4-mavzu Psixolog kasbiy faoliyati va psixologiya metodlari



Yüklə 43,87 Kb.
səhifə3/12
tarix07.03.2022
ölçüsü43,87 Kb.
#53465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
4-mavzu

4.3. Kuzatish metodi.

Kuzatish metodi − ikki xil bo‘lib, ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (ichki) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

a) kuzatishning maqsad, vazifasi belgilanadi;

b) kuzatilayotgan ob’ekt tanlanadi;

v) tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi;

g) kuzatish qancha davom etishi qat’iylashtiriladi;

d) kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o‘qish, o‘yin, mehnat, sport) amalga oshirilishi aniqlanadi;

e) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa) tanlanadi;

yo) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafon) tayyorlab qo‘yiladi. Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg‘ulari, asab tizimining tashqi ifodalari, imo-ishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutq faoliyati kabilar o‘rganiladi. Ammo o‘ta murakkab ichki kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetmaydi.

Masalan, o‘spirin yoshlarning sport faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuyg‘usining o‘zgarish xususiyatlari, talabga intilish, o‘z harakatini idora qila olish yuzasidan materiallarni yig‘ish mumkin.

Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo‘yicha ham ma’lumotlar olish mumkin. Ish ustidagi kayfiyatni, chehrasidagi tashvish va iztirobni, sinchkovlik kabi ruhiy holatlarni kuzatib, tafakkurdagi o‘zgarishni aniqlash mumkin. Bundan tashkari qo‘lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi ham insonning ruhiyatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumotlar beradi. Psixologiyada o‘z-o‘zini kuzatish, ya’ni interospeksiya metodidan ham foydalaniladi, lekin bu psixologiyaning ilmiy bo‘lmagan metodi hisoblanadi.


Yüklə 43,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin