4-mavzu. Tekislikdagi kuchlar sistemasi. Reja


  Bir tekislikda yotuvchi bir necha jismdan tashkil topgan



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix21.12.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#77011
1   2   3   4   5   6   7
4-mavzu Ma`ruza

6. 
Bir tekislikda yotuvchi bir necha jismdan tashkil topgan
 
sistemaning muvozanati. 
 
Bir tekislikda yotuvchi, bir - birlari bilan bog‘langan, bir necha jismdan 
tashkil topgan sistemaning muvozanatini o‘rganamiz. Buning uchun sistemaga 
ta’sir etuvchi kuchlarni tashqi va ichki kuchlarga ajratamiz: sistemaga kirmagan 
jismlarning unga ko‘rsatadigan ta’siri tashqi kuchlar, sistemani tashkil qilgan 
jismlarning bir-birlariga ko‘rsatadigan ta’sir kuchlari ichki kuchlar deyiladi. Ichki 
kuchlar, Nyutonning uchinchi qonuniga ko‘ra, juft-juft ravishda miqdor jihatdan 
teng, yo‘nalishi jihatdan qarama-qarshi bo‘ladi. 
Bir tekislikda yotuvchi, bir necha jismdan tashkil topgan sistemaning 
muvozanatini quyidagi ikki usulda o‘rganish mumkin: 
1) Bir tekislikda yotuvchi n – ta jismdan tashkil topgan sistema uchun 
tekislikdagi kuchlar sistemasining uchta muvozanat tenglamalari tuziladi. Bu 
tenglamalarda ichki kuchlar qatnashmaydi. Sistemadagi barcha noma’lumlarni 
aniqlash uchun bu shartlar yetishmaydi. Shuning uchun, n-1 ta jism alohida ajratib 
olinadi va ularning har biri uchun uchtadan muvozanat tenglamalari tuziladi. 
Natijada tuzilgan muvozanat tenglamalari soni 3+3(n-1)=3n ta bo‘ladi. 


11 
Bunda, 
sistemadan 
ajratib 
olingan 
biror 
jismning 
muvozanati 
o‘rganilayotganda, bu jismga sistemani tashkil etuvchi boshqa jismlarning ta’siri 
kuchlar bilan almashtiriladi. Sistema uchun bu kuchlar ichki kuchlar hisoblanadi, 
lekin ajratib olingan jism uchun tashqi kuchlar qatoriga kiradi. Tuzilgan muvozanat 
tenglamalarini yechib, barcha noma’lumlar aniqlanadi. 
2) Bir tekislikda yotuvchi n ta jismdan tashkil topgan sistemaning 
muvozanatini o‘rganish maqsadida, har bir jism alohida ajratib olinadi va ular uchun 
uchtadan muvozanat tenglamalari tuziladi. Natijada, 3n ta muvozanat tenglamalari 
hosil bo‘ladi. Tenglamalarni yechib, barcha noma’lumlar aniqlanadi. Tuzilgan 
tenglamalarda ichki kuchlar qatnashadi, lekin ular ajratib olingan jismlar uchun 
tashqi kuchlar qatoriga kiradi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin