4-mavzu: Xalq pedagogikasi va tarbiyaning hozirgi davrdagi ahvoli


Xalq pedagogikasida oila, bolalar va ota-analar muammolari



Yüklə 121,5 Kb.
səhifə3/5
tarix20.10.2023
ölçüsü121,5 Kb.
#158011
1   2   3   4   5
1403777096 46890

Xalq pedagogikasida oila, bolalar va ota-analar muammolari

Xalqning muhabbat, oila, bolalar va ota-onalar haqidagi tasavvurlari ko’p asrlik turmush tajribalari asosida yuzaga kelgan. Bu tasavvurlar birlashtirilgan va pedagogik o’ylab chiqilgan, amaliyotda, hayotda sinovdan o’tgan xulq qoidalari, maslahatlar, tavsiyalar to’plamida o’z ifodasini topgan, ular xalq pedagogik madaniyati yetukligi va boyligini bildiradi.


Oila – xalq namunasi
Oila va oilaviy munosabatlar pedagogikasi – murakkab jarayondir. Agarda zamonaviy terminalogiyadan foydalanadigan bo’lsak, unda allanimalarni bajarish kerakligiga xalq o’z shaxsiy tajribasida ishonch hosil qilgan deb aytish mumkin.

  1. Bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish odatlari, an’analari, metodlarini aniqlab konstruktiv metodini;

  2. Bolalarning dam olishlari, mehnat qilish va o’quv mashg’ulotlari tartibini o’rnatib tashkilotchilik vazifasini;

  3. Ota-onalar, ota-onalar va bolalar, bolalarning o’zlari o’rtasidagi yaqinlari, qarindoshlar va qo’shnilar va shu kabilar bilan to’g’ri o’zaro munosabatlar qoidalarini ishlab chiqib kommunikativ vazifasini;

Bular hammasi asta-sekinlik bilan oilaviy munosabatlar sistemasini yaratadi. Oila eng intim (yaqin) jamoadir. O’zining ko’nglidagi firklarini bola faqat ota-onalariga aytishi mumkin, ayniqsa sirlarini onasiga aytadi. Oiladagi o’zaro munosabatlar juda nozik va qaltis ishdir, chunki u qarindoshlik iplari bilan bog’langan jamiyatning birinchi jamoasi bilan bog’liq bo’ladi. Bu yerda oila ichidagi o’zaro munosabatlar amalga oshiriladi, ota va onaning tarbiyachilik vazifalari aniqlanadi. Uning bolalarga pozitiv ta’sirini kuchaytirish uchun sharoitlar yaratiladi. Oilaning va oilaviy tarbiyaning ana shu hamda boshqa xususiyatlari har doim xalqning diqqat markazida bo’lgan.
Bular hammasi Markaziy Osiyo xalqlari xalq pedagogikasi meroslarida o’z aksini topgan.
Xalq ko’plab avlodlar tajribasi asosida oilaning asosini – o’zaro muhabbat tashkil etishiga ishonch hosil qilgan. Shuning uchun shunday umumiy hayotiy fikr paydo bo’lgan: “Sevgisiz oila – bu ildizsiz daraxtdir.” Sevgi muammosi oilaviy tarbiya pedagogikasi uchun har doim muhim bo’lgan. Yigit va qizlar o’rtasidagi yorqin va sof do’stlik odatda oliy, insoniy hissiyot-sevgiga aylanadi. Xalq donishmandligi sevgini har qanday ko’rinishiga katta odob bilan o’z munosabatini bildiradi.
Sevgiga avaylab munosabatga bo’lish - xalq pedagogikasining muhim maslahatidir: “Muhabbatni ko’z qorachig’idek asra”. Insonni faqatgina uning tabiiy, tashqi chiroyi uchungina, balki uning ko’ngli go’zalligi uchun ham sevish kerak. “Sevgining chiroyinimi yoki chiroylilarni sevasanmi.” – degan savolga qozoq moqoli shunday javob beradi: “Shunchaki go’zal bolgan chiroyni emas, balki sen sevgan chiroylidir”. Sevish uchun odamni ko’rish va uni bilish, uni tushunish kerak. “Ko’z ko’rmaganni, yurak sevmagan” deb bekorga aytmaganlar. Tojiklar esa “avval ko’zga yoqishi kerak, keyin esa yurakka” deb hisoblaydilar.
Xalq sevishganlar xulqlari madaniyati masalasini ham gapirib o’tgan. Bunda sevganining yaqinlari va ota-onalariga hurmat yuzasidan, bo’lajak turmush o’rtog’ining tanloviga munosabatni bildirish uchun ular bilan tanishish ko’zda tutilgan. Ko’pincha maqollarda kuyovga to’g’ri maslahatlar beriladi: hamma ishni ota-onalardan boshlash kerak, ayniqsa qizning onasidan, u qiz bolaning tarbiyasiga, uning dunyoqarashiga, ishonchi, didi, odatlari shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun xalqdashunday maqollar bo: “Onasiga qarab, qiziga uylan”, “Bir qizga uylanmoqchi bo’lsang avval uning onasi bilan tanishgin”. Shuni aytish muhimki, xalq odatda teng nikohga sevgi bo’yicha nikoh tarafdorlari bo’ladi. Markaziy Osiyoda ko’p davrlar davomida kelin uchun qalin puli to’lash odat bo’lib kelganligiga qaramasdan, odamlar xalq donishmandligiga amal qilishga intilganlar. Teng kuyov topilgan bo’lsa qizni qalin puli talab qilmay berib yubor (qoraqalpoqlar): Agar teng kuyov topilsa qizingni bepul berib yubor (qirg’izlar): xalq manfaatini ko’zlab boshlangan nikohni rad etadi. Boylik uchun turmushga chiqqandan ko’ra o’tgan yaxshiroqdir – deb aytadilar. (o’zbeklar).
Oila jamiyatning boshlang’ch jamoasi bo’lib, hayotning eng murakkab va turli xil xodisalaridan ta’sirlanadi. Turmushda janjallar kelib chiqadi. Xalq oilaviy janjallar haqida nima deb o’ylaydi va oilaviy tarbiya tajribalari bilan qanday oldini olish choralari ishlab chiqilgan. Hikmatli so’zlarga oilaviy janjallar ajoyib bir fikrlik bilan tabiiy, qonuniy hodisa deb qaraladi. O’zbek maqoli to’g’ridan-to’g’ri ta’kidlaydi: “Yeguliksiz uy bo’ladi, lekin janjalsiz uy bo’lmaydi”. Xalq oddiy odamlarga “Hatto podshohning uyida ham janjallar bo’ladi” deb o’zini ham va boshqalarni ham tinchlantiradi. Ba’zi ota-onalari va qo’shnilari er va xotin o’rtasidagi tortishuvga aralashishga urinib ko’radilar. Bu deyarli hech qachon yaxshi natijaga olib kelmaydi, shuning uchun o’zbek maqollarida “Er va xotinni orasiga faqatgina axmoq aralashadi” deb aytishadi. Ko’pchilik haqiqatni so’zlar afsuslanib yomon xotinlarning xislatlarini ko’rsatib beradi. Yomon xotinlar haqida o’zbeklar shunday deydilar: “Ot yomon bo’lsa xohishing ketadi, bolalaring yomon bo’lsa kuning ketadi, xotining yomon bo’lsa-mehmon ketadi”. Ko’pchilik haqiqatli so’zlar ayolning eng yomon xislati deb uning ming’ir- ming’irlarini quloqni tinchitmasligi, mijg’ovligi va janjalkashligini ko’rsatadilar: “Janjalkash xotinning eri tez qariydi”, “Janjalkash xotinga uylangandan ko’ra bo’ydoq yurgan yaxshi”.
Oilaning asosiy vazifasi – katta avlod uchun munosib bolalarni tarbiyalash hisoblanadi. Bu yerda ham hal qiluvchi ish ota-onalarga bog’liq bo’ladi.

Yüklə 121,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin