4-mavzu. Xalqaro turizmda xizmat ko’rsatish madaniyati. Xalqaro turizmda madaniyatning odob –axloqqa ta’siri. Xalqaro turizmda inson xulqi: uning tabiati va asosiy tariflovchi omillari



Yüklə 35,82 Kb.
səhifə4/6
tarix13.12.2023
ölçüsü35,82 Kb.
#175970
1   2   3   4   5   6
4 mavzu

Xizmat ko‘rsatish tushunchasi
Xizmat koʼrsatish - bu inson(lar)ning yaxshilik, ezgulik, manfaat keltirish yoʼlidagi harakati bilan faoliyat olib borishiga tushuniladi. Аgar biz faoliyatni oʼz ichiga maqsad, vosita va natija olish uchun insonning tevarak-atrofga va oʼziga boʼlgan maxsus munosabati jaraѐni desak, xizmat koʼrsatishda faoliyat olib borishdan albatta, har ikkala tomon boʼlgan xizmat koʼrsatuvchi manfaatdor boʼlishi, daromad, foyda olishi, isteʼmolchi esa xizmat sarf-harajatni bajarib koʼrsatilgan xizmatdan mamnun, rozi boʼlish maqsadi turadi. Ushbu faoliyat turi xizmat koʼrsatish korxonasi, uyushmasi, tashkiloti, firma va h.k. tashkil etilishi hamda individual boʼlishi ham mumkin.
Xizmat koʼrsatish sohasi – ijtimoiy ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan koʼrinishga ega boʼlmagan isteʼmol qiymatlarini yaratishga yoʼnaltirilgan sohalari. U oʼz ichiga moddiy xizmatlar koʼrsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar) hamda nomoddiy xizmatlar koʼrsatish (huquqiy maslahatlar berish, oʼqitish, malaka oshirish va boshqalar)ni oladi (1-chizmaga qarang).
Moddiy xizmatlar koʼrsatish muayyan qiymat yaratib, bozor infratuzilmasi tarkibidagi bir necha sohalarni oʼz ichiga qamrab oladi. Nomoddiy xizmatlar koʼrsatishda esa xizmat koʼrsatish obʼektiga taʼsir koʼrsatilib, uning xususiyatlari takomillashtiriladi.
Yuqoridagi fikrlarimizdan koʼrinib turibdiki, oʼz-oʼzidan xizmat koʼrsatish sohasi 1-chizmada keltirilganidek klassifikatsiyalanadi. Ularning barchasi bozor infratuzilmasi tarkibida ishtirok etib, xizmat koʼrsatishga doir tarmoqni rivojlanishiga olib keladi.
XX asrning ikkinchi yarmidan insoniyat haѐtiga xizmat koʼrsatishning yangi shakl koʼrinishi «Servis» tushunchasi kirib keldiki, hozirgi vaqtda haѐtda oʼzining toʼla tadbiqini topayapti. Bugungi kunda xizmat koʼrsatish sohasiga yaqin kelgan «servis» degan tushuncha koʼproq xalqaro miqѐsda qoʼllaniladi. Servis bu – ishlab chiqarish – texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni, madaniy-maishiy, xoʼjalik va boshqa sanoat mahsulotlarini sotish hamda ularni ishlatish bilan bogʼliq boʼlgan xizmatlar sohalarini oʼz ichiga oladi .
Ingliz adabiѐtlarida «Servis» soʼzi inglizchadan – «service» soʼzidan olingan boʼlib, - xizmat, xizmat koʼrsatish maʼnosini bildiradi. Lekin, dunѐ iqtisodiy haѐtida, shu bilan birga mamlakatimiz iqtisodiѐtida, ayniqsa, mustaqillik yillarida servis oʼzining kompleksligi, yuqori malakada va zamonaviy vositalarning qoʼllanilishi bilan tobora aniqlashib bormoqda. Shuning uchun uni xizmat koʼrsatishdan farqli ravishda taʼriflashimiz mumkin, yaʼni: Servis – deganda, yuqori malakada, zamonaviy vositalar ѐrdamida kompleks xizmat koʼrsatish tushuniladi. U nazariy tomondan chuqur falsafiy tushuncha hisoblangan xizmatdan kelib chiqib, xizmat koʼrsatish faoliyatining koʼp qirrali tabiatini ifodalaydi. Servis amaliѐtida ikki tomon munosabatda boʼlishi talab etiladi. Bir tomondan, turli xildagi malakali mehnat, biznes va boshqaruvni talabini bajarib xizmat koʼrsatish, xizmat mahsuloti ishlab chiqaruvchi ixtisoslashgan strukturasi turadi. Ikkinchi tomondan, oʼzlarining ehtiѐjlari va muhtojliklarini qondirishdan kelib chiqqan isteʼmolchilar talabi turadi. Boshqa ishlab chiqaruvchi va isteʼmolchilardan farqli ravishda xizmat koʼrsatishda xizmat koʼrsatuvchilar ѐki xizmat mahsuloti ishlab chiqaruvchilar isteʼmolchilarning iqtisodiy boʼlmagan, oʼzlarining qiziqishlari, hissѐtlari va qadriyatlari, xohishlaridan kelib chiqqan aniq talablari bilan yuzma-yuz keladi.
Umuman olganda, servis, servis faoliyati oʼzi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy koʼp qirrali fenomen boʼlib, bir vaqtda ham jamoaviy, ham shaxsiy talablarini qondiruvchi ijtimoiy taqsimlash va isteʼmol etish, odamlarning haѐtini yaxshilovchi xoʼjalik mexanizmi hisoblanadi.
Baʼzi ilmiy manbalarda «service branch» iboralari qoʼllaniladi . Bu ikki soʼzdan iborat tushunchani rus tiliga toʼgʼridan toʼgʼri «sfera obslujivaniya» deb tarjima qilinadi. Oʼz navbatida bu kabi tushunchalar xizmat koʼrsatish sohasini angalatadi. Servisning quyidagi turlari mavjud: sotuvga qadar servis va sotuvdan keyingi servis (kafolatli, kafolatdan keyingi). Sotuvga qadar servis quyidagilardan iborat



Yüklə 35,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin