4.6. Psixodiagnostik metodlar.
Psixodiagnostika metodlari klassifikasiyasi bo‘yicha yondashuvlar ancha keng bo‘lib, ularning har bir masalani o‘ziga xos tarzda yoritishga erishgan.
Y. Shvansar bo‘yicha metodlar klassifikatsiyasi:
Y. Shvansar psixodiagnostik metodlarni quyidagi asoslarga ko‘ra birlashtirdi:
Foydalaniladigan materiallarga ko‘ra (verbal, neverbal, manipulyatsion, “qog‘oz va qalam”) testlari.
Olingan ko‘rsatkichlarning miqdoriga ko‘ra (oddiy va kompleks)
“To‘g‘ri” javobli testlar va har xil javobli testlar.
Tekshiriluvchilarning psixik faolligiga ko‘ra:
introspektiv (tekshiriluvchining shaxsiy tajribasi va munosabatlariga ko‘ra ma’lumotlar): anketalar, suhbat;
ekstrospektiv (har xil ko‘rinishlarni kuzatish va baholash);
proektiv. Tekshiriluvchi shaxsning anglashilmagan xususiyatlarini kam strukturalashgan, har xil ahamiyatli stimullarni proeksiyalaydi (ichki nizolar, yashirin mayllar va boshqalar);
ijrochilik. Tekshiriluvchi shaxs xislatlari va intellekt ko‘rsatkichlaridan iborat miqdoriy darajalar va sifatiy xususiyatlarni biror bir harakat orqali (perseptiv, aqliy, motor) amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |