamoaning barcha a’zolari tomonidan kuzatuvda bo‘ladi.
Alohida tarixiy davrlarda an’anaviy hayotiy muammolarning buzilishiga urinishlar amalga oshirilishiga qaramay, mahalla bunga qarshilik ko‘rsatdi va an’ana, odatlarning saqlanib qolishiga yordam beradi.
Mahallaning ijtimoiy o‘rni shunda namoyon bo‘ladiki, u doimo jiddiy ijtimoiy o‘zgarishlarga o‘z munosabatini bildirgan va oliy insoniy hamda axloqiy tamoyillarga tayanadi. Masalan, XXasrning 20-30 yillarida mahallada ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishga qo‘shilishi, savodsizlikni bartaraf etish, aholining madaniy dunyoqarashini kengaytirish qo‘llab-quvvatlangan
Hammaga mahalla aholisining Rossiya, Ukraina, Belorusiyadan evakuatsiya qilinganlarni qabul qilganliklari ma’lum. Mahalliy aholi vakillari ko‘chib kelganlarga o‘z uylarining bir qismini berishgan, moddiy yordam ko‘rsatishgan. Mahalla jamoalari nihoyatda yuqori axloqiy va ijtimoiy salohiyatga ega, ular odamlarda yaxshi niyatlilik, o‘zaro hurmat, o‘zaro tushunish kabi hislatlarni tarbiyalashadi.
Mahalla an’analarni saqlab qolish va ularni yoshlarga yetkazish, jamiyatni demokratiyalashning ilk davrlarida milliy qadriyatlarning tiklanishiga katta yordam bergan. Yangi sharoitlarda mahalla o‘z-o‘zini boshqarish organi sifatida yangi mazmun va ahamiyatga ega bo‘ldi. Bunga O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov tomonidan ham ta’kidlangan.
Mahalla maktablari yuqori sinf o‘quvchilarining ijtimoiy va ma’naviy qiyofalari ham ancha o‘zgarib qoldi. Ularning aksariyati muassasa, maktablarda tashkiliy ish tajribasiga egalar. Oqsoqollarning aksariyat qismi savodxon, ularning ba’zilari ilmiy darajaga egadirlar. Mahalla insonlarning axloqiy birlashuvi markazi bo‘lishni davom ettirmoqda. Bu avvalambor, mahalla qo‘mitalari faoliyatlarining asosiy yo‘nalishlaridan biri ijtimoiy mehnatlarni, shu jumladan obodonlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilishda namoyon bo‘ladi. Bunaqa ishlarning asosiy turlari-ariqlarni tozalash, daraxtlarni kesish, axlatni chiqarish kabi hasharlardir. Bunaqa tadbirlar asosan Navro‘z, Ramazon, Qurbon hayitlari, Mustaqillik kunlari oldidan o‘tkaziladi. Hashar yo‘li bilan uylar, klublar, oshxona, masjidlar bunyod etilmoqda.
Eng muhim an’analardan biri mehr-muruvvat bo‘lib, u quyidagi qiyofalarda namoyon bo‘ladi:
jamoaning g‘amxo‘rligi, qo‘shnilarning kasal, keksa va kam ta’minlanganlariga yordam ko‘rsatishadi;
o‘ziga to‘q kishilarlarning kam ta’minlangan qarindoshlariga va qo‘shnilariga moddiy yordam berishlari;
oqsoqol va mahalla qo‘mitasi tomonidan boquvchisini yo‘qotgan va qariyalarga yordam ko‘rsatishi va boshqalar.
Jamoada yordam ko‘rsatish an’anasi hozir yangi shakllarga ega bo‘ldi va hokimiyatlar, mahalla qo‘mitalarning asosiy vazifasiga aylandi. Hozirgi kunda mahalla jamiyatda etnomadaniy qadriyatlarni tiklash jarayonida muhim rol o‘ynamoqda. Nikoh, janoza, aqiqa to‘yi, sunnat to‘yi, muchal to‘yi kabi marosimlar ham o‘tkazilmoqda.
Bozor munosabatlarini shakllantirishning murakkab holatida mahallaning ijtimoiylashtiruv roli oshib ketadi. Bu avvalambor oila qadriyatlarini saqlab qolishda namoyon bo‘ladi. Nizoli holatlar paydo bo‘lganda xotin-qizlar qo‘mitasi yoki mahalla oila vakillari bilan suhbat o‘tkazadi va odatda vaziyatga oydinlik kiritadi va ajralishlar bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari mahalla ishsizlarga ishga joylashishlariga, militsiya xodimlariga tartibni saqlashda yordam beradi, xizmatga chaqirilganlar bilan tushuntirish ishlari olib boradi. Avvalgiday jamoa o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda muhim o‘rin tutmoqda. Hozirda mahalla bolalar bog‘chalari va maktablari bilan yaqin hamkorlik olib borib, ularga ta’mirlash ishlarini olib borishda, tarbiya ishlarida yordam ko‘rsatadi. Mahalla qo‘mitasi majlislarida maktab intizomining jiddiy buzilishlari ham ko‘rib chiqiladi. Yoshlarga ta’sir ko‘rsatishning bu rasmiy tarmoqlaridan tashqari jamoani nazorat qilishning an’anaviy usuli ham saqlanib qolgan. Har qanday mahallada boy hayotiy tajribaga ega odamlar mavjud. Ularning asosiy vazifasi aholining an’anaviy ahloq-odob qoidalariga rioya qilishlarini, bolalarning ko‘chadagi yurish-turishini nazorat qilishdir. Ular har qanday odamga tanbeh berishlari mumkin, biroq bu ishni doimo ularning hurmatini saqlagan holda amalga oshiriladi. Ota-onalarning bunday munosabatni qadrlashi tahsinga sazovor. Shuning uchun “mahalla sening ham otang, ham onang” degan maqol mavjud. Boshqa sohalarda namoyon bo‘ladigan milliy tiklanish, xalqning milliy o‘z-o‘zini anglashni faollashtirish orqali bo‘ladi. Sobiq Sovet ittifoqi davrida bu kabi an’analar to‘liq yo‘qolib ketmagan, balki ayrim oilalarda o‘ziga xos tarzda saqlanib qolgan va yoshlarga berilgan. Bu ayniqsa, hayotning an’anaviy turmush tarzini saqlab kelayotgan eski shahar mahallalarida yashovchilar orasida yaqqol namoyon bo‘lgan. Mahalla fuqarolarining yuqori savodxonlik va madaniy darajasi (yosh va o‘rta avlod, o‘rta yoki oliy ma’lumotga ega) badiiy ijodning keng rivojlanishi, marosimlar o‘tkazishda ma’naviy o‘z-o‘zini ifodalashning keng imkoniyatlarini ko‘zda tutadi.
Shuni ta’kidlash joizki, etnik an’analar va marosimlarning tiklanishida avvalo, oiladagi katta avlod, shuningdek, ommaviy axborot vositalari, ayniqsa televidenie katta o‘rin tutadi.
Hozirgi kunda mahallaning ahamiyati oshib bormoqda. Biroq yoshlar tarbiyasida muammolar kam emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlarning axloqiy tarbiyasiga xalaqit beradigan bir qancha holatlar ham kelib chiqmoqda. Yoshlarning yoshligidanoq savdo-sotiq qilishga va boshqa tijorat ishlariga sho‘g‘ib ketishi ularning o‘qishiga, bilim olishga bo‘lgan intilishlariga, ijtimoiy munosabatlarga kirishishga, salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ba’zi hollarda muallimlar o‘quvchilarni to‘liq tarbiyalash imkoniyatidan mahrumdirlar, ya’ni ular boshqa faoliyat bilan ham shug‘ullanadilar. Jamiyatni demokratiyalashtirishning mazkur bosqichida yoshlar faoliyat turini tanlashda keng imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Biroq ular bulardan to‘liq foydalana olmaydilar. So‘nggi yillarda yoshlar orasida siyosiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish susaydi, din ta’siri kuchaydi va bu natijada yoshlar mafkuraviy sohada o‘z mo‘ljallarini yo‘qotishlariga olib keldi. Mahalla tarbiyaning an’anaviy usullaridan foydalanib, yosh avlod bilan yanada faol ish olib borish, ularda hozirgi jamiyat talablariga muvofiq keladigan dunyoqarash va axloqiy tamoyillar hosil qilishdan iborat.
Mahalla azaldan nafaqat o‘sib kelayotgan avlodning tarbiyachisi vazifasini bajargan, balki ijtimoiy fikrni shakllantirgan ham. Qo‘shnilar o‘rtasidagi barcha nizoli holatlar, shuningdek, esa oilaviy janjallar mahalla qo‘mitalari faollari tomonidan muhokama qilinadi. Bular orasida ko‘pincha qaynona-kelin, yosh kelin-kuyovlar orasida janjallar ko‘p uchraydi. Bunaqa holatlarda xotin-qizlar qo‘mitasi suhbat o‘tkazadi. Agar ikki tomonni yarashtirib bo‘lmasa, bu holat bilan mahalla qo‘mitasi shug‘ullanadi. Odatda o‘sha joyning o‘zida muammo hal qilinadi. Shuning uchun ajralishlar soni ko‘p emas. So‘nggi paytlarda uy ishlari bilan band ayollar, yosh oilalar bilan ishlash faollashdi, ularni kasb-hunarlarga o‘rgatish ishlari olib borilmoqda. Mahalla ishsizlarning ishga joylashishlariga ham ko‘maklashmoqda. Harbiy qo‘mitalar askarlikka olishga tanlov bo‘lganda mahalla faolligiga tayanishadi.
Mahallaning ijtimoiy hayotida so‘nggi o‘n yillarda katta o‘zgarishlarni boshdan kechirgan qo‘shnichilik munosabatlari muhim o‘rin tutmoqda. Oilaviy muhitning individuallashuv jarayoni ketmoqda. Shu bilan birga yaqin qo‘shnichilik munosabatlari o‘zbek oilasining qadriyatlaridan biri bo‘lib qolaveradi. Bu avvalombor xo‘jalik yordamida, bolalar tarbiyasida, qiyin vaziyatlarda yordam ko‘rsatishda namoyon bo‘lmoqda. Shuning asosida ma’naviy yaqinlik paydo bo‘ladi, ya’ni kundalik axborot almashinuvi, mahalladagi voqealar muhokamasi bo‘lib o‘tadi. Shu tarzda mahalladagi eng kichik guruhlardan biri-qo‘shnichilik guruhi paydo bo‘ladi.
Mana shu guruh bilan bir qatorda qarindoshlik aloqalari ham mavjud. Ular hozirda avvalgidan ko‘ra kamroq bo‘lsada, uning a’zolarining faol o‘zaro yordami bilan xarakterlidir. Qarindoshlik munosabatlari o‘zbeklarning oilaviy qadriyatlari tizimida hali ham birinchi o‘rinda turadi.
O‘zbeklarning ijtimoiy hayotidagi muhim hodisalardan biri erkaklar birlashmalari-gap, gashtak, ziyofatdir va ularning maqsadi bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishdir. Har bir yosh guruh o‘zining muomala shakliga ega: Qadimda Toshkentda gaplar ommaviy xarakterga ega bo‘lgan. Ular hosil yig‘im terimi yakunlangan kuzgi-qishki davrda o‘tkazilgan. To‘qmada erkaklar har kuni bir-birlarining uyida to‘planishgan va har kim qo‘lidan kelganini olib kelgan. Buning hammasi “umumiy qozon”ga solingan. O‘zlari taom tayyorlashgan, o‘zlari uy yig‘ishtirishgan, namoz o‘qishgan, suhbatlashishgan, axborot almashishgan.
Tuqmadan farqli o‘laroq, gap haftada bir marta odatda juma kunlari ishtirokchilardan birining uyida o‘tkazilgan. Har bir gapda saylangan rahbar va ishtirok etish qoidalari bo‘lgan. Qoidabuzarlar gapdan chetlashtirilgan. Ziyofat xarajatlarini mezbon ko‘targan. Namoz va diniy adabiyotlar uchun odamlarni qamashgan XX asrning 30- yillarida gaplarda to‘planish havfli bo‘lgan. II jahon urushi davrida moddiy qiyinchiliklar ham gaplar o‘tkazilmasligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Biroq gaplar XX asrning 50-60 yillarida asta-sekin tiklana boshladi. Biroq bu gaplar biroz boshqacha edi. Avvalo, endi ayollar orasida ham gap tashkillashtirildi. Hozirda ayollar gaplari erkaklarnikidan ko‘ra keng tarqalgan. Oilaviy gaplar, avvalombor sinfdoshlar, kursdoshlar orasida, shuningdek kasbiy gaplar ham ommaboplashdi.
Gaplarning ijobiy xususiyatlari bilan birgalikda ularda salbiy jihatlar ham mavjud. Bu isrofgarchilik va ichkilik bilan bog‘liq. Kitoblar mutolaasi, mazmunli suhbatlar tan olinmay kelindi. Avvalgilaridan farqli ravishda hozirgi gaplar yil davomida o‘tkaziladi. To‘y paytida gap ishtirokchilari to‘y egasiga yordam ko‘rsatishadi. Ular og‘aynilarini qiyin kunlarda qo‘llab-quvvatlashadi. Har bir gapning shuhrati bor. Insonni, ayniqsa yoshlarni qaysi gapga a’zo bo‘lganidan u qanaqa tarbiya olganini aniqlasa bo‘ladi.
Ayollar orasidagi gaplar XX asrning 60-70 yillarida keng rivojlana boshladi. Bu mahalladagi qo‘shnilarning birlashmasi edi. Biroq ishtirokchining yoshi inobatga olingan. Har bir mahallada o‘rta yosh ayollar, yosh ayollar (asosan kelinlar)ning birlashmalari mavjud bo‘lgan.
Yaqin qarindoshlar orasidagi gaplar ham keng tarqalgan. Odatda bunda yoshi eng ulug‘ ishtirokchi rahbar bo‘ladi. Bunday gaplarga ayollar farzandlarini ham olib kelishgan.
Shuningdek oilaviy gaplar ham paydo bo‘ldi. Ularda erkaklar o‘z xotinlari bilan ishtirok etishadi. Bu gaplar sinfdoshlar yoki kursdoshlar gaplari sifatida boshlangan va keyinchalik har uylangan a’zo o‘z xotinini ham olib kela boshlaydi. Bu gaplar umumiy qoidalar asosida mavjud bo‘lib, nihoyatda kam uchraydi.
O‘rta va katta avlod ayollari o‘rtasida to‘planishning boshqa shakllari ham mavjud. Bular mushkul kushod va mavlud kabi diniy marosimlar bo‘lib, ular so‘nggi yillarda Toshkent mahallalarida ochiq-oydin o‘tkazilmoqda. Mavlud yoki mushkul kushodga to‘planishgan ayollar nafaqat diniy marosimlarda ishtirok etishadi, balki muomalaga kirishish imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi. Hayotning eng yaxshi axloqiy me’yor va tamoyillarining tiklanishi fanda hayotning ba’zi eskirgan jihatlarini yangilashga, ayollar erkinligi va huquqlarini cheklashga ham urinishlar bo‘ldi.
Mahalla hozirda zamonaviy jamiyat hayotining ijtimoiy tizimida o‘z o‘rnini topgan. Milliy va etnik an’analarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston siyosati bu an’anaviy institutning yanada faol faoliyat yuritishiga yangi zaminlar yaratdi.

Yüklə 59,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin