4-Mavzu: Rangli metallar. Rangli metallar qotishmalari. Rangli metall ishlab chiqarish. Mis va uning qotishmalari. Reja: Latunlar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə2/20
tarix20.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#163503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
4-Mavzu Rangli metallar. Rangli metallar qotishmalari. Rangli m

Nazariy savollar:
1. Latunlarning markalanishi haqida malumot bering.
2. Bronzalarning markalanishi haqida malumot bering.
3. Alangali pechlarda mis konsentratlaridan shteyn deb
ataluvchi qotishma olish haqida malumot bering.

5-Mavzu :Alyuminiy, magniy va ularning qotishmalari.
Reja:
1. Alyuminiy qotishmalari
2. Magniyli qotishmalar
3. Texnologik xossalari
Alyuminiyni Cu, Si, Mg, Mn va boshqa elementlar bilan hosil qilgan brikmalari alyuminiy qotishmalari deyiladi. Alyuminiy qotishmalarining puxtaligi, texnologik xossalarining yaxshiligi, korroziyabardoshligi, termik ishlovlarga beriluvchanligi kabi o‘ziga xos xusu-siyatlariga ko‘ra ular radiotexnikada, kabel sanoatida, aviasozlikda keng qo‘llaniladi. Alyuminiy qotishmalarining texnologik ko‘rsatkichlariga ko‘ra, ularning bosim bilan ishlovlariga beriladigan qotishmalari yuqori plastiklikka (40% gacha) ega bo‘ladi. Bu
qotishmalarga, masalan, AMs, AMg2, AMg5 markalari kiradi. Alyuminiyning magniy qotishamlarida magniyning miqdori 6% dan oshmaydi. Bu qotishmalar termik ishlovlar bilan puxtalanmaydi, termik ishlovlar natijasida puxtalanadiganlariga duralyuminiy hamda aviallarni ko‘rsatish
mumkin. Quyma qotishmalarining GOST 2685-75 bo‘yicha Аl, AL2, AL3 va boshqa markalari bo‘lib, ulardan turli shaklli quymalar olinadi. Quymalar olishda keng ko‘lamda foydalaniladigan qotishmasi evtektik qotishma bo‘lib, unga silumin deyiladi.
Alyuminiy qotishmalari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Alyuminiyning kremniyli qotishmalari. Bu qotishmalar
tarkibida kremniyning miqdori 4–13% gacha bo‘lib, undan tashqari ma’lum miqdorda boshqa elementlar ham bo‘ladi. Bu guruhga kiruvchi qotishmalar quyilish xossalarining yuqoriligi, oson kesib ishlanishi, payvandlanishi, qoniqarli mexanik xossa-lari bilan xarakterlidir. Masalan, dvigatel silindr bloklari, karterlari, compressor korpuslari va boshqalar bu qotishmalardan tayyorlanadi. Alyuminiyning quyma qotishmalarining 37 ta markasi bo‘lib, ular haqida ma’lumotlar tegishli GOSTlarda berilgan.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin