4-Mavzu: Sotsial psixologik praktikumning asosiy yo’nalishlari. Mavzu rejasi



Yüklə 23,25 Kb.
tarix15.02.2023
ölçüsü23,25 Kb.
#84455
4 mavzu


4-Mavzu: Sotsial psixologik praktikumning asosiy yo’nalishlari.
Mavzu rejasi:

  1. Psixoanaliz. Bixeviorizm. Sosiometriya, guruhli dinamika maktabi. Kognitivizm.

  2. Interaksionizm. Insonparvarlik psixologiyasi.

  3. Tranzakt tahlil. Ekzistensial psixologiya.

Psixoanaliz {psixo... va analiz) — psixoterapiya metodi va Zigmund Freyd tomonidan rivojlantirilgan psixologik taʼlimot. Ongsiz psixik jarayonlar va motivatsiyani diqqat markaziga qoʻyadi. Inson xulqi asosini lazzat olish (libido)ga nisbatan, ayniqsa, ilk bolalikda paydo boʻlgan seksual (jinsiy) mayl tashkil qiladi degan gʻoyani ilgari surib, odam xulqidagi ijtimoiylik, onglilikni inkor etadi. Ongdan unga muvofiq kelmaydigan (asosan, seksual) mayllar va ruhiy kechinmalarni siqib chiqarish psixoanalizda har xil nevrozlar va turli patologik hodisalar (unutish, yanglish harakatlar va hokazolar)ning asosiy manbai sifatida qaraladi. Psixoanaliz nazariyasiga koʻra, 3 xil psixik instansiyalar hukm surishi mumkin: gʻayrishuuriy "U" (id) — mayl doirasi; turli himoya vositalari bilan "U"ning impulyelarini cheklovchi shuuriy "Men" (Ego); "Oʻta-Men" (Super-Ego) — ijtimoiy taqiqdar, qonun tusiga kirgan majburiy tartib-qoidalar. Freydning fikricha, "Men" reallik tamoyiliga asoslangan holda inson psixikasida harakatlanuvchi qarama-qarshi kuchlarni muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi. Inson oʻzining qadimgi ajdodlaridan irsiy yoʻl bilan oʻtgan instinktiv mayllarning namoyon boʻlishi tufayli faoldir. Instinktiv mayllar dastavval jinsiy instinkt va oʻzini himoya qilishga intilish instinkti tarzida yuzaga keladi. Lekin jamiyat shaxsni koʻp jihatdan cheklab qoʻyadi, uning instinktlari va mayllari "senzura"dan oʻtkaziladi. Buning natijasida oʻzining aksariyat instinktlari va mayllarini toʻxtatish, taqiqlashga majbur boʻladi. Instinktiv mayllar uning shaxsiyatiga tegadigan ruhiy holat sifatida ongli hayotidan siqib chiqariladi, lekin yoʻqolib ketmaydi, faqat ongsizlik sohasiga oʻtkazib yuboriladi, xolos.
Har qanday fan boshqa fanlardan faqatgina mavzu bahsi yoki paydo bo‘lish tarixi bilangina emas, balki faktik ma’lumotlar to‘plash, u yoki bu g‘oyani isbotlash uchun ishlatiladigan uslublari bilan ajralib turadi. Uslublar mukammalligi aslida nazariy taraqqiyotni, fan taraqqiyotini belgilovchi asosiy omildir. Hozirgi zamon fanlarining taraqqiyoti shu bilan o‘ziga xoski, ularda metodologik muammolarga qiziqish ancha yuqoridir. Buning bir qancha sabablari mavjud bo‘lib, ular avvalo jamiyatda ro‘y berayotgan keskin o‘zgarishlarning sabablaridan biri hisoblangan fan-texnika taraqqiyoti maqsadlari bilan fan maqsadalarining uyg‘unlashuvi, amaliyotning fan oldiga qo‘yayotgan talablari darajasining tobora ortib borayotganligi, tadqiqot qilish vositalarining murakkablashib borayotganligi va nihoyat har bir fanda ro‘y berayotgan o‘z tadqiqot printsiplari va tekshirish usullarini qayta ko‘rib chiqishga intilishning yaqqol namoyon bo‘layotganligidir. Sotsial psixologiya to‘g‘risida gapiriladigan bo‘lsa, shuni alohida ta’kidlash lozimki, avvalo jamiyatning bu fan oldiga qo‘yayotgan talablari o‘ziga xos bo‘lib, bu talablarga javob berish uchun uning tekshirish uslublari u darajada mukammal emasligidadir. Chunki shu davrgacha sotsial psixologiyada kuzatilgan narsa shu bo‘ldiki, bu yerda nazariy ishlar tadbiqiy ishlardan ancha ko‘pdir. Shuning uchun ham, G.M.Andreyeva sotsial psixologiyaning metodologik muammolariga to‘xtalar ekan, uning bu boradagi intilishlari, vazifalari ko‘pligini ta’kidlaydi. Metodologik muammolarga qiziqish, deb yozadi u, sotsial psixologiyaning kuchsizligi emas, balki uning yetilish davriga kirganligining belgisidir. 26 «Metodologiya» tushunchasining ilmiy mohiyati nimada? Bu tushunchani turli nazariy qarashlardagi olimlar va turli tilda turlicha sharhlaydilar va tushunadilar. Masalan. Amerikalik psixologlar metodologiya deganda, tadqiqot jarayonida ishlatiladigan barcha tadqiqot uslublari va texnik jarayonlarini tushunadilar. Lekin «metodologiya» tushunchasi aslida uslublar yig‘indisidan kengroq tushunchadir. Hozirgi zamon Yevropa mamlakatlaridagi olimlar, xususan, rus olimlari fandagi metodologiya deganda, ushbu fan falsafiy asoslari va nazariy qonuniyatlaridan kelib chiqadigan bilimlar bilan tekshirishning konkret usullari majmuasini tushunadilar. Ya’ni, «metodologiya» tushunchasi «konkret metodlar» yoki texnik usullar tushunchalaridan kengroqdir. Sotsial psixologik tadqiqotlarning metodologik muammolariga quyidagilar kiradi: Birinchidan, empirik ma’lumotlar muammosi, ya’ni ko‘p turdagi ma’lumotlarni sotsial psixologik ma’lumotlar sifatida qabul qilish mumkin. Chunki, bixevioristlar bunday ma’lumotlar sifatida ko‘z bilan ko‘rib qayd qiladiganlar xulqatvor shakllarini qabul qilishsa, kognitiv psixologiya vakillari faqat ongga taalluqli bo‘lgan belgilarini tushunadilar. Demak, har qanday tadqiqotchi ish boshlamay turib, avvalo nimani empirik birlik qilib olishini aniq tasavvur qilishi va uning nazariy jihatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, tadqiqot birligi aniqlangan taqdirda, qanday hajmdagi birliklar tadqiqotchini qanoatlantirishi masalasi ham muhimdir. Masalan, sotsial psixologiya bo‘yicha sof eksperimental ish qilinganda, ilgari sinalgan usul yordamida cheklangan miqdordagi kishilar yoki guruhda tadqiqot o‘tkazish mumkin bu eksperimental ma’lumotlar deyiladi. Lekin, ba’zan tadqiqotchi ko‘p sonli tekshiruvchilar bilan ish ko‘radiki, bunda turli guruhlarni o‘zaro taqqoslash bilan ma’lumotlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi aniqlanadi. Bunday tadqiqotlar korrellyatsion tadqiqotlar deb ataladi. Ikkinchi metodik muammo bu u yoki bu sotsial psixologik nazariya asosida qonuniyatlar yaratish va ilmiy taxminlar qilish muammosi. Ilmiy tadqiqot boshlashdan oldin tadqiqotchi ma’lum taxminlar yuritadi, lekin bu taxminlarning aniq chiqishi o‘sha muammo bo‘yicha pishiq, puxta nazariyaning bor ekanligiga bevosita bog‘liq. Shuning uchun ham ko‘pincha fan sohasiga endigina qadam qo‘ygan yosh 27 olim yoki tadqiqotchi gipotezalar, taxminlar bayon etishga qiynaladi, chunki sotsial psixologiyada ayniyatlar ayrim, alohida tadqiqotlardan umumiy xulosa olish orqali o‘tkazilmaydi. Uchinchi muammo bu sotsial psixologik muammolarning sifati masalasi, ya’ni qanday ma’lumotni sifatli, ishonarli deb atash mumkinligi masalasidir. Sotsial psixologik ma’lumotlarning ishonchliligi. Sifat haqida gap ketganda, tadqiqotchining tadqiqot ob’yektini qanchalik to‘g‘ri tanlangani hamda to‘plagan ma’lumotlarining ishonchliligini qanday usullar bilan tekshirganligi nazarda tutiladi. Ba’zan tadqiqotchi tekshiruvchilarni taxminan, tartibsiz tarzda tanlaydi. Bu narsa uning reprezentativlilik qonunini buzganligi belgisidir. Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan yana bir kamchilik bu o‘sha o‘rganish ob’yektining hajmi yoki soni xususida. Chunki amaliyotda ko‘pincha tekshiriluvchi qanchalik ko‘p bo‘lsa, ma’lumot shunchalik ishonchli bo‘ladi, degan noto‘g‘ri fikr mavjud. Agar tadqiqotchi ish boshlashidan oldin, ayni maqsadlarini, vazifalarini, tadqiqotning nazariy asosini yaxshi bilgan holda to‘g‘ri ilmiy tahminlar, gipotezalar ilgari surilgan bo‘lsa, u kichikroq guruhda o‘tkazgan eksperimentlarning ma’lumotiga ham ishonishi mumkin (masalan, hozirgi moddaga munosabatni talabalarning bir qancha akademik guruhida o‘rganish mumkin). Lekin tadqiqot uslubini, metodlarini to‘g‘ri tanlashda pilotaj-sinov tadqiqoti o‘tkazishning ahamiyati kattadir. Unda o‘sha gipotezalarning qanchalik asosliligini ham, metodikaning aynan maqsadga muvofiqligini ham, tekshiriluvchilar ob’yektining to‘g‘ri tanlanganligini ham ma’lumotlarning turg‘unligi, ishonchliligini ham tekshirib olish mumkin. Bundan tashqari, shu bosqichda tadqiqotchi eksperiment yoki anketa o‘tkazish uchun qulay vaziyat va vaqtni belgilash, o‘z yordamchilarining ishga qanchalik yaroqliliklarini ham sinab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Lekin asosiy tadqiqot o‘tkazilgandan so‘ng tekshiruvchi to‘plagan ma’lumotlarning asosligi (validlilik), ya’ni tanlangan uslubining aynan shu sifatlarni tekshirishga qaratilganligini, ularning turg‘unligini, ya’ni har qanday sharoitda ham shu metod yordamida va shu sharoitda ayni shu xildagi ma’lumot to‘plashini va 28 ma’lumotlarning aniqligini, ya’ni tanlangan uslub maqsadga muvofiqligini isbotlab berishi kerak. Nihoyat, ma’lumotlarning sifati tadqiqotchining o‘z ishlari bo‘yicha tuzgan hisobotiga ham bog‘liq. Sotsial psixologik tadqiqot haqidagi hisobot quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: 1. Kirish qismi, bu yerda tadqiqotni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, unga sabab bo‘lgan shart-sharoitlar hamda uni kimlar o‘tkazganligi yoziladi. 2. Dastur qismi, bu yerda foydanilgan adabiyotlar, tadqiqotning maqsad va vazifalari, ilmiy taxmin gipotezalar beriladi. 3. Tadqiqot ob’yekti va uslublar empirik tadqiqot ob’yektining xususiyatlari, tanlangan metodlar, sinov bosqichida to‘plangan ma’lumotlar, ularning ishonchliligi qanday usullarda tekshirilganligi yoziladi. 4. Gipotezalardan keltirib chiqariladi, ularning qanchalik isbotlanganligi kichik jadvallar yoki grafiklarda ko‘rsatiladi. 5. Xulosa va tavsiyalar ular tadqiqotning mantig‘idan chiqariladi. 6. Yakuniy, barcha qilingan ishlar bo‘yicha yakun yasalib, kelajak uchun rejalar belgilanadi. 7. Ilova. Bu qismda ishlatilgan uslublar, texnik vositalar bayon etilib, kompyuter dasturlari, statistika ma’lumotlari, katta jadvallar va shunga o‘xshash tadqiqotga taalluqli hujjatlar ilova qilinadi. Yuqorida bayon etilgan barcha metodologik ishlarga qarashli tadbirlarning sifati va saviyasi tadqiqotchining qanchalik ilmiy savodxon ekanligini belgilovchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi va u o‘tkazgan ilmiy tadqiqot ishining bahosini belgilaydi. III.2. Sotsial psixologiyaning asosiy metodlari. Kuzatish metodi Sotsial psixologiyada qo‘llanilgan metodlar psixologiyaning boshqa tarmoqlarida ishlatiladigan metodlari nomi bilan hamda maqsadlarga ko‘ra farq qilmasada, sotsial psixologik tadqiqotdagi uslublar o‘ziga xos xususiyatlarga hamda ko‘rinishlarga ega. Bu o‘ziga xoslik avvalo tadqiqot qamrab oladigan sotsial kontekstdan, uning xilma-xil ko‘rinishlarida shaxs va guruhlar psixologiyasidan kelib 29 chiqadi. Metodologik muammolarda aytib o‘tilganidek, sotsial psixologik tadqiqotda nimani o‘rganish qancha vaqt mobaynida o‘rganish kabi muhim muammolar hal etilgandan keyingina tekshirish vositasi va uslublari aniqlanadi. Masalan, umumiy psixologiyada kuzatish metodini oladigan bo‘lsak, u sotsial psixologiyada o‘ziga xos sotsial sharoitlarda o‘ziga xos vaziyatlarda va ma’lum guruhlarda ishlatiladi. Bunda tadqiqotchi eng avvalo nimani kuzataman, qanday yo‘l bilan kuzataman, kuzatuv birligi qilib nimani olaman, kuzatuvni qancha vaqt mobaynida davom ettiraman degan qator savollarga javob topgandan keyingina ilmiy tadqiqotini boshlaydi. Demak, kuzatish metodi yordamida aniq ishlab chiqilgan reja asosida kuzatuvchining qiziqtirgan u yoki bu sotsial xulq-atvor shakllari qayd etiladi. Bu uslub qo‘llanilganda tadqiqotchi bir qancha qoidalarga rioya qilishi lozim. Chunonchi, kuzatish maqsadining aniq bo‘lishi va uning ilmiy maqsadlarga mos kelishi, kuzatish shaklini tanlash va kuzatish natijalarini qayd etish usullarini ishlab chiqish, ma’lum reja sxema asosida muttasil kuzatuv olib borish, olingan natijalarning asosliligi va ishonchliligini boshqa usullar yordamida tekshirib ko‘rish. Kuzatuvchining tadqiqot mobaynida tutgan mavqeiga ko‘ra kuzatish har xil bo‘ladi. Masalan, ba’zi hollarda kuzatuvchi kuzatish ob’yekti bo‘lmish odamlar guruhi bilan birga yashab, ularga qo‘shilib ish tutib, tabiiy sharoitlarda ma’lumot to‘playdi. Bunday kuzatish turi «Birgalikdagi kuzatuv» deb ataladi. Bunday kuzatishning klassik misoliga amerikalik sotsial psixolog U.Uaytning o‘smirlar psixologiyasi, ular guruhidagi sotsial psixologik hodisalarni o‘rganishga qaratilgan mashhur tadqiqotini kiritish mumkin. Rus tadqiqotchilaridan Alimaskin ham tarbiyasi og‘ir o‘smirlar xulq-atvorining sotsial motivlarini o‘rganish maqsadida ular bilan uzoq vaqt mobaynida bo‘lib, ma’lumot to‘plagan. U kuzatishlari oqibatida 92% tarbiyasi og‘ir bolalarning o‘z sinfida va oilasida yaqin kishilari bo‘lmaganligini aniqlagan. Boshqa hollarda esa kuzatuvchi o‘z ob’yektini chetdan kuzatadi, shuning uchun ham bunday kuzatuv turi «chetdan kuzatuv» yoki «ob’yektiv kuzatish» deb ataladi. Bu usul xuddi umumiy psixologiyada bo‘lgani kabi tashqi xulq-atvorini qayd qilish natijasida ma’lumot to‘plashga asoslanadi. Bunday yo‘l bilan ilmiy faktlarni 30 isbot qilish qiyin, lekin baribir, u ham sotsial psixologiyada yordamchi usul sifatida ishlatiladi. Oxirgi paytlarda ob’yektiv kuzatishning «muhim vaziyatlarni qayd etish» formasi keng qo‘llanilmoqda. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda alohida shaxs yoki odamlar guruhi kutilmagan, tasodifiy vaziyatga solinib, ularning shu vaziyatga munosabati, undan chiqish yo‘llari, ziddiyatlarga munosabati, qiyin holatda o‘zini qanday tutishi kuzatiladi. Masalan, tabiiy sharoitlarda ham o‘quvchilar guruhlarida turli munozarali o‘yinlar sharoitini yaratish yo‘li bilan har bir shaxsning sotsial psixologik sifatlarini kuzatib, qayd etish mumkin. Bizning fikrimizcha sotsial psixologik treninglar sharoitida har bir shaxsning xulq-atvorini kuzatish muhim ma’lumotlar to‘plashga yordam beradi, chunki bunda kuzatish metodiga xos bo‘lgan eng qimmatli narsa sharoitning tabiiyligi saqlanib qolinadi. III.3. Hujjatlarni o‘rganish metodi Hujjatlarni o‘rganish metodi sotsiologiya fanidan kirib kelgan. Bu metodning qator afzalliklari bor. Ulardan muhimlari shundan iboratki, u faoliyatning mahsulini tekshirishga imkon beradi hamda to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash imkoniyatining borligi bilan ajralib turadi. Hujjat deganda og‘zaki (so‘zlangan nutq matnlari, suhbatlarning yozib olgan qismlari, bevosita muloqot) yoki yozma (rasmiy hujjatlar, gazetalar, jurnallardagi maqolalar, xatlar, siyosiy yoki badiiy adabiyot materiallari) holda tavsiya etilgan ma’lumotlar nazarda tutiladi. Ana shu materiallarni ma’naviy jihatdan ham sifat, ham miqdoriy analiz qilish usuli sotsial psixologiyada kontent analiz deb ataladi. Kontent analizning ilmiy mohiyati shuki, uning yordamida biror matnda ma’lum fikr, g‘oya yoki tushunchalarning necha marta qaytarilishi qayd etiladi, ya’ni ma’lum mazmun miqdor ko‘rinishiga keltiriladi. Bu metodning asoschilari amerikalik sotsiologlar Garold Duayt Lassuell va Bernard Berelsonlar bo‘lib, ular bu usulni birinchi marta ikkinchi jahon urushi yillarida bir siyosiy gazetaning mazmunini, g‘oyaviy yo‘nalishini aniqlash maqsadida qo‘llagan edilar. Ular «Haqiqiy amerikalik» nomli gazetaning kundalik chiqishlarini kontent analiz qilib, ularni 31 fashistik yo‘nalishdagi gazeta ekanligini isbot qilishgan va uning chiqishini ta’qiqlashga erishgan edilar. Kontent analizni qo‘llashda tadqiqotchi oldida turgan asosiy muammo bu tekshiruv birliklari kategoriyalarini aniqlashdir. Chunki, bunday birliklar tadqiqotning maqsadi va tadqiqotchining e’tiqodi va dunyoqarashiga ko‘ra har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘sha kontent analizning asoschilari Lassuell va Berelsonlar bunday birlik ramziy birlik yoki simvollar bo‘lishi mumkin, deb hisoblashgan bo‘lsalar, boshqa amerikalik tadqiqotchi Leo Lyovental’ bunday birlik yaxlit mavzu bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Rus sotsiologlari va tadqiqotchilari esa Sotsial g‘oya yoki ahamiyatli mavzu bo‘lishi kerak, degan fikrga to‘xtalishgan. Aslida, ma’naviy birliklar kontent analizda ilmiy tahmin va tadqiqotchining metodologik asoslari bilan belgilanishi kerak. Shuning uchun ham ko‘pgina tadqiqotlarni umumlashtirib, analiz uchun birliklar quyidagilar bo‘lishi mumkin deb hisoblaymiz: a) alohida iboralar yoki so‘zlarda bildirilgan tushunchalar (masalan, demokratiya, faollik, tashabbus, hamkorlik va hokazo). b) yaxlit abzatslar, matnlar, maqolalarda ko‘tarilgan mavzular (masalan, millatlararo munosabatlar mavzusi, insonlardagi milliy qadriyatlar mavzusi va hokazo) v) tarixiy allomalar, siyosatshunoslar, taniqli shaxslarning nomlari; g)sotsial hodisa, rasmiy hujjat, biror aniq fakt, asar (masalan, oilaviy mojarolar, O‘zbekiston Konstitutsiyasi muhokamasi, yangi yozilgan asarga o‘quvchilarning munosabati va shunga o‘xshash). Yaxshi o‘tkazilgan kontent analiz – aslida sotsial psixologik tadqiqotlarda juda muhim ahamiyatga ega. Lekin olingan ma’lumotlarning ishonchliligi shu borada ilgari ishlagan shaxslar-ekspertlar bahosi, ayni shu faktni tekshirish uchun boshqa metodlarni ham qo‘llash va ma’lumotlarni solishtirish hamda ayni ob’yektni ayni vaziyatda qayta tahlil qilish yo‘llari bilan erishiladi. To‘plangan miqdoriy ma’lumotlar matematik statistika metodlari yordamida qayta ishlovdan o‘tkazilmog‘i lozim. Kontent analiz tadqiqotchidan kattagina uquvni talab qiladi, chunki bir 32 tomondan u yoki bu matnni tushunish mahoratining bo‘lishi, ikkinchidan, tadqiqot so‘ngida qo‘lga kiritilgan miqdoriy natijalarni yana qayta sifat shakliga keltirish va tushuntirib berish lozim. III.4. Anketa metodi Anketa metodi hammaga tanish bo‘lgan usullardan biri. Lekin ko‘pincha anketani o‘tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan ma’lumotlarni qayta ishlab, sharhlash qiyinligini tasavvur qilmaydi. Anketaga kiritilgan savollarga ko‘ra anketa ochiq yoki yopiq turlarga bo‘linadi. Ochiq anketa respondentdan o‘z fikrini bilganicha bayon etishni talab qiladi, yopiq shakldagi anketa savollarning esa javoblari berilgan bo‘lib, tekshiriluvchi o‘ziga ma’qul bo‘lgan, o‘zining qarashlari, fikrlari bilan mos bo‘lgan javobni belgilab beradi. Ochiq savollarning kamchiligi respondentlarning har doim ham qo‘yilgan vazifaga yetarli darajada mas’uliyat bilan qaramaganligi hamda yozilgan javoblarni statistik ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo‘lsa, yopiq anketadan respondentga tekshiriluvchi tomonidan o‘z fikriga ergashtirishga o‘xshash holat yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bo‘lmasligidir. Shunday holatlarda respondent yo umuman javob bermasligi yoki tavakkal bir variantni belgilab berishi mumkin. Shuning uchun ham oxirgi paytda yarim yopiq savollardan iborat anketa tuzilmoqdaki, ularda javob variantlardan tashqari, yana qo‘shimcha fikr bildirish uchun qo‘shimcha qatorlar qoldiriladi. Anketaga kiritilgan savollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilishi mumkin. Masalan, «... xususida Sizning fikringiz?», «... ekanligini bilasizmi?», «... Sizga ma’qulmi?» va shunga o‘xshash. Lekin savollar bilvosita berilsa ham yaxshi qabul qilinadi. Masalan, «Ba’zi odamlar ... deb hisoblaydilar.
Tranzaktsion tahlilda shaxsning tuzilishi uchta ego holatining mavjudligi bilan tavsiflanadi: Ota-ona, bola va kattalar. Har bir ego holati fikrlash, his qilish va xatti-harakatlarning o'ziga xos naqshidir. Ego holatlarini tanlash uchta aksiomatik pozitsiyaga asoslanadi:

  • 1) har bir kattalar bir marta bolaligida edilar. Bu bola har bir kishida Bolaning ego holati bilan ifodalanadi;

  • 2) normal rivojlangan miyaga ega bo'lgan har bir kishi haqiqatga munosib baho berishga qodir. Tashqi tomondan keladigan ma'lumotlarni tizimlashtirish va oqilona qarorlar qabul qilish Voyaga etgan odamning ego holati bilan bog'liq;

  • 3) har bir shaxsning ota-onasi yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar bo'lgan yoki bor. Ota-ona printsipi har bir shaxsga singdirilgan va ota-onaning ego holati shaklini oladi.

Yüklə 23,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin